|
Mavzu: Havo liniyalarini (HL) haqida umumiy ma'lumot. Har XIL kuchlanish sinfidagi havo liniyalarining asosiy konstruktiv elementlari va parametrlari
|
Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 9,5 Kb. | | #256305 |
Bog'liq Havo liniyalari haqida ma’lumotlar-kompy.info
Havo liniyalari haqida ma’lumotlar
Mavzu: Havo liniyalarini (HL) haqida umumiy ma'lumot. Har xil kuchlanish sinfidagi havo liniyalarining asosiy konstruktiv elementlari va parametrlari.
Reja:
Havo liniyalari haqida ma’lumotlar
Asosiy konsturtiv elementlar
Elektr energiyasini ochiq havo orqali o’tadigan va turli tayanch tuzilmalarga mahkamlangan simlar yordamida uzatish va taqsimlashga mo’ljallangan qurilma havo liniyasi deyiladi. Elektr uzatishning havo liniyalari kuchlanishi 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori (standart kuchlanishlar shkalasi bo’yicha 3,6,10 kV va undan yuqori) havo liniyalariga bo’linadi.
Mamlakatimizda havo liniyalari keng tarqalgan va ular quyidagilar bilan bir–biri bilan farq qiladi:
havo liniyalarini qurishda, odatda, xajmi uncha katta bo’lmagan yer ishlarini bajarish zarur;
havo liniyalarini ishlatish va taomirlashning oddiyligi;
kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalarining tayanchlaridan radio tarmoqlar, mahalliy telefon aloqasi, tashqi yoritish, teleboshqarish, signalizatsiya simlarini osish uchun foydalanish mumkin;
1 km havo liniyasi qurilish narxining shunday uzunlikdagi kabel liniyasini qurish narxiga qaraganda ancha past (taxmina 25–30%).
Liniyaning nominal kuchlanishi va unga ulangan isteomolchilarning toifasi bo’yicha havo liniyalari I, II, III guruhga bo’linadi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalari, ularga ulangan isteomolchilarning toifalaridan qatoiy nazar III guruh hisoblanadi.
Kuchlanishi 10 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini simlari yog’och yoki temir–beton tayanchlarda o’rnatilgan izolyatorlarda mahkamlanadi. Havo liniyalarining yo’llarida o’rnatiladigan tayanchlar tuzilmasi, ishlatilishi va o’rnatiladigan joyiga qarab oraliq, burchak, tarmoqlash, kesishadigan va oxirgi tayanchlar bo’ladi.
Oraliq tayanchlar simlarni yerdan talab qilinadigan balandlikda tutib turish uchun ishlatiladi va ular qo’shni tayanchlar orasidagi simlar uzilganda liniya bo’ylab simlarni bir tomonlama tortilishidan hosil bo’ladigan kuchlarga mo’ljallab hisoblanmagan. Havo liniyalari yo’lining to’g’ri qismlarida oraliq tayanchlar havo liniyasining kuchlanishi 1 kV bo’lganda 35–40m, havo liniyasining kuchlanishi 6 va 10 kV bo’lganda 50–60 m masofada o’rnatiladi. Havo liniyasining tayanchlari orasidagi masofani tayanchlar odimi deyish qabul qilingan. Oraliq tayanchlar havo liniyasidagi tayanchlarning umumiy sonini 80% dan ortig’ini tashkil qiladi.
Havo liniyasi yo’lining yo’nalishi o’zgaradigan joylarda burchak tayanchlar o’rnatiladi. Bu tayanchlar normal ishlash sharoitlarida qo’shni tayanchlar orasidagi simlarning qo’shilgan tortilish kuchlarini qabul qilishi lozim; bu kuchlar simlar hosil qiladigan ichki burchakning bissekrisasi bo’yicha tahsir qiladi.
