|
Mavzu: elektr bo'limiga oid mavzularni o'qitishda pedagogik texnologiyalarda foydalanish usullari. Mundarija kirish
|
bet | 7/13 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 65,53 Kb. | | #152931 |
Bog'liq Mavzu elektr bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texn-www.fayllar.org1-bosqich - tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi
Bunda talabalar quyidagilarni amalga oshirishadi:
muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqatning xarakteri.
Talabalar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:
- guruhlarga birlashishadi;
- loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
- loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
-uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi; -natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
-loyiha ma’suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
4.Elektr tokining inson organizmiga tasiri o`quv loyihasi.
Pedagogik annotastiya
Fanning nomi: “Fizika”.
Mavzuning nomi: “Elektr tokining inson organizmiga tasiri”.
Ishtirokchilar: Tibbiyot kolleji talabalari.
Ta’limning maqsadi: o`quv kursi bo`yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida elektr tokining inson organizmiga tasiri bo`yicha malaka ko`nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o`quv natijalari: elektr tokining inson organizmiga tasiri haqida malumotga ega bo`ladi. Texnika xavsizligi qoidalariga rioya qilishga o`rganadilar.
Loyihalashtirish faoliyati bo`yicha quyidagi amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladi:muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish.
Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo`lgan oldingi bilim va ko`nikmalar quyidagilardan iborat:
|
| |