• Tayanch tushunchalar
  • Mavzu: Google tarixi, ilovalari va uning imkoniyatlari reja




    Download 0,65 Mb.
    bet1/4
    Sana27.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #147190
      1   2   3   4
    Bog'liq
    chrome tarixi


    Mavzu: Google tarixi, ilovalari va uning imkoniyatlari
    REJA

    1. Google qidiruv tizimi.

    2. Google korporatsiyasining yaratilish tarixi.

    3. Google tez va ishonchli ishlaydi.

    4. Google-ning rivojlanishi davom etmoqda.

    5. Googlening jamiyatimizdagi o’rni.

    Tayanch tushunchalar: Google, Yandex, Yahoo, Gmail, kalit so’z,
    Google qidiruv tizimi.
    GOOGLE so’zi «Google» allaqachon maishiy nomga aylandi. Va ko’pchilik odamlar ongida, u uzoq yuz daraja o’n nomi bilan bog’liq edi. Bugungi kunda «Google» – dunyodagi eng katta qidiruv tizimidir. Google – Ko’p tomonlama korporatsiyasi. U turli sohalarda o’zlarini isbotlash kerak edi. Qizig’i shundaki, bu mediamonstra yaratuvchilaridan biri – Sergey Brin – rus. a normal qidiruv tizimi sifatida, rus talaba tomonidan yaratilgan yuqori texnologik dunyoda bir xil orientatsiyasi bilan ko’p qirrali va muvaffaqiyatli kompaniya bo’lishi mumkin? Google – qidiruv sistemasiga oid sayt hisoblanadi.
    Qidiruv sistemasi bu – foydalanuvchilar o’ziga kerakli bo’lgan matn(so’z)ni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi matni uchragan saytlar ro’yhatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilarga tegishli va barcha tilllarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi, albatta bu ma’lumotlar internet tarmog’iga kiritilgan bo’lishi lozim. Qidiruv sistemalari internet tarmog’iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro’yhatidan o’tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu tizimlarga YANDEX, YAHOO, GOOGLE vahokazolarni misol qilish mumkin.
    Google kompaniyasini asoschilari Larry Page va Sergey Brin hisoblanadi. Larry Page va Sergey Brin PageRank tehnologiyasiga patent olgach, o’z kompaniyalarini AltaVista kompaniyasiga 1 mln dollarga sotib yubormoqchi bo’lishdi, lekin AltaVista bu taklifni qabul qilmaydi va o’ziga kuchli raqobatchi yaratib oldi. PageRank tehnologiyasi kodlarida 500 mln ga yaqin o’zgaruvchilar va 2 mlrd ga yaqin mantiqiy elementlar mavjud ekan. Dastlabki Google kompaniyasining serverlari Linux operatsion tizimida ishlagan. Boshqa korxonalardan farqli ravishda Google kompaniyasi iqtisodiy krizis paytida ham o’z shtatini kengaytirishga erishgan (2000 yil).
    Google kompaniyasida 3000 ga yaqin ishchi ishlaydi. Kompaniyaning 450000 ga yaqin serverlari mavjud bo’lib, ular butun dunyo bo’ylab tarqalgan. Google saytining oddiyligi(asosan oq fon), dastlab bu korxonada yaxshi dizaynerlar yo’qligi bilan tushuntirilardi. Sayt yaratuvchilari bilmi sust bo’lib, hattoki “Submit” tugmasini ham qilisha olmagan. Klaviaturadagi Enter tugmasi submit tugmasini o’rnini bosgan ekan. Google kompaniyasida ish shunday yo’lga qo’yilganki, ishchilar ish vaqtining 20% ni, o’zlarining shaxsiy dasturlari (proyektlari) ustida ishlashga sarflashardi. Shu sababli hozirgi kunda google ning kichik xizmatlari ko’payib ketmoqda(Orkut, Google news,.). Lekin bu xizmatlar 3 foydalanuvchilarga e’lon qilinmasdi.
