• Ishni bajarish tartibi
  • Nachat registratsiyu
  • Zashita ot avtomaticheskix registratsiy
  • Kerakli texnik vositalar
  • Bxodyashiye , Somnitelniye, Otpravlenniy , Chernoviki , Korzina
  • “Vstavka”
  • Mavzu: Internetda Elektron pochta tizimi Kerakli texnik vositalar




    Download 27.81 Kb.
    Sana15.03.2017
    Hajmi27.81 Kb.

    Mavzu: Internetda Elektron pochta tizimi

    Kerakli texnik vositalar: Pentium-4 shaxsiy kompyuteri.

    Kerakli dasturiy vositalar: Internet Explorer brauzer dasturi.

    Ishning maqsadi: Тalabalarga Internetda elektron pochtada (E-mail) yangi shaxsiy adres ochish va undan foydalanishni o’rgatish.

    Тopshiriq:

    1. Internet Exploler dasturiga kiring.

    2. 3- Laboratoriya ishida berilgan variantlaringizga oid qidiruv serveriga kiring.

    3. O’z shaxsiy elektron adresingizni oching.

    4. Elektron adresingizdagi parolingizni saqlang va doimo yodda tuting.

    5. O’z gruppadoshlaringiz bilan xat yozishing.

    Nazariy qism

    Internet foydalanuvchiga juda ko’p turdagi informatsion xizmatlarni taqdim etadi. Shunday xizmatlardan biri elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron pochta (E-mail) maxsus dastur bo’lib, u yordamida foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo’natishi va qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvhi maxsus pochta yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishi va shaxsiy elektron adresga ega bo’lishi lozim. Elektron adresni provayder beradi. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi amalga oshiriladi.

    Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o’rnatilgan bo’lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko’pgina xizmatlarida qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo’lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.

    Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulangan har bir komputer o’zining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega bo’lishi mumkin bo’lsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi, ya’ni



    Masalan:




    Ishni bajarish tartibi:

    1. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.

    Dastlab Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi, hosil bo’lgan dastur oynasining adreslarni kiritish satriga klaviaturadan foydalanib www.mail.ru yozuvini kiritish kerak bo’ladi. Natijada 1rasmdagidek oyna hosil bo’ladi.

    1 rasm. Mail.ru qidiruv serveri.


    Oynaning Registratsiya v pochte bo’limiga sichqoncha chap tugmachasini bir marta bosgan holda murojaat etsak, quyidagi oyna paydo bo’ladi (2 rasm).

    2 rasm.

    Bu oynadagi Nachat registratsiyu tugmasini bosib, Registratsiya oynasini hosil qilamiz (3- rasm).

    3- rasm


    2. Endi bu oynadagi belgili satrga pochta muallifining nomi (yoki foydalanuvchining elekrton manzili) kiritiladi.

    Navbatdagi belgili satrga yangi pochta uchun parolni kiritamiz va  kiritilgan parolni nomli satrga qayta yozib tasdiqlaymiz.

    Ba’zan kiritilgan parolni unutib qo’yishimiz mumkin. Bunday holatda Registratsiya oynasining


    sahifasidagi maxfiy savoljavoblar bo’limiga murojaat qilish zarur. Buning uchun avval doim esimizda turadigan biror savolni quyidagi

    satrida joylashgan savollar ichidan tanlaymiz, agar maqbul savol mavjud bo’lmasa, u holda quyidagi



    satrdagi yozuv maydoniga o’zimizni qiziqtirgan savolni kiritamiz. Har ikkala holda ham javobni keyingi



    javoblar maydoniga kiritamiz. Shundan keyin o’zimiz haqimizdagi qo’shimcha ma’lumotlarni (ismimiz, familiyamiz, tug’ilgan sanamiz va boshqalar) tegishli bo’limlarga 4rasmdagi singari kiritamiz.



    4  rasm.

    Shunday qilib, biz parolni mabodo unutib qo’ysak, yuqoridagi savollarga javobni aniq topgan holdagina pochtani ochishimiz mumkin. Aks holda elektron pochtani ocha olmaymiz.

    Va nihoyat, joriy oynaning quyi qismidagi Zashita ot avtomaticheskix registratsiy bo’limida tasvirlangan olti xonali qayd etish raqamini klaviatura orqali bo’sh turgan (5-rasm)



    5-rasm.


    to’rtburchakli soha ichiga yozamiz va Zaregistrirovat pochtoviy yashik tugmasini bosib ishni tugallaymiz (6-rasm).

    6-rasm.


    Shunday qilib, agar yangi pochta ochish jarayonida barcha amallar to’g’ri bajarilgan bo’lsa, foydalanuvchining shaxsiy elektron manziliga ega bo’lganligi munosabati bilan administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo’ladi.

