• Tanlangan menyusiga
  • Malumot menyusi
  • "Tanlangan"
  • Mavzu: Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad




    Download 0,93 Mb.
    bet2/3
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,93 Mb.
    #110237
    1   2   3
    Bog'liq
    11-dars.
    Kompiyuter injinering At-servis-fayllar.org, 9-dars., 13-dars., 4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003, 1509017998 Ички назорат УЗ, BBH SMM 51 SOLIEV, Banklarda buxgalteriya hisobi Omonov A.A. Karaliev T.M. 2014 lotin 588bb, smm-51 Ikmatov Davron, Журнал АГМК 2021
    Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish murpkin.
    Ko'rinish menyusi tarkibiga asosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallar kiradi.
    Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida asosan, o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangilarini qo'shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
    Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko'rsatish yoki ko'rsatmaslik va hokazo) uchun mo'ljallangan.
    Ma'lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.
    Internet Explorer dasturining uskunalar paneli
    Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo'llanilsa, ba'zilari tez-tez qo'llaniladi. Ko'p qo'llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuyidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.

    Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:

    Orqaga
    (Назад)

    bldinga
    (Вперед)

    To'xtatish
    (Остановить)

    Yangilash
    (Обновить)

    Bosh sahifaga
    (Домой)

    Izlash
    (Поиск)

    Tanlangan
    (Избранное)

    Jurnal
    (Журнал)

    Pochta
    (Почта)

    Chop etish
    (Печать)

    Bu amallar odatda Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.
    Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo'lib, oson o'zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog'idagi Web-sahifa ochiladi va zarur bo'lsa, qog'ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo'yiladi.
    Internet tarmog'idagi Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli Web-sahifa adresini yozib, |ENTER]tugmasini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru deb yozib, |ENTER tugmasini bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida rambler.ru Web-sahifasi paydo bo'ladi. Xuddi shunday ketma-ket bir nechta Web-sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi "orqaga" va "oldinga" amallari yordamida ochilgan Web-sahifalar bo'ylab harakatlanish, ya'ni oldingi yoki keyingi ochilgan Web-sahifaga o'tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari

    ekranda asta-sekin ko'rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi "To'xtatish" tugmasini bossangiz, Web-sahifani internetdan qabul qilish to'xtatiladi va ma'Iumotlar oynasida mazkur Web-sahifaning o'qib ulgurilgan qismi qoladi.
    Ma'Iumotlar oynasidagi Web-sahifani qog'ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi "chop etish" tugma'si bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan Web-sahifalarni "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi "tanlangan" tugmasi bosiladi.
    Hosil bo'lgan "Tanlangan" oynasidagi "Qo'shish..." (Добавить...) tugmasi bosilsa, ekranga "Tanlanganlarga qo'shib qo'yish" (Добавление в избранное") lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi "Ok" tugmasi bosilsa, ko'rsatilgan Web-sahifa "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yiladi. Keyinchalik "Tanlangan" papkasiga kirganda, undagi Web-sahifalar ro'yxatida mazkur Web-sahifa nomini ko'rish mumkin. Endi bu Web-sahifani chiqarish uchun uning ro'yxatdagi nomini tanlash kifoya.

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad

    Download 0,93 Mb.