Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi.
Reja:
tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi;
“Rolli o‘yin” metodidan foydalanish;
Zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishiga rasmiyatchilik nuqtai nazardan voz kechish maqsadga muvofiqir. Zero, tayyor ssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy subyektlari bo‘lgan talabalar faol ishtirokchi, tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadi. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:
talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga
nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
talabalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlikqobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning
shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida “soxta obro‘” orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi
Ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
tadbir mavzusi va g‘oyasini talabalar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga ko‘ra belgilash;
tadbir ssenariysini ishlab chiqishda talabalarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart -sharoitlarni yaratish;
-tadbir mazmunida o‘z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki talabalarning layoqati, qobiliyati, shuningdek,
qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish ;
tadbirning tashkil etilishi va o‘tkazilishida o‘qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo‘lmay, aksincha, talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning faoliyatini yo‘naltirib turish hamda zarur o‘rinlarda
maslahat berish sifatida aks etishiga erishish; - tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh talabalarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish
Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning talabalarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega.
Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv mohiyati talabalar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va rag‘batning mavjudligi;
- talabalarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish
borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari;
tadbir g‘oyasining talabalar ichki ehtiyojlariga mos kelishi.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:
tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
tadbir maqsadi va vazifalarini belgilash;
tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
tadbir shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash;
tarbiyaviy tadbir ssenariysini ishlab chiqish;
talabalar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy ( ularni bu shaqida xabardor qilmasdan) baholash;
loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;
tadbirni tashkil etish jarayoni;
tadbirning o‘tkazilish holati (samarali, samarasiz, muvaffa qiyatli, muvaffaqiyatsiz kechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish
“
|