Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanida dars ishlanmalarini ishlab chiqish metodikasi. Mashg’ulot maqsadi




Download 22.62 Kb.
bet1/2
Sana13.10.2023
Hajmi22.62 Kb.
#87698
  1   2
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot. dars ishlanma
Mexatron modul va robotlarning o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi-fayllar.org, Ma\'rufxo\'jayeva M., Kiberxavfsizlik AZIZBEK, 00339 Kakan agro tutzor taqiqdan chiqarish, МЕТРОЛОГИЯ ва СТАНД Мустақил иш НАМУНА 2, portal.guldu.uz-MUHANDISLIK GRAFIKASINI O`QITISH METODIKASI

Amaliy mashg’ulot-3




Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari va axborot texnologiyalari fanida dars ishlanmalarini ishlab chiqish metodikasi.
Mashg’ulot maqsadi: Informatika va axborot texnologiyalari va axborot texnologiyalari fanida dars ishlanmalarini ishlab chiqish metodikasi xaqida ma’lumotga ega bo’lish.

1. O‘quv jarayonini rejalashtirish tizimi.


2. Informatika va axborot texnologiyalari darslariga va zamonaviy Informatika va axborot texnologiyalari xonasida darslarni o‘tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlari.
Informatika va axborot texnologiyalari kursi bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish
Darsga tayyorlanish – bu o‘qituvchining o‘ziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin yaratish uchun uslubiyot soxasida yaxshi nazariy bilimga ega bo‘lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak.
Rejalashtirish tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
1. Yillik va yarim yillik rejalashtirish.
2. Tematik rejalashtirish
3. Xar bir dars rejasi.
Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
- o‘quv yiliga tayyorlash;
- o‘quv temasi bo‘yicha fanlar tizimining tayyorlanishi;
- navbatdagi darsga tayyorlanish.
Birinchi bosqichda sinf o‘quvchilari tomonidan nima uchun, nimaga va qandvy o‘qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunda o‘quvchilar o‘tgan yili nimani va qanday o‘qiganligini kelajagini ko‘ra bilishi zarur.
Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar:
- o‘quv jarayonida Informatika va axborot texnologiyalari darsing o‘rni, darsning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi;
- tematik reja, odatda Xalq ta’limi vazirligining instruktiv hujjati yoki o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmalari o‘quv yili boshlangunga qadar o‘qituvchi dasturni, tushuntirish xatini o‘rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun alohida adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi.
O‘quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo‘yicha o‘quv materialini taxminiy bo‘linishini o‘z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi.
Tematik rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bo‘yicha darslarning umumiy zanjirida muhim bo‘g‘inday ko‘rib chiqishga imkonberadi. Bu, shubhasiz, har bir darsning ahamiyatini oshiradi, o‘qitish sifatini butunlay yaxshilaydi.
Tematik rejalashtirishning sxemasi:
Darslar
1
2
3
.
.

