|
Mavzu: gatda axborotni tashkil etish Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
|
bet | 4/7 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 240,23 Kb. | | #273767 |
Bog'liq Mavzu 2Geodezik koordinatalar. Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi sifatida referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning o‘rnini aniqlashda shu nuqtadan o‘tkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biror nuqtadan o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kenglikni bildiradi.
Yer ellipsoidining kichik o‘qi orqali bo‘ylamasiga o‘tkazilgan kesma - meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi.
Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish o‘qiga perpendikular o‘tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq parallel deb ataladi.
Yer ellipsoidi markazidan o‘tkazilgan parallel kesmaga ekvator tekisligi deyiladi.
M nuqtaning geodezik kengligi B ekvatordan qutblari tomon 00 dan 900 gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+), janubda bo‘lsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak bo‘lib, bosh meridiandan boshlab g‘arbga (+) va sharqqa (-) tomon 00 dan 1800 gacha o‘lchanadi.
Astronomik koordinatalar. Yer yuzasidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda yerning aylanish o‘qiga parallel qilib o‘tkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i yo‘nalishida yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq tushuniladi.
Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlang‘ich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib, X bilan belgilanadi. Yer yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi bo‘lib, ф bilan belgilanadi.
Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda aniqlangan, deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning afzalligi yer yuzidagi barcha nuqtalar o‘mining yagona tizimda aniqlanishidadir.
rasm. Geografik koordinatalarning sferik (chapda) va dekart (o‘ngda)
ko‘rinishi (Manba: Internet)
Gauss-Kryugerning to ‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi
Katta hududlar uchun to‘g‘ri burchakli koordinataning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda yer shari Grinvich meridianidan boshlab 60 li 60 ta meridian zonalarga bo‘linadi. Har bir zona o‘rtasidan o‘tgan meridian shu zonaning o‘q meridiani bo‘ladi. Zonalar raqami Grinvich meridianidan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH hududiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32 gacha) to‘g‘ri keladi. Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab bo‘lmaganligidan har bir meridian zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har bir zonaning o‘q meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. So‘ngra har bir zonadagi meridian va parallellar silindrning ichki yuzasiga proyeksiyalanadi, biroq bunda burchaklar o‘zgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga proyeksiyalanish qiymatiga teng bo‘lishi shart.
Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biror yasovchi bo‘yicha qirqib, so‘ngra yoysak, har bir zonaning o‘q meridiani va ekvator bo‘lagi to‘g‘ri chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi. Shu hosil bo‘lgan proyeksiya Gaussproyeksiyasi deb yuritiladi.
X - abssissa o‘qi,
Y - ordinata o‘qi,
XA va YA - A nuqtaning koordinatalari.
|
| |