|
Mavzu: Innovatsiya turlari Reja: Innovatsion faoliyat turlari va shakllari Innovatsiya tasnifi va uning turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 31,86 Kb. | | #111119 |
Bog'liq innovatsiya.Qayumov and RavshanovInnovatsiya tasnifi va turlari
Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va
texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi. Tadqiqot yoki rivojlanish ishlarini amalga oshirish natijasida innovatsion mahsulot olinadi. (Yangiliklar) va uni iqtisodiyotda kiritish innovatsiyalar (innovatsiyalar) tomonidan tan olinadi. Innovatsiyalarni qayd etilgan mezonlar bo‘yicha tiplarga ajratish firma (korxona) strategiyasini aniqlash, innovatsiya tiplaridan kelib chiqib tovar (xizmatlari) realizatsiya shakllari hamda iqtisodiy mexanizm boshqarish shakllarini ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. Har qanday yangilik, ya‘ni innovatsiya aniq loyihalarda o‘z ifodasini topadi, aniq maqsadlarga qaratiladi hamda chuqur hisob-kitoblar, tahlil va ekspertiza asosida bo‘lajak natijalari istiqboli aniqlanishi. Yangilikka intilish, yaratuvchanlik, kashfiyotlar va ular asosida qo‘lga kiritiladigan ishlanmalar har qanday sohada resurs talab etadi. Innovatsion mahsulot (yangiliklar) innovatsion loyihani amalga oshirish va tajriba namunasi yoki eksperimental namunani yoki eksperimental partiya ishlab chiqaradigan yangi texnologiyalarni (shu jumladan ma'lumotlar) yoki mahsulotni amalga oshirish natijasidir.
Innovatsiyalar yana raqobatdosh texnologiyalar, mahsulotlar yoki xizmatlar,
shuningdek sanoat, ma'muriy, tijorat yoki boshqa xususiyatlarni tashkiliy va texnik echimlari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy soha tuzilishi va sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilovani birinchi marta yangi ilmiy yutuqlar, ya'ni innovatsion ishlab chiqarish, innovatsion faoliyatni boshlaydi. Korxonaning innovatsion faoliyati raqobatdosh ustunliklarni olish va uni ishlab chiqarish rentabelligini oshirish maqsadida innovatsiyalarni yaratish, ulardan foydalanish va tarqatishning to'liq jarayoni hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida korxonaning innovatsion faoliyati korxonaga barqaror bozor pozitsiyalarini egallab olish va tijorat manfaatlarini sohadagi raqobatchilarustidan ustunlik beradigan muhim omil hisoblanadi.Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik g‘oyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.
Innovatsion jarayon bosqichlari:
1-bosqich bu yangi g‘oya va bilimlar;
2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish, ya‘ni innovatsiya;
3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Ya‘ni innovatsion mahsulot, xizmat va
texnologiyalarni yangi makon va sharoitlarda qo‘llanilishi.
Shunday qilib, ―innovatsiya‖ tushunchasi barcha sohalardagi (ishlab
chiqarish, ilmiy tadqiqot va boshqa) ishlanmalar, yangiliklar va takomillashtirilgan
vositalar sifatida, sarf-xarajatlar imkoniyatlarini ta‘minlaydi yoki bo‘lmasa ularni
ta‘minlash uchun sharoit yaratadi.
Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini
kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini ta‘minlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini ko‘paytirishdir. Innovatsiyalar o‘zining predmeti va qo‘llash sohalari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar);
bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki
xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish);
innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish jarayonlari) .
Innovatsion qarorlar
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir. Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Kashfiyot- izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida ba’zan esa tasodifan topilgan yaratilgan ilmiy yangilik. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib kо’rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish. Innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z-o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalar, avvalo uning barqaror o’sishi uchun zarurdir. Yangi texnologiyalarga investitsiyalar raqobatbardosh, yuqori talab bilan iste’mol etiladigan tovarlar ishlab chiqarishga yordam beradi.
Mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiyot subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositalaridan biri – davlat iqtisodiy siyosatining bo’g’inlaridan hisoblanuvchi innovatsiya siyosatidir. Davlat innovatsiya siyosati yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi sur’atlari oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishi o’zgarishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sir o’tkaza oladi.
|
| |