K
1. Dars maqsadi


2. Darsning turi
3. Darsning shakli
4. O‘qitish usuli
5. Apparat ta’minoti
6. Dasturiy ta’minoti
7. Pedagogik dasturiy
ta’minoti
8. Adabiyotlar va internet saytlari
Takrorlash uchun atamalar
Yangi bilimlar va atamalar
Yangi ko‘nikmalar
Informatika va axborot texnologiyalari darslariga va Informatika va axborot texnologiyalari xonasida darslarni o‘tkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xususiyatlari, dars negiziga qo‘shilishi kerak bo‘lgan pedagogik vositalarni bo‘laklarini, barcha aspektrlarni yaxshilab ko‘rib chiqish zarur.
Pedagogik dasturiy ta’minot ishlatilishi mo‘ljallanayotgan dars ssenariysini ishlab chiqishda o‘qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak. Ular orasida;
- real maqsadga muvofiq o‘sha yoki boshqa pedagogik dasturiy ta’minotlarni ishlatish;
- tayin vaqtda pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanishda talab qilinadigan bilim;
- o‘qituvchilarning kompyuter bilan ishlashda gigienik chegarasi;
- pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat;
- pedagogik dasturiy ta’minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik holati.
Informatika va axborot texnologiyalari darsiga tayyorlanish o‘qituvchining boshqa darslarga tayyorlanish rejasidan farq qilmaydi. Lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz Informatika va axborot texnologiyalari darsiga tayyorlanish samarasiz bo‘ladi va maqsadga muvofiq emas.
Darsning reja-konspekti sxemasi
1. Sinf.
2. Darsning mavzusi.
3. Darsga mo‘ljallangan vaqti.
4. Asosiy o‘quv va tarbiyalash maqsadlari.
5. Darsning jihozlari.
6. Darsga kerakli dasturiy ta’minotlari.
7. Darsning asosiy qismi.
8. Darsning izohi.
Misol sifatida Informatika va axborot texnologiyalari fanining «Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari» mavzusi bo‘yicha reja-konspektini keltiramiz.
Mavzu: «Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari»
Maqsad: Shaxsiy kompyuterning asosiy va atrof qurilmalarini farklashga va ularning vazifalarini bilishga o‘rgatish.
Materiallar: Kompyuterning turli qismlarining rasmlari tushirilgan slaydlar, fotorasmlar, urgatuvchi dasturlar, vatmanlar, varaqlar, flomasterlar. Shaxsiy kompyuter mavzusida klaster.
Kerakli apparat vositalari:
- kompyuter,
- multimedia videoproektori.
Vaqt: Bir akademik soat
Shakl: Guruhlarda ishlash
Usullar: Suhbat «Bilaman. Bildim. Bilishni xoxlayman» (BBB) texnologiyasi.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism. O‘qituvchi sinfni har biri 5-6 o‘quvchidan iborat bo‘lgan guruhlarga bo‘ladi.
2. O‘qituvchi «BBB» texnologiyasi bo‘yicha «EHM avlodlari» mavzusida suhbat tashkil etadi. Bunda o‘quvchilarga esga solish uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
- EHM nima?
- EHMlar har doim ham hozirgi ko‘rinishda bo‘lganmi?
- Hisoblash mashinalarining rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni esga soladilar. O‘qituvchi ularning javobi asosida doskada quyidagi jadvaldagi «Bilaman» ustunini to‘ldiradi.
Bilaman
Bildim
Bilishni hoxlayman
1 avlod
2 avlod
3 avlod
4 avlod
3. O‘qituvchi rasmlar yoki slaydlardan foydalanib EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlarning rivojlanish tarixi hahida batafsil ma’lumot beradi. Shundan so‘ng suhbat shaxsiy kompyuterlarning turlariga ko‘chadi.
4. Har bir o‘quvchi o‘z daftarida individual va mustaqil ravishda yukoridagi jadvalning «Bildim» ustunini to‘ldiradi. Shundan so‘ng o‘quvchilar guruhlarda ishlab olgan ma’lumotlarni umumlashtiradilar o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘rab doskadagi jadvalning ikkinchi ustunini to‘ldiradi.
5. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z daftaridagi jadvalning uchinchi «Bilishni xohlayman» ustuniga bittadan savol yozishni tavsiya etadi. O‘quvchilar individual va mustaqil ishlaydilar. O‘qituvchi ayrim o‘quvchilardan yozgan savollarini so‘raydi.
6. Shu o‘qituvchi uyga vazifa sifatida mustaqil bajarishlari uchun qo‘yilgan savol bo‘yicha material topib, referat yozish vazifasini beradi. Referatni topshirish muddati qa’tiy aniq bulishi lozim.
7. O‘qituvchi asta-sekin shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlarining tuzilishi masalasiga o‘tadi va boshlanishida, ushbu mavzu buyicha bilimlarning zarurligini asoslaydi.
8. O‘qituvchi xar bir guruxga varaqlar va flamasterlarni tarqatib, varaqlarga kompyuterning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan kurilmalarini yozish vazifasini beradi. O‘quvchilar guruhlarda mustaqil ishlaydilar.
9. O‘qituvchi doskada quyidagi sxemani chizadi:
10. O‘qituvchi o‘quvchilarda guruhlarda ishlab hosil bo‘lgan sxema asosida kompyuterning elementlarini quyidagi belgilar buyicha tasniflashni tavsiya etadi:
- axborotni kiritish qurilmalari;
- axborotni chiqarish qurilmalari;
- axborotni jamlovchilar;
- kompyuterning xotirasi va hokazo.
11. O‘quvchilar, guruhlarda ishlab klaster tuzadilar. Har bir guruh o‘zining variantini namoyish etadi.
12. O‘qituvchi klasterlar bo‘yicha o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va darsga xulosa yasaydi.

Download 22.62 Kb.
  1   2




Download 22.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanida dars ishlanmalarini ishlab chiqish metodikasi. Mashg’ulot maqsadi

Download 22.62 Kb.