Mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish




Download 189,31 Kb.
bet2/3
Sana03.09.2024
Hajmi189,31 Kb.
#270207
1   2   3
Bog'liq
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Bahodirxonov S1

Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillari:
tokning turi,
inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati,
tokni o’tgan yo’li,
tokni chastotasiga,
insonni shaxsiy hususiyatlarga bog’liq.
Inson tanasidan o’tayotgan tokning turi
Tokni kuchini insonga turli ta’sir ko’rsatadi. Ko’rsatgan ta’siriga qarab quyidagi tok qiymatlariga ajratiladi:
Tokni sezish chegarasi. O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1-1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-
7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va issiqlikni sezadi;
Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi.
Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi.
Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi. Tok yurakdan o’tayotgan vaqtda yurakning
fibrilyasiyasi kuzatiladi, unung davomiyligi 0,2 sek teng.
Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati.
Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati ham katta ta’sir ko’rsatadi, qanchali tok vaqti ko’p bo’lsa, shunchalik havfi oshaveradi. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
d) Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li.
Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li ham katta ahamiyatga ega. Agar elektr tok muhim organlaridan yurak, o’pka, miyalaridan o’tgan bo’lsa o’ta xavfli, boshqa yo’llardan o’tgan bo’lsa, hatari kamroq bo’ladi.
Inson tanasidan o’tayotgan tok eng ko’p uchraydigan yo’llari aniqlangan. Tez uchrab turadigan yo’l o’n qo’l-oyoqlar, undan keyin, qo’lqo’l va chap qo’l-oyoqlar.
c) Inson tanasidan o’tgan tokning chastotasi.
O’zgaruvchan tok xatarligi tokni chastotasiga bog’liq. Tadqiqotlar bilan aniqlanganki, tokni chastotasi 10 gs dan- 500 gs gacha birdek xavfli. 500 gs dan oshgan sari fibrilyasion tok miqdori oshib boradi, va chastotasi 1000 gs dan oshgandan keyin yahshigina havsizligi kamayadi.
O’zgarmas tok xatarligi kamroq va fibrilyasion tok miqdori 3-4 barobar yuqoriroq, chastotasi 50 gs li o’zgaruvchan tokga nisbatan. Lekin o’zgarmas tok ta’sirida inson o’tkir o’g’riqlarni sezadi. O’zgarmas tokni xatarligini, o’zgaruvchan tokga nisbatan, faqat tok kuchlanishi 400 V gacha haqiqat desa bo’ladi. O’zgarmas tok kuchlanishi 400-600 V oralig’ida va 50 gs li o’zgaruvchan tikni xatarligi tahminan bir xil. O’zgarmas tokni kuchlanishi 600 V dan oshgan sari inson uchun xatarliroq bo’lib boradi. Buni fiziologik jarayonlari ta’siri bilan tushuntiriladi. Demak, insonga elektr tokni ta’siri turli va har xil faktlar bilan chambarchas bog’liq. Inson tanasidan tokni o’tkazuvchanligi fizikaviy biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlaridan bog’liq, shu uchun elektr tokiga inson tanasini qarshiligi bir tekis emas.
e) Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo’g’liqligi.
Elektr jarohatni og’irligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo’g’liq. Misol uchun “ushlab qoladigan” tokni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo’yib yuboradigan” chegarasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini o’g’irligiga va uning baqvatligiga ham bo’g’liq. Shuni aytish kerakki ayollar uchun tokni miqdori tahminan 1,5 barobar pastroq, erkaklarga nisbatan. Tokni ta’sirini darajasi insonni asab tizimi va organizmning holatiga ham bog’liq. Agar inson asablangan, dipressiya yoki kasal (ayniqsa teri kasalligi, yurak tomir tizimi, asab tizimi va hakazo) yoki mast holatida bo’lsa tokni havfi yanada oshadi. “Diqqat faktori” ham, katta ahamiyatga ega. Agar inson elektr tokni “urishiga”, “tayyor” bo’lsa, ta’siri kamayadi, agar “urishi” kutilmagan bo’lsa havfi keskin oshadi.
Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam
Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, chopib tashlash zarur.
Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir tomonga surib tashlash kerak. Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur.


3.8– rasm. Elektr toki ta’siridan ozod etish


usullari.

Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana a’zolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimidan tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin.


Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va kalishlar berishi kerak. Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda ahvolini aniqlash kerak.
Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok ta’sirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda
qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.

3.9– rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va sun’iy nafas berish



Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va
b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar. Sun’iy nafas uslublari:
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo)
Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan)
Og‘izdan buringa (keng tarqalgan)
Apparat va qo‘l yordamida.
Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod bor, o‘pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga teng. O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga nisbatan ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga daqiqasiga 10-12 martadan kam emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga puflash lozim. Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u holda puflash jabrlanuvchining o‘zini nafas olishiga moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy nafasni to‘xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust mustaqil nafas olishlar o‘pkada etarli gaz ayriboshlashni ta’minlab berolmaydi. Yurak faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda yurakni uqalash (massaj qilish) jarayonini o‘tkazadilar. Avvalo jabrlanuvchining chap tomoniga joylashadilar. Kaftning asosini ko‘krakning uyi -qismiga qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini birinchisining yuqori qismiga ko‘yadilar. Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin. 1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur. Yurak faoliyati tiklanishi xususiyatlari jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo‘lishi, terining pushti-qizil rangga kirishi, ko‘z qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat. Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda uqalash sun’iy nafas berish bilan muvofiq holda qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar yordamni 1 kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 15 marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo. Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa davom ettirish zarur.



Download 189,31 Kb.
1   2   3




Download 189,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish

Download 189,31 Kb.