• USLUBIY KO’RSATMALAR
  • Mavzu: geoinformasion tizimlarda muhandislik masalalarini ifodalash va modellarini ishlab chiqish ishdan maqsad




    Download 1.02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.10.2023
    Hajmi1.02 Mb.
    #86454
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3-amaliy a6eabc3b84dbd20681d92cc470f0e9e0
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99


    3-АMАLIY MАSHG’ULОT 
    MAVZU: GEOINFORMASION TIZIMLARDA MUHANDISLIK MASALALARINI 
    IFODALASH VA MODELLARINI ISHLAB CHIQISH 
     
    ISHDAN MAQSAD: Geoinformatsion tizimlarining asosiy tushunchalar, sinflanishi haqida 
    ma’lumotga ega bo’lish. Modellarning xususiyatlari va qo’llash uslubiyati. GISning boshqa 
    fanlar va texnologiyalar bilan aloqadorligi Google.maps.com, Earth.google.com, Geologiya, 
    Surpos, Arc GIS dasturlarida modellashtirish va loyihalashni o’rgatishdan iborat.
    USLUBIY KO’RSATMALAR 
    Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) 
    XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-
    yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha 
    rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir 
    qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli 
    texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat 
    ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik 
    axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana 
    qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif 
    bersa bo‘ladi. Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, 
    taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay 
    oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga 
    olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli 
    ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda 
    foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, 
    qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng 
    qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada 
    va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va 
    boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin 
    emas. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular 
    orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya 
    Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol 
    keltirish mumkin. 
    Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa 
    bo‘ladi: 
    1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta 
    ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond 
    kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, 
    rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
    2. Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish 
    va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar 
    (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab 
    chiqish.


    3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni 
    taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr 
    qilish. 
    Geodeziya, kartografiya va kadastr, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Suv resurslari 
    va ulardan foydalanish, Geografiya va Gidrometeorologiya yo‘nalishlari uchun mutahassislar 
    tayyorlash uchun tuzilgan ―Geoaxborot tizimi va texnologiyalari o‘quv dasturiga mos keladi. 
    Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Erda geodezik ishlarni 
    olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish) 
    natijasida. Bunday rasmlar Erning turli sun’iy yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar
    samolyotlar va vertolyotlardan olingan yarim tonalli (rangliga o‘xshash) yoki oq-qora kosmik va 
    aerofotosuratli tasvirlaridan iborat. 
    Er resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jarayoni 1 rasmda 
    keltirilgan. 
    GIS interfeysi «operator» 
    Ushbu chizmada bir nechta yirik tizimlar ajratilgan, masalan: – fotogrammetrik tizim. 
    Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ularni raqamli ko‘rinishga aylantirish 
    va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining 
    ortogonal proeksiyasida tuzilgan plan) yoki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish; - ortofotoplan 
    va kartalarni raqamlash tizimi – bu tizim yordamida plan va kartalar raqamli ko‘rinishga 
    (vektorli holatga) o‘tkaziladi; - kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va 
    tasvirlash tizimi – joy yoki xududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli modelini tuzish, 
    vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron kartalar 
    maxsus bazasiini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, rangli er kadastri va boshqa turdagi 
    mavzuli kartalarni tuzish. Oxirgi ikki tizim mazkur qo‘llanmaning keyingi boblarida batafsil 
    ko‘rib chiqiladi, bu erda esa fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jarayonlar 
    to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz.

    Download 1.02 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: geoinformasion tizimlarda muhandislik masalalarini ifodalash va modellarini ishlab chiqish ishdan maqsad

    Download 1.02 Mb.
    Pdf ko'rish