|
Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
|
bet | 4/6 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 51,79 Kb. | | #108635 |
Bog'liq mavzu innovatsion faoliyatni moliyalashtirish reja-fayllar.org7.2. Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
tartibi
AQSHda moliyaviy resurslar ham federal va munitsipal byudjetlar orqali davlatdan (1998 yilda 49%) va ham xususiy firmalar va tashkilotlardan (o‘sha 1998 yilda 46,7% ni tashkil qilgan ) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy- hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5%dan ko‘proq ishtirok etganlar AQSHda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlar tizimi uchun keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi xosdir.
Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog‘liqni saqlash) va ham sohaviy yo‘nalishlar (agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadilar. Masalan, agronomik sanoatda ITTKI ning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i davlat assignovatsiyalarida bo‘ladilar. YAngi konstruksion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35% ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Evropa mamlakatlar xuddi shunday tartibda ko‘p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o‘smoqda. ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni vositali qo‘llab-quvvatlashning ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari va ham samarali usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan chiqarishlar) biriktiriladi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bunday turi Fransiya, Avstriya, SHvetsiya va h.k.da keng qo‘llaniladi. Xuddi davlatning qo‘lida moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rag‘batiga aylanadi.
YAponiyada ITTKIni moliyalashtirish manbalarining asosiy qismini xususiy kompaniyalar tashkil qiladilar. (1998 yilda 80%gacha). Bu erda davlat xarajatlarining ulushi AQSH va evropa mamlakatlariga qaraganda ancha past, buning ustiga xususiy kompaniyalar va davlatning harakatlarini YAponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (SSV) tomonidavn belgilab berilgan umummilliy ustuvorlik bo‘yicha maxsus fondlar va dasturiy tadqiqotlar shaklida birlashtirilishi katta ahamiyatga ega. Ustuvor ilmiy yo‘nalishlardagi investitsiyalarni o‘sish sur’atlari bo‘yicha YAponiya jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Bunday tashqari, YAponiyada xususiy firmalarga ilmiy laboratoriyalar va tajriba korxonalarining uskunalari, hamda davlat muassasalari, universitetlarining tadqiqotlari natijalarini, shu jumladan ilmiy-texnik axborotlarni topshirish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Buning ustiga eng yangi texnologiyalar bazasida yangi mahsulotni ishlab chiqaruvchi xususiy firmalarga asosiy innovatsiyalarni ishlab chiqarishda 3 yildan 5 yilgacha katta (50%gacha) soliq imtiyozlari beriladi. YAponiyada amortizayion ajratlamalar me’yorlarini tabaqalashtirish keng qo‘llaniladi.
Xatarli moliyalashtirish nafaqat an’anaviy xo‘jalik yuritish doiralarini ikki tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi. Innovatsion biznes ITTKIga xususiy investitsiyalar tizimiga katta o‘zgarishlar kiritadi. Masalan, agar 1980 yillarning boshida xususiy jamg‘armalar, shaxsiy xorijiy kiritmalar va sanoat korporatsiyalari asosiy samaradorlar bo‘lgan bo‘lsalar, 1980 yilni oxirida u quyidagi ko‘rinishni olgan:
Nafaqa fondlariga xususiy xatarli sarmoyalar barcha kiritmalarining 47%;
Xususiy jamg‘armalarga -125%;
Xorijiy kiritmalarga -10%;
Yirik korporatsiyalarga – 10%;
Sug‘urta kompaniyalariga – 13%;
Davlat va xayr – ehson fondlariga – 7% to‘g‘ri keladi.
Bunda xatarli moliyalashtirishning umumiy fondi 1980 yillar ichida AQSHda 14 marta ko‘paygan. 1990 yillar arafasidayoq bu mamlakatda investitsiyalarning foydaliligini pasayishida innovatsion sarmoyalarning ba’zi bir ortiqchaligi kuzatilgan.
Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag‘larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tubdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo‘lishi imkoniga yo‘l qo‘yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo‘yicha foizlarni to‘lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aksiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aksiyalar bilan berilgan bo‘lsa, aksiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo‘ladi. Ko‘pincha venchurli sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo‘ladi. Xuddi kapital kiritmalarga yuqori, ko‘picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g‘oyata o‘ziga jalb qiluvchi tadbir qiladi.