Yog’och tayanchlarni tayyorlash uchun asosan yog’ochning nina bargli navlaridan foydalaniladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyasi tayanchining asosiy elementlari uchun (ustunlar, tirgovuchlar, traversalar, tirgaklar) qarag’ay xodalarning diametri 14 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Yog’och tayanchlarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida turli hil kimyoviy moddalar bilan ishlov berish yo’li orqali ularning ishlash muddatini uzaytirishga erishiladi. Yog’och tayanchlar mahsus qurilish zavodlarida tayyorlanadi, keyin pritsepli avtomashinalarda o’rnatiladigan joyga olib kelinadi. Yig’ishdan oldin tayanchning hamma detallari diqqat bilan kechiriladi, ularda shikastlangan himoyalovchi qoplamlar (zanglashga qarshi) kabi nuqsonlar bo’lmasligi kerak. Ishlatish davomida yog’och tayanchlarini yer yuzidan 30-40 sm pastda va yuqorida joylashgan qismlari, yani atmosfera va yerdagi suv tahsiriga ko’proq duchor bo’ladigan qismi tez ishdan chiqadi.
Yog’och tayanchlarda yog’ochni tejash maqsadida ular yig’iladigan qilib tayyorlanadi, tayanch ustunini yog’och yoki temir-beton ulanma bilan biriktiriladi. Yog’och ustunni yog’och ulanmalar bilan tutashtirish uchun ustunning biriktiriladigan 1,5-1,6 m uzunlikdagi va 100 mm kenglikdagi qismi tekislab yo’niladi. Ulanmaning yuqori qismiga ham xuddi shunday uzunlikda va kenglikda ishlov beriladi. Ustun va ulanmaning ohirgi chopilgan qismi perpendikulyar o’yiq ko’rinishda bo’lishi lozim. Biriktiriladigan detallarning tutashgan qismi bir-biriga zich yopishib turishi kerak. Ustun va ulanma aylanasi bo’ylab bandajlar kengligida (50-60 mm), tayanchning bu detallarini bandajlar bilan yaxshi tortilishi uchun notekisliklar tekislanadi. Bandajlar yuzalar tutashgan qismini ikki joyiga, ulanmaning uchidan 200 mm pastda va tayanch ustunining ohiridan 250 mm yuqoriga qo’yiladi. Bandajlar orasidagi masofa 1000-1100 mm. Bandajlar uchun 4 mm li ruxlangan yumshoq po’lat sim yoki 5-6 mm li ruxlanmagan sim ishlatiladi.
Tayanchlar qurilish zavodlarida tayyorlanayotgan paytida jihozlanadi, lekin izolyatorlar va armaturalarni tashib keltirayotganda shikastlanmasligi uchun ularni ko’pincha bevosita havo liniyasi qurilayotgan joyni o’zida yeg’iladi. Tayanchlarni jihozlash ishlari ilmoqlar o’rnatiladigan joylarni belgilash, tayanchda ilmoqlar uchun teshiklar ochish va ularda izolyatorlari bilan birga ilmoqlarni o’rnatish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Simlarni liniya bo’ylab o’rnatilgan tayanchlarning ikkala tomonidan chuvatiladi. Buxtadagi simni chuvatish uchun konussimon parrak yoki ko’chma stanoklar, HL yo’liga barabanlarda keltirilgan simlarni chuvatish uchun esa qismlarga ajraladigan barabanli ko’targichlardan foydalaniladi.
Liniyaning uzunligi 0,5 km dan ortiq bo’lmaganda va simlarning kesimi 50 mm2 gacha bo’ganda, birinchi tayanchning yaqinida konussimon parrak stanok yoki barabanli ko’targichda simli baraban liniyaning boshida o’rnatiladi va simning uchidan mahkam ushlab oxirgi tayanchgacha, yaoni liniyaning oxirigacha tortib boriladi. Liniyaning juda uzun bo’lganda bu moslamalar orqa borti tushirilgan avtomashina kuzovida o’rnatiladi va mashina tayanchlar bo’ylab xarakatlangan sari sim yoyilaveradi, faqat simda sirtmoqlar hosil bo’lmasligi kuzatib boriladi. Simni chuvatish bilan bir vaqtda uni diqqat bilan ko’zdan kechirib boriladi. Bunda ayrim uzilgan tomirlar va katta ezilgan joylar va hokazo nuqsonlar bor–yo’qligi aniqlanadi.
