|
Mavzu: Fikrlar algebrasi. Mulohaza tushunchasi. Mulohazalar ustida ikkilik mantiqiy amallar. Reja
|
bet | 2/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 4,33 Mb. | | #121884 |
Bog'liq Hd2mH8mYltlUpc4xEDNAuSQOZoP89T0C3Peey2C1 - Ta’rif 1. Rost yoki yolg‘onligi aniq bo‘lgan darak gap mulohaza deyiladi. So`roq va undov gaplar mulohaza hisoblanmaydi, ya`ni: “Bugun kinoga kiramizmi?” yoki “Kitobga tegma!” Mulohazalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi: A, B, C, ….
- Agar mulohaza rost bo`lsa A=1, yolg‘on bo`lsa A=0 deb belgilaymiz, ba`zi adabiyotlarda, shuningdek, “Informatika va hisoblash texnikasi” fanining “ALGOL”, “BOOLEAN”, “C++” dasturlash tillarida rost mulohazaga “T”, ya`ni “true” so´zining, yolg`on mulohazaga “F”, ya`ni “false” so`zining bosh harflari ishlatiladi.
- Misol 1.
- А=”Ikki ko`paytiruv olti 14 ga teng”=0
- В=”Ikki qo`shuv ikki 4 ga teng”=1
- С=”Qor oq”=1
- Д="Bugun dushanba bo`lsa, u holda ertaga seshanba bo`ladi”=1
- Z=”agar 1+1=3 bo`lsa, u holda jumadan keyin yakshanba keladi”=?
- 5-mulohazaning rost yoki yolg`onligi haqida hozircha bir nima deyish qiyin, biroq mantiqiy amallarni kiritganimizdan keyin bu savolga osongina javob topasiz.
- Shunday fikrlar borki, ular tuzilishi bo`yicha mulohazaga o`xshaydi, lekin mulohaza emas. Masalan, ikki varaq qog`oz olamiz-da, ularni 1- va 2- deb raqamlaymiz. Birinchi qog`ozga “Ikkinchi varaqda yolg`on yozilgan” deb, ikkinchi qog`ozga esa “Birinchi varaqda rost yozilgan” degan mulohazani yozamiz. Bir qaraganda sodda mulohazaga o`xshaydi, biroq …! Savol beramiz, bu mulohazalar rostmi yoki yolg`onmi? Bu fikrlar ziddiyatga olib keladi, ya`ni ularni rost yoki yolg`onligi haqida aniq gapirib bo`lmaydi. Bunday mulohazalar matematikada mantiqiy paradoks deyiladi.
- Demak, ko`rinishidan mulohazaga o`xshagan har qanday gap ham mulohaza bo`lavermaydi.
- Mulohazalar sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
- Ta’rif 2. Agar A mulohazaning o‘zi bir tasdiq bo‘lib, ma’nosi bo’yicha u bilan ustma - ust tushmaydigan bir qismini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa, u holda A mulohazaga sodda mulohaza deyiladi.
|
| |