|
Mavzu: Elektr energiyani xarakterlovchi kattaliklar va parametrlar. O‘lchov birliklari. Elektrotexnikaning asosiy qonunlari. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, bir va uch fazali elektr ta’minoti tizimlari
|
bet | 2/7 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 30,49 Kb. | | #268787 |
Bog'liq mustaqil ish 1Hosil boʻlgan oʻlchov birliklari
|
|
|
|
|
|
Kattaliklar
|
Oʻlchov birliklar
|
|
Belgilanishi
|
|
Ifodasi
|
|
oʻzbekcha nomlanishi
|
xalqaro nomlanishi
|
oʻzbekcha
|
xalqaro
|
|
Chastota
|
Gerts
|
hertz
|
Gs
|
Hz
|
s−1
|
Kuch
|
Nyuton
|
newton
|
N
|
N
|
kg·m/s²
|
Energiya
|
joul
|
joule
|
J
|
J
|
N·m = kg·m²/s²
|
Quvvat
|
vatt
|
watt
|
Vt
|
W
|
J/s = kg·m²/s³
|
Elektr zaryadi
|
kulon
|
coulomb
|
kl
|
C
|
A·s
|
Potentsiallar farqi
|
volt
|
volt
|
V
|
V
|
J/Kl = kg·m²·s−3·A−1
|
Elektr qarshiligi
|
om
|
ohm
|
Om
|
Ω
|
V/A = kg·m²·s−3·A−2
|
Elektr sig'imi
|
farad
|
farad
|
F
|
F
|
Kl/V = kg−1·m−2·s4·A²
|
Magnit oqimi
|
veber
|
weber
|
Vb
|
Wb
|
kg·m²·s−2·A−1
|
Magnit induktivligi
|
tesla
|
tesla
|
Tl
|
T
|
Vb/m² = kg·s−2·A−1
|
Induktivlik
|
genri
|
henry
|
Gn
|
H
|
kg·m²·s−2·A−2
|
Elektr o'tkazuvchanlik
|
simens
|
siemens
|
Sm
|
S
|
Om−1 = kg−1·m−2·s³A²
|
|
|
|
|
|
|
Kuchlanish va tok kuchi elektronikaning eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektronikanikaning muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Elektr zaryadi – fizik skalyar kattalik boʼlib, u jismlarni elektromagnit maydonlar manbasi boʼlish qobiliyatini belgilaydi.
Elektr zaryadi 1785 yili frantsuz fizigi Sharli Kulon (1763-1806) tomonidan aniqlangan.
Shisha boʻlagi va shoyi parchasi (birortasi ham elektr xususiyatiga ega boʻlmagan) bir-biriga ishqalansa manfiy va ebonite tayoqchasi jun matoga ishqalansa musbat zaryad hosil bo’lgan.
Zaryadlangan zarrachalar-elektr zaryadga ega boʼlgan zarrachadir, ular elementar va tarkibiy (atomli va molekulyar ionli) boʼlishi mumkin.
Elektr zaryad musbat va manfiy qiymatga ega boʼlishi mumkin, yaʼni u zaryad olib yuruvchilar va zaryadlangan zarrachalarning sonli xarakteristikasidir.
Bu yerda K yoki ke Kulon doimiysi (ke ≈ 8.988×109 N⋅m2⋅C−2), |q1| va |q2| zaryadlarning moduli, skalyar r esa zaryadlar orasidagi masofadir.
Kuch ikki zaryadni tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnaladi. Agar zaryadlar bir xil ishora ega boʻlsa, ular orasidagi elektrostatik kuch itaruvchidir; agar ular turli xil ishoralarga ega boʻlsa, ular orasidagi kuch tortishuvchidir.
KULON KUChLАRINING ZАRYADNING ISHORАSI VА ZАRYADLАNGАN JISMLАR ORАSIDАGI MАSOFАGА BOGʼLIQLIGI
Oʻtkazgichlar odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga yetarli boʻladi. Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.
Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma lampochkalarda ishlatiladan metall – volfram yoki uglerodning olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgichlar sanaladi. Chunki ularning elektronlari siljishga moyil emas.
Elektr toki
Zaryadli zarralarning tartibli oqimi elektr toki deyiladi.
Tok kuchi deb oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida oʻtayotgan zaryad miqdoriga aytiladi. Simning koʻndalang kesim yuzasini tasavvur qiling. Simning yuzasiga yaqin turing va oʻtayotgan zaryad zarralarini sanang. Bir sekund ichida nechta zaryad koʻndalang kesim yuzasidan oʻtganini qayd qiling. Biz musbat zaryad harakatlanayotgan yoʻnalishdagi tok kuchining ishorasini musbat deb belgilaymiz.
Modomiki, tok vaqt birligi ichida koʻndalang kesim yuzidan oʻtayotgan zaryadlar miqdoriga teng ekan, biz uni matematik jihatdan quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Elektr energiyani xarakterlovchi kattaliklar va parametrlar. O‘lchov birliklari. Elektrotexnikaning asosiy qonunlari. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, bir va uch fazali elektr ta’minoti tizimlari
|