• 2-savol Internet Explorer dasturida Fayl menyusi orqali asosan qanday ishlar amalga oshiriladi Javob
  • 3- savol
  • 4. Yangi mavzu bayoni
  • Qidiruv tizimlari
  • Rambler, Aport, Yahoo
  • Mazmuni Internet Explorer dasturida uskunalar panelini tashkil eting, amaliy ko‘rsating va yozing




    Download 370,67 Kb.
    bet3/4
    Sana17.05.2024
    Hajmi370,67 Kb.
    #239258
    1   2   3   4
    Bog'liq
    7-sinf informatika dars ishlanma

    Mazmuni

    Internet Explorer dasturida uskunalar panelini tashkil eting, amaliy ko‘rsating va yozing



    Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi.

    O’qituvchi guruhlar javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, rag‘bat
    doirachalarini tarqatib,o’tilgan mavzuni yakunlaydi.

    3. Xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Aqliy hujum” savollari orqali xotirani sinash)
    O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab
    qo‘yilgan savollarga javob beradilar.
    1-savol Web-brauzerlarning asosiy vazifalari nimadan iborat?
    javob:


    • Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rish;

    • Web sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);

    • WWWdagi adresi bo‘yicha Web-sahifani chaqirish.


    2-savol Internet Explorer dasturida Fayl menyusi orqali asosan qanday ishlar amalga oshiriladi?
    Javob: Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish, uni o‘z nomi yoki yangi nom bilan yozib qo‘yish, Web-sahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish kabi ishlar amalga oshiriladi

    3- savol Ma’lumotlar oynasidagi Web – sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi qaysi tugma bosiladi?
    Javob:Web – sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi “chop etish” tugmasi bosiladi.

    O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, ularni baholaydi.



    4. Yangi mavzu bayoni

    O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi.

    Internetdan biror soxaning aniq bir yo’nalishida ma’lumot olish uchun shu ma’lumot saqlanayotgan URL-adresni bilish zarur. Lekin, URL-adresda, odatda, faylda saqlanayotgan ma’lumot haqida to’liq yoki umuman axborot bo’lmasligi mumkin. Ya’ni, URL-adres fayldagi ma’lumot mazmunini aks ettirishi shart emas. Shuning uchun, Internetdan kerakli ma’lumotlar qanday olinishi juda dolzarb masaladir.
    Ma’lumki, Internet – bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo Internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Suningdek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog‘idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko‘p qo‘llaniladigan web-sahifalar adreslari maxsus spravochniklarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to‘liq axborot olib bo‘lmaydi. Chunki Internetdagi barcha web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo‘ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o‘zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari, ya’ni Internet tarmog‘idan kerakli axborotni izlab topish uchun hizmat qiluvchi maxsus web-sahifalar ishlab chiqilishi bilan osonlikcha hal etildi.
    Hozirgi kungacha quyidagi kabi o‘nlab qidiruv tizimlari ishlab chiqilgan: www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.google.uz, www.altavista.com.


    Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoo larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog‘ida o‘z adresiga ega. Masalan, yuqoridagi jadvalga ko’ra sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ruvawww.yahoo.com adreslarga ega. Qidiruv tizimi web-brouzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brouzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi.


    Shu o‘rinda o‘quvchilarga dasrlikdagi 7– yoki 8–topshiriqlar amaliy ishlash uchun topshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.


    Download 370,67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 370,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazmuni Internet Explorer dasturida uskunalar panelini tashkil eting, amaliy ko‘rsating va yozing

    Download 370,67 Kb.