• «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi»
  • Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари




    Download 1,89 Mb.
    bet28/139
    Sana29.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #148083
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139
    Bog'liq
    Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

    Xristianlikdagi asosiy oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867-yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054-yili rasman tan olindi. XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi,.
    Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi.
    Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
    Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi. Badanga eleyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
    Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun yepiskopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi.
    Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutf-u marhamatidan umid qilinadi. Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
    Rus Pravoslaviyasining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin.
    Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22-aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan avval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
    Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Sretenie, Isoni cho‘qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, Blagoveùanie (Injilning nozil bo‘lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning xochga osilishi) va hokazo.
    Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra uning birinchi Yyepiskopi apostol Pyotr bo‘lgan.
    Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir.
    Katolitsizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
    Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
    Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
    Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.
    Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga pul yoki tuhfa evaziga avf - kechirim tuhfa qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish - indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
    A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u yerda o‘tda kuyadi (ehtimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy in’ikosidir), keyin jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
    A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
    Bundan tashqari, pravoslav dini ta’limotidan farqli o‘laroq, katolik yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870-yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G’arb cherkovining Bogorodisaga nisbatan alohida e’tibori 1950-yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi yetti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarni talqin qilinishidan qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. Cho‘qintirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi. Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) yetti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dakligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmishlari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi iymon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.
    Pravoslavlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik (selebat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
    Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
    Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada – 30-noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam homilador bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni anglatadi. O‘sha kuni tazim qilish uchun ehromlarda go‘dak Isoning figurasi qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi.
    Katolik iyerarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz) yyepiskop. Yyepiskopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965-yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
    Protestantizm oqimi. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning iymonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
    Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutf-u marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
    Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqlanib qoldi. O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
    Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.
    M. Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovning shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana shu tezislardan biri: Iso payg‘ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, iymon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.
    Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.
    Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
    «Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin.
    Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
    Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning ta’kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
    Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
    1517-yili 31-oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi.

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари

    Download 1,89 Mb.