Mavzu: Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini aniqlash




Download 155.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi155.64 Kb.
#89187
  1   2
Bog'liq
Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini
corporate culture, Gaz jihozlaridan foydalanish va ularni ta\'mirlash (M.Otaboyeva, N.Amirqulov), 2022-23 Oquv uslubiy majmua NGKM compressed, AHOLI VA INSON OMILI реферат, ayd-1, qvl-2, ayp-3, 6-laboratoriya ishi Mavzu To’liq aniqlangan Bul funksiyalari. K, 1-amal sxemo, 1-ON sxemo, Arduino-dlya-nachinayushih-svetodiody-i-knopki, kurs ishi 4-kurslar S1201- guruh, 3-amaliy topshiriq, hatlov


Mavzu: Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini aniqlash 
 
Reja:
1. Gaz sarfini o'lchash.
2. Bosimlar farqini o'lchash orqali gazning sarfini aniqlash.
1) Bunday uskunalar tarkibiga bosim farqi hosil qiluvchi toraytiruvchi moslama, 
differensial monometr va tutashtiruvchi naychalar kiradi. 
Bunday qurilmalarda gaz bosimini pasaytirish maqsadida diafragmalar, 
qo„llaniladi. Bunda gaz yoki suyuqlik toraytiruvchi moslamadan 
o„tganda, uning dinamik bosimi oshadi, statik bosimi kamayadi. 
Sarf qancha ko„p bo„lsa, statik bosim pasayishi ham shuncha ko„p bo„ladi. 
Bunday moslamalarni qo„llash uchun quvurda to„g„ri uchastka tanlab olinadi va 
bu uchastkada diafragmagacha kamida 8D masofada hech qanday mahalliy 
qarshiliklar bo„lmasligi kerak. Diafragmadan keyin ham kamida 5 D 
masofada shunday qarshiliklar bo„lmasligi kerak. Bu yerda D – toraytiruvchi moslama 
o'rnatilgan quvur diametri. Bu shart buzilsa, quvurdagi gaz oqimi tekisligi 
o„zgarib, bosimlar farqi noto„g„ri chiqadi va hisoblangan sarfda ham xatolik katta bo„ladi. 
Normal diafragma o„rnatish uchun quvurning diametri dsh > 50 mm bo„lishi kerak va quyidagi 
shart bajarilishi kerak:
0,05 Θ m Θ 0,7, m = d²/D². 
d – diafragma teshigi diametri (mm); D – quvur 
diametri (mm). Toraytiruvchi moslamalarning hisobi, 
diafragmaning diametrini aniqlashga mo„ljallangan.
Diafragmaning hisobini bajarish uchun quyiagilar 
ma‟lum bo„lishi kerak: quvurning ichki diametri,
quvurdagi maksimal soatlik sarf, qo„llaniladigan difmanometrning maksimal o'lchash qobiliyati,
diafragma oldidagi gazning absolut bosimi, gazning absolut harorati, gaz o„tish davrida ideal gaz
qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti, gazning 
normal sharoitdagi zichligi. Shu ko„rsatgichlar asosida maxsus toraytiruvchi
moslamalarni hisoblash albomidan foydalanib diafragma va soplolar hisoblanadi.
Toraytiruvchi moslamadagi bosim pasayishiga qarab 
quyidagi ifoda yordamida o„tgan gazning sarfini aniqlash mumkin: 
m³/soat. α – sarf koeffitsiyenti; ε – tuzatish koeffitsiyenti (o„tayotgan gazning 
kengayishini hisobga oluvchi); d – toraytiruvchi moslamaning diametri
(mm); R – gazning absolut bosimi (ata); T – gazning absolut harorati (K); K –
ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti; h20 – bosimlar farqi
(mm simob ustuni); γ – gazning zichligi (kg/m³ 
2) Kirishdagi gaz bosimiga hamda ularning qo„llanilishiga qarab GRPlar alohida binoda, bino 
devoriga yoki alohida tayanchga o„rnatilgan metall
shkaflarda joylashishi mumkin. Alohida GRPlarni bog„larda, xiyobonlarda, mavzelar


