• Kasbiy reabilitatsiyaning
  • Mavzu: Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar Reja: Harakat tayanch a’zolari haqida ma’lumot




    Download 359,78 Kb.
    bet2/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi359,78 Kb.
    #123006
    1   2   3
    Bog'liq
    harakat

    Tibbiy-pedagogik reabilitatsiya. Bunda tayanch harakat a’zolari falajlangan bolaning tibbiyot xodimlari tomonidan jismoniy holatidagi kamchiliklarni tiklash bilan barobar korreksion pedagogik ishlar ham olib boriladi. Reabilitatsiyaning bu turi bolani jismoniy va pedagogik jihatdan rivojlantiradi.
    Kasbiy reabilitatsiyaning maqsadi tayanch harakat a’zolari falajlangan bolalarni mutaxassis defektologlar, pedagog va boshqalar tomonidan maxsus korreksion ishlarni olib borilishini ko‘zlaydi.
    Psixologik reabilitatsiya. Reabilitatsiyaning bu turi tayanch harakat a’zolari falajlangan bolalarning psixologik rivojlanishdagi nuqsonlarni oldini olishga, emotsional doirasini, invidual shaxsiy xususiyatlarini yaxshilashga, ijtimoiy moslashuvini samaradorligini oshirishga qaratiladi.
    Quyida serebral falaj bolani ilk yoshidan ya’ni nutqini rivojlanishgacha bo‘lgan davrda oilada ota-onalar tomonidan va maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’limtarbiya jarayonida olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar, yoritilgan.
    Serebral falajlangan bolalar bilan ilk yosh davrda olib boriladigan reabilitatsion ishlarni oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida uzviy bog‘langan holda olib borish lozim. Davolov-korreksion-rivojlantiruvchi, reabilitatsion ish tizimi fizioterapevt, davolovchi jismoniy tarbiya mutaxassisi, nevropatolog, logoped va oligofrenopedagogning hamkorlikdagi kompleks ishi asosida amalga oshiriladi.
    Serebral falaj bolalarni o‘qitish uchun amaliy qo‘llanmalar:
    - agar bolaning nutqi bo‘lsa, u xohlagan hamma vaqtda so‘rashi, yoki savollarga javob berishi, yoki izohlashiga ruxsat berishimiz va chidamli bo‘lishimiz kerak;
    - biz bola harakatlanishiga imkon berishimiz kerak. Serebral falaj bolalarning harakat ko‘nikmalarini o‘stirish uchun muskul stimulyatsiyasi zarur;
    - serebral falaj bolalar tez charchaydi. O‘qish kuni davomida biz ularga dam olish uchun vaqt berishimiz kerak. Dam olish joyi maktab tomonidan yuksak darajada ta’minlangan bo‘lishi kerak;
    - agar maktabning kompyuterga imkoniyati bor bo‘lsa, bu serebral falaj bolalar uchun foydali bo‘lardi, chunki ko‘pgina qiyinchiliklar yozma muloqot bilan bog‘liq (og‘zaki muloqotga qo‘shimcha tarzda).
    Mujassam nuqsonli maxsus yordamga muhtoj toifasiga kar-ko‘r-soqov bolalar, kar va aqlan zaif, ko‘r va oligofren, harakat tayanch a’zolari jarohatlangan va ko‘r yoki aqlan zaif va h.k. kiradilar.
    Oxirgi yillarda ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar soni ancha kamaydi.Oftalmologik yutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarini ko‘llanishi, ko‘rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus maktab o‘quvchilarining kontingenti sezilarli darajada o‘zgardi. Ko‘r bolalar nisbatan kamaydi, ammo zaif ko‘ruvchi bolalar soni ko‘paydi. Ularning orasida maktab dasturini o‘zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol ko‘rina boshlandi. Kompleks, ya’ni har tomonlama tekshirish, o‘rganish natijasida ularning ko‘rish qobiliyatini buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi aniqlandi. Zaif ko‘ruvchi va aqli zaif bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ancha murakkab va o‘ziga xosdir. Odatda zaif ko‘ruvchilardan ayrimlari va ko‘r bolalar «Brayl» sistemasi bo‘yicha o‘qish va yozishni o‘rganadilar. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim natijasida ko‘r bolalar nuqta-relyefli shriftni tez o‘rganib oladilar. Aqli zaif ko‘rlarda bu jarayon ancha sekin kechadi, uncha samarali bo‘lmaydi. Bunga bir necha sabablar mavjud. Markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif ko‘r bolaning kompensator imkoniyatlari sustlashgan bo‘ladi.Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish analizatorlari kompensator faoliyatni bajara boshlaydilar. Aqli zaif o‘quvchilarning tafakkur, tasavvur, nutqi, fikrlash qobiliyatini o‘stirishda yordamchi maktabda ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Ko‘rlar maktabida bu borada ko‘proq nutq, so‘zga, maxsus tiflografik ko‘rgazmali kurollarga asoslangan holda ish tashkil etilsa, aqli zaif ko‘r bolalar bilan boshqacha ishlarni uyushtirish lozim bo‘ladi. Ikkala holatda ham birinchi navbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Aqli zaif bolalarning esa bilish faoliyati turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqlan va ko‘rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasiga maxsus yondoshgan holda, maxsus yaratilgan tizim asosida o‘qitish va tarbiyalash lozim.
    Mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati va aqli zaif bolalar birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‘lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa ilk yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobiliyati zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bo‘yicha ta’lim oladilar. Yordamchi sinflar ko‘rlar va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarda ham mavjud.



    Download 359,78 Kb.
    1   2   3




    Download 359,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar Reja: Harakat tayanch a’zolari haqida ma’lumot

    Download 359,78 Kb.