• Elektr qarshilik
  • Mavzu: Elektr energiyani xarakterlovchi kattaliklar va parametrlar. O‘lchov birliklari. Elektrotexnikaning asosiy qonunlari. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, bir va uch fazali elektr ta’minoti tizimlari




    Download 30,49 Kb.
    bet4/7
    Sana27.07.2024
    Hajmi30,49 Kb.
    #268787
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mustaqil ish 1

    Magnit maydoni
    Elektr toki (I), o'tkazgichdan o'tib, o'tkazgich atrofida magnit maydon (B) hosil qiladi.

    Elektr maydonining har bir nuqtasi elektr maydonining KUChLANGANLIGI E bilan xarakterlanadi.


    • Elektr maydonining har bir nuqtasi elektr maydonining KUChLANGANLIGI E bilan xarakterlanadi.

    • Kuchlanganlik E= F/q formula orqali ifodalanadi, bu yerda – F maydonda joylashgan q zaryadga ta’sir etuvchi kuch.

    • Zaryadlangan zarrachalarga ta’sir etuvchi kuch F NYUTONDA (N), zaryad q esa KULONDA (Kl), elektr maydonining kuchlanganligi E esa (N/Kl) da o‘lchanadi.

    Elektr kuchlanganlik chiziqlari yopiq chiziqlar bo‘lmasdan, musbat zaryadli jismlardan boshlanadi va manfiy zaryadlangan jismlarda tugaydi. Misol tariqasida Rasmlardagi shakllarni keltirishimiz mumkin.
    Ikkita paralel joylashgan plastinalarning elektr maydon kuchlanganligi
    Quvvat (P) - energiyaning aylanish tezligini yoki ishning bajarilish tezligini tavsiflovchi miqdor. Generatorning quvvati - bu generatorda mexanik yoki boshqa energiyaning elektr energiyasiga aylanish tezligini tavsiflovchi miqdor.
    Elektr zanjiri quvvatni uzata oladi. Tok kuchi – vaqt birligida oqayotgan zaryad miqdori, kuchlanish esa birlik zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Biz ushbu taʼriflarni quyidagi quvvat formulasiga qoʻllaymiz:
    Quvvatning birligi joul/sekund, ushbu birlik xalqaro birliklar sistemasida vatt (uatt) deb ataladi.
    Kuchlanish va tokning ishoralari bir-biriga to'g'ri kelganda, quvvat musbat bo'ladi. Bu sxema bo'limining energiya iste'moliga mos keladi.
    Kuchlanish va tokning ishoralari bir-biriga to'g'ri kelmasa quvvat manfiy bo'ladi. Bu sxema bo'limining energiya manbai ekanligini bildiradi.


    Elektr qarshilik




    Elektr qarshiligi - bu elektr tokining o'tishiga yo'l qo'ymaslik uchun o'tkazgichning xususiyatini tavsiflovchi va o'tkazgichning uchlaridagi kuchlanishning u orqali o'tadigan tok kuchiga nisbatiga teng bo'lgan miqdor.
    Oʼtkazgichlarning qarshiligi shu oʼtkazgich tayyorlangan materialning xususiyatiga bogʼliq boʼladi. Shu materiallarni bir biri bilan taqqoslash, xususiyatlarini aniqlash maqsadida SOLIShTIRMА QАRShILIK tushunchasi kiritiladi.
    1 kesimga ega boʼlgan 1m uzunlikdagi oʼtkazgich qarshiligi SOLIShTIRMА QАRShILIK deb ataladi va quyidagi formula orqali hisoblanadi.
    SOLIShTIRMА QАRShILIK

    Download 30,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 30,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektr energiyani xarakterlovchi kattaliklar va parametrlar. O‘lchov birliklari. Elektrotexnikaning asosiy qonunlari. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, bir va uch fazali elektr ta’minoti tizimlari

    Download 30,49 Kb.