    Kompaniyani to’g’ri nomlanishi GOOGOL edi, lekin kompaniyani tasdiqlatish davomida xatolikga yo’l qo’yilib, google nomi yozib yuborilgan. Bu xatolik to’g’irlanmasdan qolgan. O’ylangan kompaniya nomi Googol – katta o’lchamdagi raqamlar deganidir(10 darajasi 100). 2004 yilda kompaniya dastlabki aksiyalarini birjaga qo’yadi va o’z aksiyalarini donasini 85$ qilib belgilaydi. Bir yil ichida bu aksiya 317,8$ ga ko’tariladi. Hech qachon aksiya narxi dastlabki(85$) narxidan pastga tushmagan.
    Google kompaniyasi o’z emblemasini har bayramda, shu bayramga mos holda o’zgartirib turadi va shu tariqa eski bayramlarni yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Google sayti 100 ga yaqin tillarni tushuna oladi, undan tashqari xar hil multfilmdagi qahramonlarni tilini ham(misol uchun Bugs Bunny). Dastlab bu sayt juda sodda tuzilgan bo’lib, sayt tekshiruvchilar, kerakli so’rovni kiritishib, natijasini kutib o’tiraverishgan (agar natija 0 bo’lsa). Xattoki so’rov qachon tugaganini ham bilishmagan. So’ng sayt kodini o’zgartirib, so’rov tugaganini bildiruvchi xabar chiqaradigan qilishgan. Google kompaniyasi 20%/5% degan qoidaga amal qilishar ekan. Agar 20% foydalanuvchi yangi yaratilgan funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning asosiy interfeysida qolar ekan. Agar 5% foydalanuvchilar bu funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning “расширенные настройки” degan qismiga joylashtirilar ekan.
    Google kompaniyasi ishchilarida qat’i o’rnatilgan ish soati mavjud emas. Kim qachon ishlash foydali deb topsa o’sha vaqtda ishlaydi. Asosiysi ish plani bajarilsa bo’ldi. Google kompaniyasi yangi kadr olishda quyidagicha yo’l tutadi. HR xizmat orqali jo’natilgan 10 ta shaxsiy varaqadan 1 tasiga telefon qiladi. 10 ta telefon qilganlardan 1 tasini suhbatga chaqiriladi, 10 ta suhbatga kegan odamdan 1 tasini ishga olinadi. Demak google ga kirish konkursi 1:1000 ekan. Google kompaniyasiga ishga kirish qiyin ekanini ko’rdik, shu bilan birga ishdan haydalish ham qiyin. Ishlashni hohlamagan ishchi bilan suhbat uyishtiriladi va boshqa ish taklif qilinadi, yana ishlamasa, yoniga bitta ishchi berib ishni o’rgatib nazorat qiladi, shunda ham ishlamasa yana bir bor jiddiy suhbat uyishtiriladi, va nihoyat yarim yil deganda ishdan bo’shatiladi. Bu albatta kamdan kam bo’ladigan holat, chunki kompaniya, ishga kirishda hodimlarni chertib-chertib ishga qabul qiladiku. Google-shaharchada ya’ni google kompaniyasi hududida 20 ta restoran hodimlar uchun xizmat qiladi, eng qizig’i barcha restoranlar tekin. Bu restoranlarda italyan, arab, meksikan taomlari va fastfood yeguliklari mavjud. Har juma kunlari google ishchilari, bizni til bilan aytganda choyhona qilishadi. Google kompaniyasi joylashgan ko’cha “Google street” deb nomlanadi. Kompaniyada ishchilar uchun alohida avtobuslar yo’lga qo’yilgan, undan tashqari hodim o’zi qayerda ishlashini tanlaydi (uyda yoki ishxonada), yana bir qiziq tomoni hodimlar uchun ma’lum bir vaqtlarda har xil yulduzlar ishtrokida konsertlar uyishtirib turiladi.

    Download 0,65 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Google tarixi, ilovalari va uning imkoniyatlari reja

    Download 0,65 Mb.