orasida, anoat korxonalarining hududida joylashtirish 
mumkin. Bunda GRPdan boshqa binolargacha bo„lgan masofa GRPga kirishdagi gazning 
bosimiga bog„liq bo„lib, quyidagicha bo„lishi kerak:
gazning kirishdagi bosimi 0,6 MPa gacha bo„lsa bino, temir yo„l va tramvay yo„ligacha –
kamida 10 m, avtomobil yo„ligacha – 5 m, elektr uzatish tayanchlarigacha – kamida 1,5 N (N –
tayanch balandligi) Agarda kirishdagi gazning bosimi 0,6 – 1,2 MPa
bo„lsa, binolargacha, temir yo„lgacha – 15 m, avtomobil yo„ligacha – 8 m, elektr uzatish
tayanchgacha – 1,5 N. Shkafli GRPlar gazlashtirilayotgan bino devorlariga yoki bo„lmasa,
alohida ustunlarga o„rnatilish mumkin. Bino devoriga 
o„rnatilgan paytda bino devori III darajali o„tga chidamli bo„lishi kerak va yong„in chiqishi 
xavfi bo„yicha “G” va “D” kategoriyadagi binolar bo„lishi kerak.
Kirishdagi gaz bosimi P=0,3 MPa bo„lsa, unda shkafli GRPdan bino eshik yoki derazasigacha
bo„lgan masofa kamida 3 m bo„lishi kerak.
Agarda kirishdagi bosim P=0,3 – 0,6 MPa bo„lsa, ushbu masofa kamida 5 m bo„lishi kerak. 
Bundan tashqari, shkafli GRP bilan uning tepasidagi deraza orasidagi vertikal masofa 
kamida 5 m bo„lishi kerar. Statsionar GRPlar I va II o„tga chidamlilik 
darajasiga ega bo„lgan binolarga joylashtiriladi. Bunda binoning tomi yengil konstruksiyadan 
tuzilgan bo„lishi kerak. Chunki GRPda portlash yuz berganda, binoga katta zarar yetmasligi 
uchun uning tomi yengil bo„lishi kerak. Bino tomi yengil bo„lsa, portlash yuz berganda portlash 
to„lqini tomni otib yuboradi va atmosferaga chiqib ketadi va bino devorlari esa zarar ko'rmaydi. 
Agarda GRP tomi og„ir konstruksiyadan tuzilgan 
bo„lsa, bunda GRPning deraza, eshik, ventilatsiya 
kanali va yorug„lik tushish fonarlarining umumiy yuzasi 
GRP binosi ichki hajmining har bir m³ iga 500 sm² 
hisobidan olish kerak. Shunda portlash to„lqini eshik, 
derazalarni urib chiqarib, tashqariga chiqib ketishgaulguradi va bino devorlari uncha shikastlanm
aydi. GRPeshiklari tashqariga ochilishi kerak. GRP binosidagi pol 
qiyin yonadigan materialdan bo„lishi kerak.
Bundan tashqari, u uchqun bermaydigan materialdan 
bo„lishi kerak. Cunki ishchilar ishlayotganda qo„lidagi 
bolg„asi yoki boshqa jihozlari tushib ketsa, polga 
urilganda uchqun chiqmasligi kerak. GRPning isitish
sistemasi suvli bo„lishi kerak va uning maksimal harorati 130°C dan oshmasligi kerak. 
Bug„li isitish sistemasini ham qo„llash mumkin. 
Agarda bunday sistemalar yaqin orada bo„lmasa, 
GRPni pech yordamida isitish mumkin. Bunda isitish 
pechi metall germetik qobiqqa ega bo„lib, o'txonasi 
GRPning asosiy xonasi bilan tutashmagan yordamchi xona tarafda bo„lishi kerak. 
GRP ichidagi havo harorati 5°C dan kam bo„lmasligi 
kerak. GRPlarda elektr isitish sistemasini ham qo„llash 
mumkin. Lekin bunda bunday sistema portlashdan 
saqlangan konstruksiyada bo„lishi kerak. GRP 
binosining ventilatsiyasi tabiiy bo„lib, bir soatda uch 
karra havoni almashtirish qobiliyatiga ega bo„lishi 


kerak. Ventilatsiya uchun GRPlar tomiga deflektorlar 
o„rnatiladi. GRP binosining yoritilishi elektr yordamida bo„lib, elektr sistemasi portlashdan 
saqlangan konstruksiyada bo„lishi kerak. 
Elektr simlari quvur ichidan o„tgan bo„lishi
kerak, yoritgichlar germetik qobiq tagida bo„lishi 
zarur: agar bu shartni bajarish mumkin bo„lsa,
unda GRP binosini yoritish uchun GRPning 
tashqi devorida deraza tepasiga o„rnatilgan
oddiy lampochkadan foydalanish 
mumkin. Bunda lampochkaning nuri derazadan
ichkariga tushib, GRP xonasini yoritadi. Bunday 
yoritish "kososvet" deyiladi. GRP ichida
texnologik tarmoq bilan devor orasidagi masofa 
kamida 40 sm bo„lishi kerak. Asosiy ish joyining
eni esa 80 sm dan kam bo„lmasligi lozim. 

Download 155.64 Kb.
  1   2




Download 155.64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini aniqlash

Download 155.64 Kb.
Pdf ko'rish