Venchurli biznesning Venchurli biznesning samaradorligini oshirish uchun keyingi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda xatarli investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi sodir bo‘lmoqda va qenchurli kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi o‘zgarmoqda. Masalan, investitsiyalarning innovatsion yo‘naltirilishi firmani ko‘p sohali va sohalararo yo‘nalishga g‘ayratlantiradi. Bunda yangi bozor uyachalarini, qo‘shni ishlab chiqarishlarni vujudga kelishi mumkin, ishlab chiqarilayotgan texnologiya samaraliroq bo‘ladi, amalda investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi va innovatsion yo‘naltirilganliginamoyish qiluvchi kichik innovatsion firmalar yirik firmadan kurtak ochib chiqadilar. Masalan, agar 1970 yillarning boshida General electric firmasida faqat 10 mustaqil innovatsion yo‘nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo‘lsa, 1980 yillarning oxiriga kelib bosh kompaniya qoshida endi 200 tashqi venchurli ilmiy bo‘linmalar mavjud bo‘lgan. General Motors, xerox, IBM va h.k. kabi sanoat ggantlari qoshida ham venchurli sarmoyalar firmalari keng rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan. An’anaviy bo‘lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda. Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsorsium bilan tugallanib, aralash xususiy–davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir tomondan o‘zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko‘p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. YAngi korxonani tashkil qilishda besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o‘n marta ko‘payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi.
Eng yangi ko‘p ilm iste’mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli yo‘q tijorat xavfiga duchor bo‘ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik loyihalarning o‘ndan bir qismi etarlicha rentabelli bo‘ladi. Venchurli fond, shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o‘zining innovatsion sherigini ehtiyot qilgan holda, bu xatarni o‘ziga qabul qiladi.
Innovatsion fondlar ko‘psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang‘ich bosqichida mahkam bog‘langan o‘ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar.
Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o‘ziga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g‘oyalarni o‘zlari qidiradilar, eng foydali, o‘zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo‘jalik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar.
Eng istiqbolli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko‘ra, byurokratik himoya va ko‘p bosqichli bo‘ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang‘ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.
YAponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu mamlakatning hukumati an’anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta mablag‘lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. U milliy bozor ITICHning ustuvor yo‘nalishlarini himoyalash bo‘yicha proteksion (himoya qiluvchi) choralarini qo‘llaydi. Faqat milliy yapon fani va iqtisodiyoti rivojlanishining uzoq muddatli bashorati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asos bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilan ustuvorliklarning majmuasi o‘zgaradi, ammo prinsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tamoyili qoladi.
YAponiyassSV eng yirik milliy dasturlar (kosmik tadqiqotlar, biotexnologiya va genetika, ekologiya, Tinch okeanining tadqiqoti, energiyaning eng yangi noan’anaviy manbalari va h.k.) va amalga oshirishni bajaradi. Ilmiy-texnik siyosat davlatning butun iqtisodiy strategiyasining o‘zagi bo‘ladi. YAponiyada 1990 yillarning boshida ITTKI ustuvor yo‘nalishlariga davlat xarajatlari YAIMning 3,5% yaqini tashkil qiladi.
Davlat xususiy samoyalarga nisbatan o‘zining innovatsion siyosatini faol amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishi belgilangandan keyinssSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi. Bunda vazirlik loyiha, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi.
Dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarni ishtirochi –korporatsiyalar amalga oshiridilar. Davlat sotish bozorlarni kafolatlamaydi. Xususiy sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki mahsulotning an’anaviy yuqori sifati va narxlarning etarlicha past darajasini saqlab qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi.
Davlat har xil to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni zamonaviy innovatsion strategiyaning o‘zaniga yo‘naltiradi. Masalan, eng yirik davlat moliya institutlaridan biri-YApon taraqqiyot banki ustuvor sohalarni modernizatsiyalash va yangilashga uzoq muddatli qarzlarni taqdim etadi. Bank bu kredit uchun to‘lovni ushbu mijozlardan odatdagi qarzdorlarga nisbatan ancha kam oladi. Buning ustiga muddati YAponiyadagi oddiy kreditlash kabi 10 yil sarmoyalar jahon bozoridag‘3-8 yil. Bundan tashqari, amerikalik, evropalik kompaniyalarga nisbatan yapon firmalarining birlashishga vazmin munosabati va yapon sarmoyalarining kamtarona ko‘lailari YAponiyada innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirishning xususiyatlarini asoslab beruvchi muhim omillardan bo‘ladi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalari- texnik ishlab chiqarishning eng istiqbolli shakllaridan biridir. Bir necha kompaniyalar tomonidan ulushli asosda tashkil qilingan bo‘lib, ular nafaqat ko‘p sarmoya iste’mol qiluvchi ilmiy-texnik loyihalarni, balki yuqori investitsion xatarning ular bilan bog‘liq innovatsion yo‘naltirilganlikni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi. Ko‘p ilm iste’mol qiluvchi va yuqori texnologik mahsulotni ishlab chiqarish uchun moliyaviy xatarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash imkoniyati katta ahamiyatga ega. ITTKI natijalari butunlay aniq bo‘ladilar, ammo ko‘pincha ularni litsenziyalash va patentlashtirishning imkoni yo‘q, bu YAponiyada bundan keyingi ishlab chiqarishlarda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchi tadqiqot qilish assotsiatsiyalari YAponiyada 1960 yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsalar ham, ular asosan amaliy imitatsion tadqiqotlar bilan shug‘ullanganlar. Ularni o‘sishiga yapon va xorijiy texnologiyalar va korxonalar va nou-xaular tomonidan keskin raqobat, hamda katta xususiy investitsiyalarni safarbar qilishga rag‘batlarni etishmasligi xalaqit bergan. 1970 yillarda assotsiatsiyalarning soni, ayniqsa eHM ni ishlab chiqarish sohasi, mashinasozlik va asbobsozlik, aloqa va telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarish sohasida tez rivojlangan.
