|
Iqtisodiyotning innovatsion salohiyat indeksi
|
bet | 3/4 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 31,86 Kb. | | #111119 |
Bog'liq innovatsiya.Qayumov and RavshanovIqtisodiyotning innovatsion salohiyat indeksi (National Innovative Capacity Index, NICI) — milliy iqtisodiy va siyosiy salohiyatning koʻrsatkichi boʻlib, u tijoriy ahamiyatga ega innovatsiyalar oqimini ishlab chiqarish qobiliyatini aniqlaydi. Birinchi marta 2001-yilda Jahon iqtisodiy forumida nashr etilgan. Rossiya 2002-yilda ushbu koʻrsatkich boʻyicha dunyo mamlakatlari orasida 34-oʻrinni egallagan. Oltita asosiy koʻrsatkichga asoslanadi :
Amerika Patent idorasida roʻyxatga olingan 10 000 aholiga toʻgʻri keladigan patentlar soni;
Tadqiqot va ishlanmalarda ishtirok etayotgan olimlar va muhandislar soni;
Innovatsion siyosat sifati — intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, soliq imtiyozlari va xususiy sektorda ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar uchun davlat subsidiyalari, raqobatni tartibga solish;
Innovatsion klasterlarni shakllantirish shartlari — klasterlarni rivojlantirish holati va teranligi, mahalliy raqobat darajasi, mahalliy isteʼmolchilarning sifati;
Innovatsion infratuzilmaning sifati — ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va texnik xodimlarni tayyorlash tizimining mavjudligi, texnik jihatdan murakkab loyihalarni amalga oshirish uchun venchur kapitalning mavjudligi;
Kompaniyalarning innovatsion faoliyatga yoʻnaltirilganligi — yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarning raqobatbardoshligi omili sifatida, yangi mahsulot marketingining rivojlanish koʻlami va darajasi, innovatsiyalarning samaradorlikka taʼsiri.
Kreativ iqtisodiyot kelajak avlodimiz iqtisodiyoti, va u innovatsiyalar, yangi g'oyalar, kreativ mahsulotlarga asoslangan bo'ladi. Bunda texnologiyalarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadiki, Prezidentmizning yoshlarni muhandislikka yo'naltirish lozimligi haqidagi fikrlari bilan chambarchas bog'liq. Murojaatnomada aytilgan «Muhandislik maktablari» kreativ iqtisodiyot yaratishimizga zamin bo'ladi, deb o'ylayman. Turli tarmoqlar qoshida injenerlar tayyorlash maktablarining tashkil etilishi ta'lim bilan ishlab chiqarishni bog'laydi. Ta'lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasiga katta qadam bo'ladi. So'nggi yillarda yurtimizda ilm-fanga va innovatsiyalarni moliyalashtirish keskin o'sdi. Prezidentimiz aytganlaridek, joriy yilda ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so'm yo'naltirildi. Bu 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko'p, degani. Olimlarning ish haqi ham 4,5 barobarga oshirildi. Mana endi 2023 yilda ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so'm ajratilishi oldimizda turgan yangi marralarga erishimizga xizmat qiladi. Prezidentimiz olimlarimiz tabiiy resurslarni tejashga, tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishga qaratilgan, biotexnologiya, nanotexnologiya, aqlli geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo'nalishlarda aniq natijalar ko'rsatishlari kerak, degan vazifani qo'ydilar. Ilm-fanga kiritilayotgan 1,8 investitsiya mana shu vazifani bajarishga qaratiladi. Bularning barchasi esa faqat sifatli ta'limga bog'liq bo'lib qolmoqda. 2023 yilning «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim» deb nomlanishi innovatsiyalarning inson qadri uchun xizmat qilishiga qaratilishini va ilm-fanga sifatli kadrlar tayyorlashimizni taqozo etadi. Hozirda dunyoning innovatsion drayverlari bu – raqamlashtirish va chuqur ilm-fan. Prezidentimiz Murojaatnomada mana shu ikki sohaga alohida urg'u berdilar. Xususan, suv xo'jaligi va energetika sohalarini raqamlashtirish lozimligiga e'tibor qaratdilar. Joriy yilgi Global innovatsion indeksning tahlillari ham iqtisodiyotni rivojlantirish, ta'bir joiz bo'lsa, «iqtisodiy mo''jiza» yaratish uchun barcha sohalarni raqamlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish zarurligini ko'rsatmoqda.
.
TEST
Innovatsion jarayon bosqichlarini toping ?
bu yangi g‘oya va bilimlar;
bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish
Yangi G’oya va bilim ko’nikmasini jamlash
A va B javoblar to’g’ri.
Prezdentimiz joriy yilda yani 2023 yilda ilm-fan va innovatsiyalarga qancha mablag’ ajratdi.
2.3 trilion
1.7 trilion
1.8 trilion.
1.1 trilion
Qaysi davlat 2002-yilda Iqtisodiyotning innovatsion salohiyat indeksi boʻyicha dunyo mamlakatlari orasida 34-oʻrinni egallagan?
Amerika
Rossiya.
Xitoy
Fransiya
2017-yilda olimlarning ish haqi nechi barobarga oshdi?
3 barobar
3.5 barobar
4 barobar
4.5 barobar.
Yangi konsepsiyani yaratish bu…?
Ixtiro.
Innovatsiya
Tadqiqot
To’g’ri javob yuq
|
| |