Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish




Download 51,79 Kb.
bet5/6
Sana30.11.2023
Hajmi51,79 Kb.
#108635
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu innovatsion faoliyatni moliyalashtirish reja-fayllar.org

7.3. Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish

Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va mintaqalar uchun ayniqsa dolzarbdir.


Hozirga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq investitsion loyhalar katta ommaviylikka ega bo‘lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning infratuzilmasini va qayta ishlab chiqaruvchi sohalari bilan bog‘liq va ham ilmiy-texnik yangiliklar va ilg‘or texnologiyalarga qaratilgan sanoat ob’ektlarining ko‘pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo‘nalish yuqori texnologik, ko‘p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli tajribasida paydo bo‘lgan.
Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. SHunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng katta qiziqishni uyg‘otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki, innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. SHubhasiz, innovatsion jarayonlar bu erda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik “sof fan” va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida vositachi bo‘ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini ta’minlashi mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi- inovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari mumkin. O‘zbekistonda innovatsion biznesni rivojlanishi uchun dastlabki sharoitlar yaratilgan.
Agar venchurli sarmoyalardan ilmiy faoliyatni uning har qanday bosqichida moliyalashtirishni tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lsa, unda loyihaviy moliyalashtirishning tashkilotchisi bunday xatarga bora olmaydi. SHuning uchun loyihaviy moliyalashtirish holida bozor sharoitida loyihani amalga oshirishdan pul mablag‘larining oqimi kreditni qaytarishning yagona manbai bo‘ladi. Innovatsion va venchurli biznes va loyihaviy moliyalashtirish o‘rtasidagi katta farq shundan iboratki, loyihaviy moliyalashtirish tijorat talabi shakllantirib bo‘lingan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko‘pincha moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘ladi. SHunga qaramay har xil mamlakatlarda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQSHda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi ta’sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi.
Evropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo‘llab-quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta’sischilar va ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan kelishib olish, loyihani etarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga oshirilishi va yuqori foydalanish ta’riflarida iborat. Loyiha va hukumat muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish ob’ektini atroflicha bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib chiqaruvchi sohalar va energetika, neft- gaz xomashyoni qayta ishlash, energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan turlari, qurilish materiallarining ba’zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy mahsulotlarni kiritish mumkin. SHu jumladan, “sof” loyihaviy moliyalashtirish na moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab qiladi va xatarning har xil turlarining ma’qul darajasiga asoslangan.
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni to‘lashning ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi sohalarning ko‘p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni keltirish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari “sof” sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar bo‘lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qiladigan ob’ektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o‘zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to‘lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan pul oqimlari qarzni to‘lashning manbai bo‘luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni ikkinchi turi deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag‘lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo‘lib xizmat qiladilar.
Korxonaning o‘zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy moliyalashtirishning to‘rtinchi turi bo‘ladi1.
Innovatsion loyihalar o‘z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo‘llanilayotgan tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o‘aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud. YAngi sanoat ob’ektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko‘pchiligi uchunligiga qaraganda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib, shunday afzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq kichik moliyaviy yo‘qotishlarda to‘xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili o‘ziga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvat emasligicha ancha ko‘p duch kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyasiyalash g‘oyatda murakkabdir. SHunday hollarda ma’lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, “Mitsubisi”, Appel va ko‘pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Innovatsion loyihani tanlashning eng muhim mezonlari 2-rasmda berilgan.
SHubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. SHuning uchun loyihaviy xatarlarni kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa, belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli tuman loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni etarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi kerak.
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadigan ustuvor yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori bilan ta’riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori me’yori bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur’atlarini bashoratlash osonroq. SHunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, etarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga ta’sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga, balki inovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Echimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning o‘z guruhi ustun kelishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko‘pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar.
Ta’kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik echimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beruvchi usullar va yo‘llarning yig‘indisi asosida amalga oshiriladi.


Download 51,79 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 51,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish

Download 51,79 Kb.