YAponiya hukumati 1970 yillarda tadqiqot qilish tizimini vujudga kelishi va rivojlanishida ijobiy rol o‘ynagan.
Davlat ilmiy-texnik rivojlanishning asosi sifatida davlat byudjetida subsidiya oluvchi ustuvor ITTKIni tanlab, ularga firmalari tomonidan shartnoma asosida tashkil qilinadigan aralash davlat- xususiy moliyalashtirish tamoyilida tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalarni qo‘shgan. Aga 1970 yillarning oxirida YAponiyada 20 bunday assotsiatsiyalar tashkil qilingan bo‘lsa, ulardan 7 tasi davlatning faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda shartnoma asosida jalb qilinganlar, 1980 yillarda esa yana 26 tasi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalaridagi innovatsiyalarni tashkil qilish va moliyalashtirishning aniq mexanizmlari, shubhasiz o‘zgarganlar. Masalan, hozirgi vaqtda assotsiatsiyalarning ikki turi faoliyat yuritmoqda: harakatlar va resurslarni belgilangan loyiha ostida birlashtiruvchi, ammo mustaqil ilmiy va moliyaviy bo‘linmalarga ega bo‘lganlar va ishtirokchi firmalar doiralarida va moliyalashtirining belgilangan hajmida umumiy ilmiy-texnik bo‘linmani tashkil qiluvchi, ikkinich turdagi assotsiatsiyalar. Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi.
YAponiya sanoat kompaniyalarida innovatsion faoliyat ichki korporativ bo‘linmalarda loyihaviy vaqtincha guruhlar shaklida va ichki venchurlar ko‘rinishida to‘liqroq amalga oshiriladi. Ko‘pincha ichki venchurli bo‘linmalar korporatsiyaning mavjud bo‘lgan bo‘linmalar bazasida tashkil qilinadilar. Ichki venchurli vazifalarning yig‘indisi va mustaqillikning darajasi bo‘yicha vazifasi bo‘linmalar-kompaniyaning mahsulotli bo‘linmalariga o‘xshashlar. Ammo agar keyingilar mavjud ishlab chiqarishlarning joriy rentabelligini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgarlikka ega bo‘lsalar, ichki venchurning mustaqilroq tashkilotlari loyihani ishlab chiqish davrida foyda olinishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar va korporatsiya tomonidan yangi ishlab chiqarishni rentabelligiga erishgunga qadar subsidiyalarni to‘liq oladilar.
Agar vaqtinchali loyihaviy guruhlar asosan yangilik kiritishlarning operativ ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsalar, ichki venchurlardan mavjud ishlab chiqarish va moliya bozorilariga kiritilmaydigan prinsipial yangilik kiritishlar va innovatsion loyihalar ishlab chiqarishlar va tijoratlashtirish uchun foydalaniladi.
Vaqtinchalik loyihaviy guruhlar sotish faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanmaydilar va ishlab chiqarish quvvatlariga ega emaslar. Ichki venchurlar butun innovatsion davra: ishlab chiqish, tatbiq etish, ishlab chiqarish, marketing, sotish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Ko‘pincha bir necha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amlag oshirgandan keyin ichki venchuryuridik shaxs mavqeini oladi va qiz fimasi bo‘lib qoladi. Ham kichik innovatsion biznesning afzalliklari, va ham u qiz firmasi bo‘lib qolgan holda ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik xatarlarining kerakli barqarorlashuvi va har tomonlama rivojlanishi xuddi ichki venchurga xosdir. Kichik innovatsion firmalar va venchurli bo‘linmalarda faoliyatning muvaffaqiyati butun xodimlarning harakatiga bog‘liqdir. AQSHda, firma ichidagi venchurlar, tashqi venchurlarga nisbatan ancha kam mustaqillikka ega bo‘lgan holda korporatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashlari, korporatsiyalar resurslarini, ilmiy-texnik axborotlar va nou-xaularni, bozor haqidagi axborotlarni keng olish, marketing va sotishning korporativ tizimidan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanadilar.
|
| |