• Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi “Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
  • Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi




    Download 151,97 Kb.
    bet2/6
    Sana01.12.2023
    Hajmi151,97 Kb.
    #109218
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan ta

    Rolli o‘yin” metodi - ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir.
    Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar.
    Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni yechish bo‘yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
    “Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar
    haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Chunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan.

    Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi
    Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.

    2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

    3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.

    4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.

    5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi.

    Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.


    Download 151,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 151,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi

    Download 151,97 Kb.