|
Mavzu: Flotatsiya jarayoni
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #116014 |
Bog'liq flotatsiya Reja: 1.Flotatsiya jarayonining mohiyati. 2.Flotatsiya jarayoni mexanizmi. 3.Flotatsiyani qo'llash sohalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar - Korxonalarning oqova suvlarini yog‘, smola, sintetik sint aroal moddalar va boshqalardan tozalashda flotasiya usuli keng qo‘llaniladi. Flotasion tozalashning mohiyati shundan iboratki oqova suvlar suniy holatda to‘yinadi va havo qobiqlarida ifloslanuvchi zarachalar yig‘ilib yuzaga sizib chiqadi va u yerda ajraladi. Flotasiya jarayoni 20 minutni tashkil etadi va neft maxsulotlarining qiymati 20-40 mg/l ga kamayadi.
- Bu uslubi neft maxsulotlari, yog‘lar, asbest umuman zichligi suyuqlikdan yengil bo‘lgan moddalardan tozalanadi. Flotasiya usuli tindirilgandan so‘ng yaxshi effekt beradi jarayon maxsus qurilma flotatorlarda amalga oshiriladi.
- Flotasiyadan so‘ng oqova suvlar bir qancha marta qayta ishlatilishi mumkin yoki qayta ishlatiladi. Hovoli dispergilanishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi.
- vakuumli flotasiya;
- bosimli flotasiya;
- mexanik flotasiya;
- biologik flotasiya;
- elektroflotasiya.
- Ko‘p hollarda mexanik va bosimli flotasiya qo‘laniladi.
- Flotasiya usuli oqova suvda o‘z-o‘zidan cho‘kmaydigan mayda zarralar uchraganda qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda flotasiya usuli erigan moddalarni ushlashda, masalan. SFM (sirt faol moddalar)larni ushlashda ham qo‘llanadi. Ushbu jarayonni ko‘pikli separatsiya yoki ko‘pikli konsentrasiyalash deb ham ataladi.
- Flotasiya tozalash usuli neftni qayta ishlash, sintetik tola, qog‘oz- selluloza, teri,mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarini tozalashda keng qo‘llaniladi. Bu usul biokimyoviy tozalash usulidan keyin qoldiq aktiv loyqani ajratishda ham ishlatilishi mumkin.
- Bu usulning afzalligi – jarayonni uzluksiz olib borish mumkin, kapital va ekspluatatsiya xarajatlari nisbatan kam, sodda apparaturaga ega, tozalash samarasi esa yuqori (95-98%).
- Flotasiyada flotoagent ko‘pigi suvdagi zarrani o‘ziga ilakishtirib suv yuzasiga chiqadi va bu ko‘pik zarralar bilan birgalikda suzib olinadi. Ko‘pikka ilashish zarraning ho‘llanish qobiliyatiga bog‘liq.
- Flotasiya yordamida ajratish havo pufakchalarining miqdoriga va o‘lchamlariga bog‘liq. Pufakchalarning optimal o‘lchami odatda 15-30 mkm bo‘lishi lozim. Buning uchun suv havo pufakchalari bilan to‘liq to‘yinishi kerak yoki havoni suvga ko‘plab berish lozim.
- Pufakchalarni mo‘t’adallash uchun ko‘pik hosil qiluvchi moddalar suvga aralashtiriladi. Ularga daraxt moyi, kreozol, fenol, natriy alkilsulfat va shu kabi moddalar kiradi.
- Ko‘pik hosil bo‘lishi uchun flotatorga havo beriladi, shunda flotagent ko‘piradi va suv tarkibidagi zarrani o‘ziga ilashtirib yuqoriga qarab yo‘naladi.
- Temir yo‘l transportida oqova suvlarni tozalashda depo, shpal-plitka korxonasi va remont zavodlarida ko‘p kamerali, radial flotatorli qurilmali flotasion usuldan foydalaniladi. Ular bosimli flotasiya usuliga asoslangandir. Ko‘p kamerali flotasion qurilma (2.16-rasm) ishlab chiqarish 5 dan 50 m3/g bo‘lib, uning tarkibi ko‘p kamerali flotator, koagulyatsiya bilan ishlovchi va suvni sirkulyatsiya qiluvchi, rezervuvar, reagent xo‘jaligi, suvli havo bilan to‘yintiruvchi qurilma, suvni beradigan nasos.
|
| |