• 2.Hozirgi kunda globallashuv jarayonlari
  • Jadval Butun dunyoda yaratilgan daromadning mamlakatlarning alohida guruhlari o’rtasida taqsimlanishi, %*




    Download 155,5 Kb.
    bet2/3
    Sana27.01.2024
    Hajmi155,5 Kb.
    #146747
    1   2   3
    Bog'liq
    4 mavzu

    Jadval Butun dunyoda yaratilgan daromadning mamlakatlarning alohida guruhlari o’rtasida taqsimlanishi, %*

    Mamlakatlar guruhlari

    Dunyo daromadidagi
    ulushi

    Dunyo aholisi
    sonidagi ulushi

    Jon boshiga eng past daromadli
    mamlakatlar

    7

    36

    Jon boshiga o’rtacha daromadli
    mamlakatlar

    32

    48

    Jon boshiga eng yuqori
    daromadli mamlakatlar

    61

    16



    Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi – ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozircha uning yagona talqini qabul qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.


    2.Hozirgi kunda globallashuv jarayonlari


    Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.
    Globallashuv jarayoniga umumiy nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ushbu jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning iborasi bilan aytganda, “mutlaqo yangicha ma’no – mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”.
    Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta’minlash mumkin emas. CHunki yuzaga kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar yordamida hal etib bo’lmaydi. SHu bois “milliy iqtisodiy xavfsizlik” va “xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” kabi tushunchalar o’rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
    Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta’siriga ochiq qilib qo’yadi. Masalan, XX asr 70– yillarining o’rtalarida OPEK a’zolarining xatti- harakatlari natijasida neft mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida energiya iste’molining muntazam o’sib borganligi va energiya resurslarining cheklanganligi sharoitida ko’p mamlakatlar oldida energetika xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarb bo’lib qoldi.
    XX asr 70 – yillarining boshlarida Bretton – Vud xalqaro valyuta tizimining
    parokandalikka yuz tutganligi va 1976–yilda YAmayka kelishuvlari asosida “suzuvchi” valyuta kurslariga o’tilganligi, rivojlangan mamlakatlar tomonidan kapital harakatlari ustidan nazoratni sekin–asta susaytirilganligidan dalolat beradi.
    Keyinchalik o’tgan asrning 80 – 90 – yillarida Lotin Amerikasi va Janubi- sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo’lgan va jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyati paydo bo’ldi.
    Yer yuzi aholisi sonining ko’payib borishi, buning natijasida xom ashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi va oqibatda chiqindilarning katta miqdorda to’planib borishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega bo’lganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
    2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tahdidlarni keltirib chiqardi. Inqiroz AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik natijasida kelib chiqdi. Keyinchalik uning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning to’lov qobiliyati zaiflashib qolganligi oqibatida moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.





    Inqiroz ta’sirida yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketdi. Bu esa dunyoning ko’plab mamlakatlarida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayib ketishiga olib keldi. Natijada iqtisodiy o’sish sur’atlari sekinlashib, buning oqibatida ishsizlik miqyoslari osha boshladi. Jarayonlarning bunday kechishi mamlakatlarning milliy va uning tarkibiy qismi bo’lgan iqtisodiy xavfsizligiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
    Bugungi globallashuv jarayonida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning еchimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.
    Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urushi bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi.
    Hozirgi vaqtda AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi.
    Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin.
    Axborotlashgan jamiyatning shiddat bilan o‘zgarib borishi natijasida «XX asrda globallashuv jarayonining tezlashishi va umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllana boshlashi jahon mafkuralarining xarakterini o‘zgartirib yubordi. Ularning o‘rnini bosadigan qudratli mafkuraning yo‘qligi, geosiyosiy maqsadlarning o‘zgargani esa bu g‘oyalarning salbiy ta’sirini yanada kuchaytirdi. Bunday sharoitda o‘z maqsadini aniq belgilab olgan, ehtiyoj va manfaatlarini yaxshi anglab еtgan, o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda o‘z milliy g‘oyasini shakllantirgan millatginakelajagini saqlab qoladi va istiqbolini belgalaydi».
    Shunday millat sifatida shakllangan o‘zbek xalqi o‘zining asrlar osha yashab kelayotgan milliy g‘oyasi asosida yoshlar dunyoqarashini ilg‘or texologiyalar bilan boyitish, turli ta’sirlar negizida o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va estetik madaniyatni kelajakka o‘z holicha еtkazishga doimo tayyordir.
    Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni dunyoni g‘oyaviy jihatdan bo‘lib olishga bo‘lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta’minlash har birimizning yuksak burchimizdir.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: “Bugungi kunda yonatrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi”, deb alohida ta’kidlaydi.
    Insonning qalbi va ongiga jo bo‘lgan milliy ma’naviy-ahloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo‘lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi.
    Shu boisdan O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi Harakatlar strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad- muddaolarini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish, globallashuv jarayonining asl mohiyat-mazmunini jamiyat estetik madaniyatidagi rolini aniq va ravshan qilib olish jamiyatimiz a’zolariga еtkazib berish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.
    Globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlardan xalqni, xususan o‘sib kelayotgan yoshlarni asrash, ularning qalbiga ezgulik g‘oyalarini singdirish jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etilmoqda. Bugungi kunda globallashuvning ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liqligi xususida Prezidentimiz Sh.M.Miriziyoev o‘z fikrlarini bildirar ekan, “Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan,odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, mening fikrimcha, inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir”, - deb ta’kidlaydilar.



    Download 155,5 Kb.
    1   2   3




    Download 155,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval Butun dunyoda yaratilgan daromadning mamlakatlarning alohida guruhlari o’rtasida taqsimlanishi, %*

    Download 155,5 Kb.