|
Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalari Reja
|
Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 21,47 Kb. | | #150431 |
Bog'liq 1. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash Novatsiya va innovatsiyala-fayllar.org
1. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash Novatsiya va innovatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar. Ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillari
Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalari
Reja:
1.Ta’lim tizimini modernizatsiyalash
2.Novatsiya va innovatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar.
3.Ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini
modernizatsiyalash, texnologiya, pedagogik texnologiya,
texnologiyalashtirish, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, tarbiya jarayonini
texnologiyalashtirish, innovatsiya, novatsiya, innovatsion ta’lim
texnologiyalari, innovatsion jarayon, ta’limiy innovatsion jarayon, ta’limiy
innovatsion jarayon bosqichlari.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalash
Ta ’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor y o ‘nalishlari. Ta’lim
sifatini ta’minlash - bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajsi bilan
birga o‘quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat
mezonlariga javob berishida ko‘rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik
va me’yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika
va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta
qurish misolida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan ko‘rsatma va tamoyillar
ko‘rinishida o‘z aksini topgan. Ta’lim jarayonini loyihalash - pedagogik faoliyat ko‘rinishi bo‘lib, u ta’lim
jarayonining texnologik tuzilma hama o‘qitish natijasini kafolatlovchi metod
va vositalar yig‘indisiga egaligi bilan tavsiflanadi
Loyihalash mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi.
Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta’lim
jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi. Ular:
1) ta’lim jarayonining loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy
qismlar (texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik
muhit)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi;
2) ta’limning texnologik vositalari talabalarning individual
xususiyatlariga bog‘liq holda tanlanadi;
3) loyihalash strategiyalari o‘qituvchining individual uslubiga
muvofiq tanlanadi;
4) loyihalash sifati teskari aloqa (o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi)
ko‘lami, loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga
bog‘liq
Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini loyihalash ikki darajada:
a) o‘qituvchi faoliyati darajasida (ta’lim jarayonining alohida
qismlarini loyihalash);
b) ta’lim menedjeri faoliyati darajasida (ta’lim jarayonini yaxlit
loyihalash) amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki
ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash
qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab
chiqishga, pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llashga zamin tayyorlaydi.
Mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda talabalar
faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi.
Ta’lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va
talaba faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini
talabalarning ijtimoiy tajriba asoslarini o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilgan
o‘quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni
umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli
yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim mazmunini tashkil
etuvchi har bir unsur (element) sub’ekt faoliyatining turlaridan biriga
muvofiq kelishi kerak. Sub’ekt faoliyatining turlari, o‘z navbatida, aniq
modellar yig‘indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali
ifodalanishi zarur.
Talabalar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo‘lib,
talabaning yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi.
Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga
oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish,
ularni talabalar tomonidan o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash
(texnologik operatsiyalar), o‘quv faoliyatini boshqarish usullari (o‘qituvchi
faoliyati)ni asoslash.
2. Refleksivlik tamoyili sub’ektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va
bilimiga baho berishi, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi
hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash
jarayonida o‘qituvchiga doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal
sharoitlari, talabalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni to‘ldirishimkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali
tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq.
Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim
jarayoni ishtirokchisi - sub’ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil
qilish asosida uzluksiz tuzatib, to‘ldirib borishni talab etadi.
3. Natijaviylik tamoyili pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt
va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi.
Natijaviylik- ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik
operatsiyalar, ularni o‘zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o‘quv
faoliyatining muvofiqligi, ta’lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda
sub’ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga
erishishni nazarda tutishi lozim.
4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va
sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o‘qituvchi va
talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari
atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv
muassasasining o‘quv-moddiy bazasi, o‘qituvchilarning kasbiy malaka
darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy-psixologik
muhit, talabalarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati,
jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim jarayonini
loyihalashda o‘qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
5. Talaba shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola
maktab ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lami
(o‘z-o‘ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat
ko‘nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi.
Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda
ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni
talabalar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur.
Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va
uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq
psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (psixopedagogik tashxis xulosasi)
asosida amalga oshiriladi.
6. Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili.
Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, talabalarningyosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish
imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, talabalar
tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi
bilan izohlanadi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi loyihachi va bajaruvchi
sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi. Loyihalashda
talabani o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli,
o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash
zarur.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra
pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya
jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Barkamol shaxsni
shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof
etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, ta’lim va tarbiya jarayonini
tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur
jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan
biri sanaladi.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish - aniq maqsad va
ijtimoiy g‘oyaga asoslanib, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliytexnik jihatdan uyushtirilishi
Ta’lim jarayonidan farqli tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda
bu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati
yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talaba va o‘qituvchi
o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni
texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish
zarurligini taqozo etadi.
Zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishiga
rasmiyatchilik nuqtai nazardan voz kechish maqsadga muvofiqir. Zero,
tayyor ssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning
asosiy sub’ektlari bo‘lgan talabalar faol ishtirokchi, tadbir natijasinibelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadi. Bu
holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:
1) talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy
munosabat shakllanadi;
2) talabalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi
uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3) talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida
kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki
sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida “soxta obro‘” orttirishi uchun
xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun
roit yuzaga keladi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni
tashkil etishga texnologik yondashuv quyidagi holatlarda namoyon
- iaduir mavzusi va g‘oyasini talabalar tomonidan bildirilgan shaxsiy
tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga ko‘ra belgilash;
- tadbir ssenariysini ishlab chiqishda talabalarning mustaqil faoliyat
yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- tadbir mazmunida o‘z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas,
balki talabalarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga
olish asosida taqsimlanishiga erishish;
- tadbirning tashkil etilishi va o‘tkazilishida o‘qituvchining roli buyruq
berishdan iborat bo‘lmay, aksincha, talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish,
ularning faoliyatini yo‘naltirib turish hamda zarur o‘rinlarda maslahat berish
sifatida aks etishiga erishish;
- tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh talabalarining faol
"htirokiga tayangan holda muhokama qilish
Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbehlarning
berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarning talabalarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf
etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini
olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega.
Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga
texnologik yondashuv mohiyati talabalar mustaqilligini ta’minlashda
quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va
nazariy asoslari.
Innovatsiya - muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga
qaratilgan faoliyat.
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima
qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.
“Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl.
“innovationas” - kiritilgan yangilik, ixtiro) - 1) texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflanganmablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan
texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi
yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida
qo^lanishi”
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq
ravishda muayyan ijtimoiy birlik - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga
nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar
turg‘un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda
anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga
nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib
chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa,
turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos
innovator faoliyatni tashkil etadi. Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z
tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning
ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu
jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka
bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga
bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi
innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini
o‘rgangan.
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” - yangilik kiritish, ixtiro) -
ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar
tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga
oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan
Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar
innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari debTa’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida
mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida
qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl,
metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi.
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da
qo‘llanilgan. Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning
asosiy ko‘rinishlari sanaladi: yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda
sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish
maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi
shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan
mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”,
“innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida
so‘z yuritiladi
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib,
faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o ‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya
(yangilanish) deb yuritiladi
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga
oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan
o ‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda
“innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan
farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I.
Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi
nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan
yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda
jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib,
o‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini
samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Darhaqiqat, yangilik - vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi
metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar
mavjud. Ular quyidagilardirNovatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar
Asosiy farqlar
Novatsiya Innovatsiya
1) amaldagi nazariya doirasida
qo‘llaniladi;
2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha
chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni
takomillashtiradi
1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
I.P.Podlasiyning fikriga ko‘ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi
o‘zgarishlarga olib keladi:
- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
- talaba (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi
Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati
Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga xos
muhim jihatlardan biri - pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb
etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog
faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan
asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan,
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz,
A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin
kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat,
pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni
asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar
hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilishOliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda
o‘ziga xos yondashuvlar kuzatiladi. Ular:
1. Gnostik-dinamik yondashuv (unga ko‘ra pedagoglar
pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tatbiq
etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg‘or pedagogik (ta’limiy)
innovatsiyalar va ularni o‘rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga
olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko‘nikma,
malakalarni izchil o‘zlashtiradilar, o‘z faoliyatlarida pedagogik
innovatsiyalarni faol qo‘llash borasidagi tajribalarni o‘zlashtiradilar).
2. Individual faoliyatli yondashuv (bunda pedagoglar
o‘zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan
hola amaliyo faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashda muayyan
izchillikka erishadilar).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxo‘jaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. O‘quv qo‘llanma.-T.: 2006, 159 bet.
2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik
maxorat. - T.: Cho‘lpon, 2005.
3. Avlaev O.U. Muammoli ta’limning psixologik asosi : pedagog
va psixologlar uchun qo‘llanma .
http://fayllar.org
|
| |