    Mavzu: Internetda elektron pochta orqali tasvir, rasm, turli fayllar yuborish


    Kerakli texnik vositalar: Pentium-4 shaxsiy kompyuteri.

    Kerakli dasturiy vositalar: Internet Explorer brauzer dasturi.

    Ishning maqsadi: Тalabalarga Internetda elektron pochta (E-mail) orqali tasvir, rasm, musiqa, otkritka yuborishni o’rgatish.

    Тopshiriq:

    1. Internet Exploler dasturiga kiring.

    2. 3- Laboratoriya ishida berilgan variantlaringizga oid qidiruv serveriga kiring.

    3. O’zbekistonda mavjud gidroyelektrostantsiyalar va ular faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarni ahamiyati to’g’risida ma’lumot izlang, o’z papkangizda saqlang.

    4. Ma’lumotlaringizni www.inf-at@yandex.ru nomli elektron adresga xat orqali jo’nating.

    5. Хatga Internetdan rasm, musiqa biriktiring.

    Nazariy qism

    Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o’rnatilgan bo’lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko’pgina xizmatlarida qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo’lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.

    Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulandan har bir komputer o’zining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega bo’lishi mumkin bo’lsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Elektron pochtaga kirish uchun pochta nomi va parolni kiritamiz. So’ngra Voyti tugmasini bosamiz (1-rasm).


    1-rasm
    Natijada elektron pochtamizning 2-rasmdagi oynasi hosil bo’ladi.


    2-rasm


    Ko’rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bxodyashiye, Somnitelniye, Otpravlenniy, Chernoviki, Korzina kabi bo’limlar mavjud bo’lib, ularning har biri o’z vazifasiga ega. Masalan, Vxodyashiyeda asosan elektron pochtaga kelib tushgan xatlar saqlansa, Otpravlenniy bo’limida esa jo’natilgan xatlar saqlanadi va h.k.

    2. Internetda xat yozish, jo’natish va kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Napisat pismo tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun 3-rasmdagi ko’rinishda oyna hosil bo’ladi:

    3-rasm


    So’ngra ketmaket quyidagilarni bajarish zarur:

    1) Komu maydoniga tegishli (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi.

    2) Xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo’natilishi zarur bo’lganda, Kopiya maydoniga xat nusxalari yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi.

    3) Тema maydonida yozilayotgan xat mavzusi ko’rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.

    4) Keyingi katta darchada yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo’lgandan keyin Otpravit pismo tugmasi bosiladi. Natijada komputerning xat jo’natilganligi haqidagi xabari paydo bo’ladi.

    3. Kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Vhodyashiye tugmasini bosamiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro’yxati hosil bo’ladi (4-rasm).


    4-rasm


    Yangi kelgan xatlar quyuqroq rang bilan alohida ajralib turadi. Agar o’sha xatni o’qimoqchi bo’lsak, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosganimizda, ekranda yangi kelgan xatning matni hosil bo’ladi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo’lsa, xatga javob yo’llashimiz mumkin.

    4. Xatga qo’shib yuboriladigan har qanday ma’lumot qaysi dasturda tayyorlangan bo’lsa, shu dastur formatida jo’natilgani ma’qul. Masalan, hujjatlar Word, Excel yoki Paint dasturlarida tayyorlangan bo’lishi mumkin. Bunda hosil qilingan fayllarning hajmini ham hisobga olish zarur. Agar yuboriladigan axborotlar hajmi juda katta bo’lsa, u holda arxivator dasturlarning birortasi orqali fayl hajmini kichraytirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Shunday qilib, kerakli hujjatni tayyorlangan xatga ilova qilish uchun dastlab vositalar panelidan tugmasini bosish lozim. Hosil bo’lgan “Vstavka” sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni tanlab, oynadagi “Vlojit” buyrug’i ishlatiladi (5-rasm).

    5-rasm


    Natijada ilova qilinayotgan fayl nomi “Prisoyedinit maydonida hosil bo’ladi (6-rasm).

    6-rasm
    Shundan so’ng xat odatdagidek kerakli manzilga jo’natiladi.



    Nazorat savollari:

    1. Elektron pochtani oddiy pochta xizmatidan farqi?

    2. Qanday elektron pochta dasturlari mavjud?

    3. Xatga qo’shimcha ma’lumotlar (rasm, otkritka, tasvir va x.k.) qanday biriktiriladi?

    4. Xatga biriktirilgan qo’shimcha ma’lumotlar qanday o’qiladi?

    5. Bxodyashiye, Somnitelniye, Otpravlenniy, Chernoviki, Korzina elementlarni vazifalarini ko’rsating.



    Download 27.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Mavzu: Internetda Elektron pochta tizimi Kerakli texnik vositalar

    Download 27.81 Kb.