• O`qituvchi
  • Y angi mavzuni o`rganish.
  • Darsning tashkil etilishi




    Download 118,15 Kb.
    bet2/5
    Sana27.05.2024
    Hajmi118,15 Kb.
    #254890
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-sinf

    Darsning tashkil etilishi:
    1.Salomlashish;
    2.Davomatni aniqlash.
    3.Navbatchi o`quvchining axboroti tinglanadi.
    4.O`quvchilar bilan quyidagi savol-javobni o`tkazaman.
    O`qituvchi: Assalomu-alaykum, o`quvchilar.
    O`quvchilar: Assalomu-alaykum.
    O`qituvchi: Hozir qanday dars?
    O`quvchilar: Hozir informatika darsi.
    O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?
    O`quvchilar: Bugun men navbatchiman.
    O`qituvchi: Uyga vazifa nima?
    O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O`tilganlarni takrorlash avvalgi mavzular materiallari yordamida test(Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.Internetda ma’lumotlarni izlash) yechish va “Zinama-zina” interfaol usuli yordamida amalga oshiraman. Ularga quyidagi savollarni beraman:

    Y angi mavzuni o`rganish. Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo'yilgan tayyor ma'lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma'lumot almashish, ya'ni "gaplashish" hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi.Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda.
    I nternet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi.
    Еlektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Еlektron pochtaning muhim afzalligi shundaki, oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan ham hech qanday ahamiyat kasb еtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani uchungina xak to’lanadi). Еlektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda ikqilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.
    Еlektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi mumkin.
    Internet dan foydalanuvchiga еlektron pochta yordamida tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat еtiladi, chunki Internet ning asosiy servis dasturlari u bilan interfeysga еga. Bunda ishlatiladigan texnologiyaning moxiyati shundaki, xost-kompyuterga so’rov еlektron xat ko’rinishda yuboriladshXat matni standart jumlalar to’plamini o’z ichiga olib, ular kerakli funkciyalarga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bunday axborot kompyuter tomonidan buyruq kabi qabul qilinadi va uning tomonidan bajariladi.
    Еlektron pochta bo’yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus dasturlar kerak.
    Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:
    -Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU Tgapsfer Protocol (SMTP);
    -International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan X.400.
    X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi.
    SMTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz punktlari kompyuterida еmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan dastur bilan ishlaydi.
    Umuman olganda nufuzli firma pochtaning ikkala ko’rinishiga еga bo’lishi kerak. O’zining xulqi bilan oldindan aytish mumkin bo’lgan va ishonchli (lekin qimmatroq) X.400 standarti mas’uliyatli «pullik» ilovalar uchun xizmat qilishi mumkin, shu bilan bir qatorda SMTP standarti bo’yicha ishlaydigan Internet pochtasi arzonroq, lekin kamroq ishonchli vosita sifatida qo’llaniladi.
    MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda, qo’shish imkonini beradi.
    Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter nominigina еmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda еlektron pochta bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin. Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron adresga ega bo'lgan "pochta qutisi"ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi — Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayderlar ta'minlaydi.
    Еlektron pochta adresining formata quyidagi ko’rinishga еga bo’lishi kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi
    Internet ga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi еlektron pochtani unga shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham jo’natishi mumkin.
    Elektron pochta foydalanuvchilari o'z elektron cdreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: @. Elektron pochta adresida albatta "@" ("tijoratdagi et" yoki boshqacha nomi "kuchukcha") belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@uzsci.net.

    Download 118,15 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 118,15 Kb.