• Bxodyashiye , Somnitelniye, Otpravlenniy , Chernoviki , Korzina
  • Otpravit pismo
  • “Vstavka”
  • Mavzu: Internetda Elektron pochta tizimi Kerakli texnik vositalar




    Download 1,57 Mb.
    bet5/5
    Sana15.03.2017
    Hajmi1,57 Mb.
    #120
    1   2   3   4   5
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Elektron pochtaga kirish uchun pochta nomi va parolni kiritamiz. So’ngra Voyti tugmasini bosamiz (1-rasm).


    1-rasm
    Natijada elektron pochtamizning 2-rasmdagi oynasi hosil bo’ladi.


    2-rasm


    Ko’rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bxodyashiye, Somnitelniye, Otpravlenniy, Chernoviki, Korzina kabi bo’limlar mavjud bo’lib, ularning har biri o’z vazifasiga ega. Masalan, Vxodyashiyeda asosan elektron pochtaga kelib tushgan xatlar saqlansa, Otpravlenniy bo’limida esa jo’natilgan xatlar saqlanadi va h.k.

    2. Internetda xat yozish, jo’natish va kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Napisat pismo tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun 3-rasmdagi ko’rinishda oyna hosil bo’ladi:

    3-rasm


    So’ngra ketmaket quyidagilarni bajarish zarur:

    1) Komu maydoniga tegishli (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi.

    2) Xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo’natilishi zarur bo’lganda, Kopiya maydoniga xat nusxalari yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi.

    3) Тema maydonida yozilayotgan xat mavzusi ko’rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.

    4) Keyingi katta darchada yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo’lgandan keyin Otpravit pismo tugmasi bosiladi. Natijada komputerning xat jo’natilganligi haqidagi xabari paydo bo’ladi.

    3. Kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Vhodyashiye tugmasini bosamiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro’yxati hosil bo’ladi (4-rasm).


    4-rasm


    Yangi kelgan xatlar quyuqroq rang bilan alohida ajralib turadi. Agar o’sha xatni o’qimoqchi bo’lsak, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosganimizda, ekranda yangi kelgan xatning matni hosil bo’ladi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo’lsa, xatga javob yo’llashimiz mumkin.

    4. Xatga qo’shib yuboriladigan har qanday ma’lumot qaysi dasturda tayyorlangan bo’lsa, shu dastur formatida jo’natilgani ma’qul. Masalan, hujjatlar Word, Excel yoki Paint dasturlarida tayyorlangan bo’lishi mumkin. Bunda hosil qilingan fayllarning hajmini ham hisobga olish zarur. Agar yuboriladigan axborotlar hajmi juda katta bo’lsa, u holda arxivator dasturlarning birortasi orqali fayl hajmini kichraytirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Shunday qilib, kerakli hujjatni tayyorlangan xatga ilova qilish uchun dastlab vositalar panelidan tugmasini bosish lozim. Hosil bo’lgan “Vstavka” sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni tanlab, oynadagi “Vlojit” buyrug’i ishlatiladi (5-rasm).

    5-rasm


    Natijada ilova qilinayotgan fayl nomi “Prisoyedinit” maydonida hosil bo’ladi (6-rasm).

    6-rasm
    Shundan so’ng xat odatdagidek kerakli manzilga jo’natiladi.



    Nazorat savollari:

    1. Elektron pochtani oddiy pochta xizmatidan farqi?

    2. Qanday elektron pochta dasturlari mavjud?

    3. Xatga qo’shimcha ma’lumotlar (rasm, otkritka, tasvir va x.k.) qanday biriktiriladi?

    4. Xatga biriktirilgan qo’shimcha ma’lumotlar qanday o’qiladi?

    5. Bxodyashiye, Somnitelniye, Otpravlenniy, Chernoviki, Korzina elementlarni vazifalarini ko’rsating.


    Download 1,57 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Internetda Elektron pochta tizimi Kerakli texnik vositalar

    Download 1,57 Mb.