In’ekstsiyon dori turlarini tayyorlash




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#77057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujjatlar maxfiyligini saqlash, MA\'MURA, Abdurahimov Humoyun, 25,01,2023, MInMax dart, 3537, lk 15 KAPSULY dlya studentov, 3-t, РАЗВИТИЕ СТАТИСТИКИ В РОССИИ, СИСТЕМНО КВАНТИТАТИВНЫЙ ПОДХОД В ЛИНГВИСТИКЕ, Soliq va soliqqa tortish fanidan glossariy, .........Kurs ishi-2....., Bizning sinfimiz metodikasi (3), презентация на тему ХАЛҚАРО БАҲОЛАШ ДАСТУРЛАРИНИНГ СТАНДАРТЛАРИДА (FRAMEWORK) ҚАЙД ЭТИЛГАН КОМПЕТЕНЦИЯЛАР
In’ekstsiyon dori turlarini tayyorlash aseptik sharoitda olib boriladi va u quydagi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi: dori va yordamchi moddalarni eritish, fil’trlash, mexanik 
zarachalarni eritmada bor yo’qligini tekshirish, flakonlarni jixozlash, flakonlarni 
yorliqlash, sterillash mexanik zarachalarning bor-yo’qligini ikkinchi bor tekshirish havo 
rangli etiketkalar yopishtirib jixozlash. In’ektsiyon eritmalar og’irlik-xajm usulida 
tayyorlanib, dori moddalar og’irlik bo’yicha tortib olinadi va o’lchov idishida ozgina 
in’ektsiyon suvda eritiladi, so’ngra erituvchi bilan kerakli xajmga yetkaziladi. 
Tayyorlangan eritma juda toza bo’lishi, oddiy ko’z bilan qaraganda yot zarrachalar 


ko’rinmasligi kerak. Eritmani fil’trlashda oliy navli fil’tr qogozlardan foydalaniladi va 
ishlatishda voranka tagiga ozgina paxta qo’yiladi. Fil’tr qog’oz va paxta ishlatishdan 
oldin xo’llanishi zarur. Fil’trlash vaqtida dastlabki bir necha ml fil’trat voronkaga qayta 
qo’yilib, fil’trlash davom ettiriladi. Bunda fil’tr va paxtadagi tushishi mumkin bo’lgan 
tola va zarrachalar o’tmaydi. Zarur bo’lsa eritma toza bo’lguncha qayta fil’trlanadi. 
Qayta fil’trlashda dastlabki ishlatilgan voronka, fil’tr paxta ayni shu eritma uchun 
oxirgacha foydalanish tavsiya etiladi. Fenol xususiyatiga ega bo’lgan moddalarni kulsiz 
fil’tr orqali o’tkazish kerak.
Eritmani fil’trlash vacum sharoitda olib borilsa xamda, shisha va boshqa fil’trlardan 
foydalanilsa yaxshi natija beradi. Agar erituvchi sifatida moy qo’llanilsa, moddalarni 
erishini va fil’trlash jarayonini tezlatish maqsadida ilitilgan moydan foydalanish 
maqasadga muvofiqdir. 
Ba’zi dori moddalar (masalan, barbamil, medinal, eufillin, rivonol va boshqalar) 
qizdirish vaqtida parchalanib ketadi. Ayrim preparatlarni esa sterillash shart emas. 
Chunki ularning o’zi mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega (masalan, 
geksametilintetramin). 
Bunday 
preparatlardan 
dori 
turlari 
aseptik 
sharoitda 
tayyorlanadi. Ko’z tomchilari mazlari primochkalari va antibiotiklarda tayyorlanadigan 
dori turlari hamda ba’zi sepma doriar ham aseptik sharoitda tayyorlanadi.

Download 0.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish