• QOQON 2023 Reja
  • Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 03/20-guruh talabasi




    Download 172.35 Kb.
    bet1/6
    Sana08.04.2023
    Hajmi172.35 Kb.
    #49724
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    qobiljon
    1-фаннинг предмети, 09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб, Kompyuter tizimi va tarmoqlari, Testlar , Kompyuter tarmoqlari

    O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi
    Qo’qon davlat pedogogika instituti


    Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 03/20-guruh talabasi Muqimov Qobiljonning
    Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan

    MAVZU : Kashfiyot –texnik masalalarni yechishning ilmiy asosiy sifatida .Kashfiyot tushunchasi,Kashfiyot turlari ,Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari

    Topshirdi. ________________ Muqimov Qobiljon


    Qabul qildi _________________ Isaqova Zuxraxon

    QOQON 2023

    Reja

    1.Kashfiyot tushunchasi. Kashfiyot turlari.


    2.Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
    3.Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti

    Tayanch iboralar: ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy – texnik, patent axboroti, kashfiyot tushanchasi, kashfiyot qilish xuquqi, meyoriy sifatlar

    KIRISH
    Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon taiablari darajasiga ko'tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko'nikmalarni shakllantirish orqali zamonaviy ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik fazilatlarini shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyati asoslarining puxta egallanishiga erishiladi.
    Ishning asosiy maqsadi bo'lajak o’qituvchilarga umumiy o'rta ta'lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy- metodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishishda talabalar tomonidan quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan:
    - o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish;
    - texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
    - kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha tushunchalarga ega bo'Iish;
    - texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish;
    - texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
    - mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini Ioyihalay olish;
    - texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil Ioyihalay olish;
    - respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'Iish;
    - o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
    - texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
    - to'garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
    - sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg'ulotdarida texnik ijodkorlikni shakllantirishning metodik asoslarini bilish;
    - ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlami tashkil qilish va o'tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.
    Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo'lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo’lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo'llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o'quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek rnuhim pedagogik vazifalarni ham amalga oshiradi.
    Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta'limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bungayaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", “Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlami va Ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida", “Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalami o'zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.


    Download 172.35 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 172.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 03/20-guruh talabasi

    Download 172.35 Kb.