Sahifani bog’lash




Download 209.2 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2024
Hajmi209.2 Kb.
#165225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sahifani bog’lash
shayboniylar davlati, Jismlarning erkin tushishi-hozir.org, 7, 7 ta Indikator malumot (2), gepatit, Mustaqil ishiga qoyiladigan talablar, 1701369478

HTML HUJJATLARNI BIR-BIRIGA BOG'LASH
Havolalar (murojaatlar) tufayli internet hozirgi mavqiyga erishdi. Havolalar yordamida ikki va undan ortiq (cheksiz) web sahaifalarni bir-biriga bo'glashingiz mumkin. Havola rus tilida "silka" deb ataladi. Havolaga bosish orqali siz ikkinchi sahifani ochishingiz mumkin. Havolalar yordamida web sahifangiz uchun menyu tuzishingiz mumkin. Havolalar yordamida foydalanuvchilar sizning web sahifangizda sahifa bo'ylab tom ma'noda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Siz yaratgan web sahifani ko'p qavatli katta binoga, har bir sahifani shu binoning xonalariga taqqoslash mumkin. Bino bo'ylab sayohat qilayotgan "o'quvchi" har bir xonani ko'zdan kechirib chiqadi. Uni bino ichida adashib ketmasligi va kirgan xonalariga qaytib kirmasligi va buni yodda tutishi uchun unga bino xaritasi lozim. Havolalar ana shu "bino xaritasi" vazifasini o'taydi. Xarita aniq va ustalik bilan tuzilgan bo'lsa undan foydalanuvchi siz chizib bergan marshrut bo'yicha harakatlanadi hamda har bir sahifa bilan tanishib chiqadi.
Quyida ba`zi bir HTML hujjatlarni bir-biriga bog'lashda ishlatiladigan atamalarning tasnifini keltiramiz:
Gipermatn hujjat – bu boshqa hujjatlarga o’tish uchun aloqa bog’lovchi (silka)ni o’zida saqlaydigan hujjat. U sichqoncha tugmasini bosish orqali bir hujjatdan ikkinchi hujjatga tezlik bilan o’tishni ta'minlaydi. Bunday aloqalarni zamonaviy mahsulotlar dasturlari fayllarida ko’plab uchratish mumkin. Gipermatnga asos qilib, ko’p maqolalarida boshqasiga havola (silka) qilinadigan entsiklopedik slovarlarni tashkil etish printsipi olingan.
Web–sahifalarga joylashtirish mumkin bo’lgan ko’plab multimedia ob'ektlari mavjud. Zamonaviy gipermatn hujjatlarida matnning o’ziga qo’shimcha qilib ko’pincha har xil grafika, video va audio ob'ektlardan foydalaniladi. Aloqa (silka) sifatida esa, tasvir ishlatiladi.
Giperaloqa (гипeрsilka) – bu maxsus HTML tegi bo’lib, unda parametr sifatida zaruriy hujjat adresi saqlanadi. Giperaloqa aktivlashganda (zamonaviy grafik brauzerlarda bu ish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi) zaruriy Web–serverga HTTP–talab (kerakli hujjat nomi bilan) yuboriladi.

Download 209.2 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 209.2 Kb.