|
Quyidagi oldingi bilimlarni bilishi kerak
|
bet | 8/13 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 65,53 Kb. | | #152931 |
Bog'liq Mavzu elektr bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texn-www.fayllar.orgQuyidagi oldingi bilimlarni bilishi kerak: Ozgarmas tok qonunlari, elektr qarshilik, Tok kuchi , kuchlanish, zanjirning bir qismi uchun Om qonuni, inson organizmining elektr parametrlari, suyuqlik va gazlarda elektr toki.
Quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: ma’lumotlarini yig`ish, qayta ishlash va taqdim etish.
Turlanish belgilari bo`yicha loyihaga tavsif:
turi: amaliy;
predmet va mazmun jihatdan ko`lami: fanlararo
talabalar o`quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri: bevosita ishtirokchilar soni 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo`lishi mumkin;
bajarish muddati uzoq muddatli – o`quv semestri yakunigacha.
Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg`ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o`rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.
Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 5); hisobot (maks. ball – 5); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks. ball – 10).
Loyihaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari.
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg`ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg`ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o`qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
Ta’lim modelining qisqacha tavsifnomasi.
Loyiha asosida o`qitish jarayonida quyidagilar qo`llaniladi:
o`qitish usullari: loyihalashtirish usuli, matn va axborot manbalari bilan ishlash, taqdimot;
|
| |