Simda aniqlangan nuqsonli joylar moy bo’yoq bilan belgilanadi, keyin simni tayanchga ko’tarishdan oldin bu nuqsonlar bartaraf etiladi.
Agar ish joyiga sim domkratlarda o’rnatilgan barabanda keltirilgan bo’lsa, uni avtomashinadan olmasdan chuvatiladi, buning uchun oldin baraban kuzov taxtasidan domkratlar va baraban o’qidagi teshikdan o’tkazilgan truba yordamida 10–15 sm ko’tariladi. Avtomashina xarakatlanmasdan oldin barabandan chuvatilayotgan simning uchi anker tayanchga mahkam bog’lanadi, havo liniyasining yo’li yo’nalishida keyingi tayanchlar tomon simni chuvata boshlanadi. Agar sim yetarli uzunlikda chuvatilmagan bo’lsa, uni o’xshash tuzilmali, markali va kesimli boshqa barabandagi sim ulanadi.
Kuchlanishi kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida simlar bir-biriga burab; bandajlar yo’li bilan; ovalsimon ulagichda (gilg’za)da simlarning sirtmoqlangan uchlarini presslab va payvandlab; simlarning uchini uchma-uch payvandlab, undan keyin ularni shunt bilan birga ikkita alohida ulagich (gilg’za)larda presslab; simlarni ustam-ust qo’yib, ulagich (gilg’za)da presslab, simlarni boltli qismalar bilan ulanadi.
Simlarining uchlarini bir-biriga burab ulash bir simli po’lat va bimetall simlarni ulashning eng oddiy usulidir, bunda simlarning uchi 180-200 mm uzunlikda ustma-ust qo’yiladi, keyin ularni ulanadigan qismining o’rtasidan yassi jag’li ombir bilan qisib, birinchi simni ikkinchisiga omburning o’ng va chap tomonlarida, o’ramlarni bir–biriga zich joylashtirib o’raladi.
Anker va oxirgi tayanchlarda sim izolyatorning buyniga tik;in kurinishida (5-rasm, v) mahkamlanadi.
nvng temir yullar va tramvay yullaridan, shuningdek boshqa kuch liniyalari hamda aloqa liniyalari bilan kesishadigan joylarida simlar ikki qayta boglab mahkamlana- di (5-rasm, g).
Simlarni boglayotgan montyor bosh kiyimda ishlashi, montyorlik tirnoqlarida mustahkam turishi va montyorlik kamarining zanjiri bilan tayanchga ishonchli boglangan bulishi
kerak (6-rasm). Burchak tayanchda simlarni mazrsamlashda liniya simlari hosil qiladigan burchakning ichida turish man qilinadi.
Neytrali yerga ulangan tarmoqlarda kuchlanishi 40 V gacha bo’lgan larining temir-beton tayanchlari armaturasi yerga ulangan nolg’ simga mustahkam ulanishi kerak.
Liniya montaj qilingandan keyin uning tayanchlariga marka qo’yiladi. )har bir tayanch markasida liniyaning nomeri, tayanchning shuli- niyadagi tartib nomeri va tayanchning urnatilgan yili kursatiladi. Tayanchlarda sonlar, ularni uqish qulay bulgan tomonga, 3—4 m balandlikda,qo’a buyoq bilan yozib quyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:
https://fayllar.org/2-havo-liniyalari-tayanchlarini-ornatish-havo-liniyari-tayanch.html
https://uz.mgwiki.top/wiki/Overhead_line
Salimov “Stansiya va podstansiyaning elektr qismi ”
http://kompy.info
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Havo liniyalarini (HL) haqida umumiy ma'lumot. Har XIL kuchlanish sinfidagi havo liniyalarining asosiy konstruktiv elementlari va parametrlari
|