|
Mavzu: gatda axborotni tashkil etish Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
|
bet | 2/7 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 240,23 Kb. | | #273767 |
Bog'liq Mavzu 2Pulkovo-42 (SK-42, Koordinata sistemasi, 1942) mahalliy datum turkumiga kiradi va Krasovskiy ellipsoidiga (1940) asoslangan bo‘lib, MDH hududida, jumladan O‘zbekistonda ham qo‘llaniladi.
PZ-90 (Yer parametrlari, 1990). Mazkur datum ham umumjahon yoki global datum turiga kiradi. Chunki hozirgi GNSS turkumida chiqarilayotgan tizimlar Rossiyaning GLONASS tizimida ham ishlaydi. Ushbu tizim asosan Rossiya Federatsiyasi hududida qodlaniladi.
NAD-27 (North American Datum, 1927) vaNAD-83 (North American Datum, 1983) Shimoliy Amerika qit’asi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan mahalliy datumlar hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari, Hindiston, Yaponiya, Yevropa hududlari uchun mo‘ljallangan datum mavjud bo‘lib, o‘z navbatida, ular ham turli referens- ellipsoidlarga asoslanadi.
rasm. Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq (Manba: Internet)
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining markazi bilan mos keladi.
Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada hamda sun’iy yo‘ldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy joylashuvini moslash uchun zarur bo‘ladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi.
Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash uchun qo‘llaniladigan qiymatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. O‘z navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qo‘llaniladi. Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi ko‘rsatilgan.
rasm. Turli datumlarning markazlashgan datumga nisbatan siljishi (Manba:
Internet)
Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi bir joydan boshqa bir joyga nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan o‘zgaradi va bu o‘zgarish Yerning markazi - 0 (nol) dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal yaqinlashish uchun o‘z hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qo‘llaydi. Quyidagi jadvalda geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan.
2.1-jadval
|
| |