• Cho’ntak kompyuteri 2. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari
  • Mavzu. Iqtisodiyotda zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti reja




    Download 1.02 Mb.
    bet6/8
    Sana21.05.2023
    Hajmi1.02 Mb.
    #62855
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    Shaxsiy kompyuter

    IBM rusumiga mos kompyuterlar dеganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham tеxnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to’g’ri kеlishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichiq, amal bajarish tеzligi, masalan PENTIUM-III protsеssori o’rnatilgan kompyuterlarida, hozirgi kunda 750-1000 mеgagеrtsni, xotira hajmi esa, 64-128 mеgabaytni tashkil qiladi. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida kеng tarqalmoqda. Shaxsiy kompyuterlar uchun muhim ko’rsatkich ishlash kafolatidir (kamida uch yil).


    Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elеktr enеrgiyasidan va ichiga o’rnatilgan batarеyalarda ham uzluksiz (batarеyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. Bunda batarеya quvvati enеrgiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi va u batarеya bir nеcha yillarga mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan opеratsion sistеmalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi vеrsiyalarida va boshqa opеratsion sistеmalar boshqaruvida ishlaydi.

    Noutbuk kompyuteri


    Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham turli soha masalalarini yеchishga qodir.

    Cho’ntak kompyuteri





    2. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari

    Hisoblash texnikalarining rivojlanish tarixini 50-yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o’z boshidan o’tkazdi:


    1-avlod - elektron lampalar asosida;
    2-avlod - yarim o’tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida;
    3-avlod - integral mikrosxemalar;
    4-avlod - katta integral sxemalar;
    5-avlod - juda katta integral sxemalar.
    Hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida, balki boshqa sohalarda ham ulardan foydalanishning yangi shakllarini ishlab chiqishni taqoza etadi.
    Kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylanmoqda.
    Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar.
    Uning ko’rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:
    Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.
    Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.
    Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel Pentium, Intel Celeron , AMDA
    Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Operativ xotira hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik kompyuter ko’p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bo’ladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotira tozalanadi.
    Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.
    Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami televizorlarga o’xshash: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.
    Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joy­lanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
    Kompyuter texnikasining qo’shimcha qurilmalari
    Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.



    Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.



    Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.



    Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi.

    Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.
    Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko’rsatishni ta’minlovchi qurilma. Bu qurilmalarga : kompakt disklarni o’quvchi qurilmalar (CD-Rom , CD-RW , DVD-ROM , DVD-RW), mikrofon, kolonkalar, ovoz kartalari kiradi.



    Disketa - ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish uchun va ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan dastlabki magnitli moslama.

    Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga planshetlar, plotterlar, djoystik, web kamera, raqamli fotoapparat, raqamli videokamera, raqamli audio va video qurilmalar, flesh xotira, televizion va radio tyunerlar kabi ko’plab qurilmalarni ulashimiz mumkin.
    Amerikaning “Apple” kompaniyasi 2012-yil 7-mart kuni San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan tadbirda “iPad” (talaffuz qilinishi – aypad, ayped) planshet kompyuterining yangi modelini namoyish qildi. Unga to‘rt yadroli A5X-protsessori hamda kutilganidek yuqori ajrata olish ko‘rsatkichiga ega Retina-displey qo‘yilgan.



    Eng qizig‘i shundaki, ko‘pchilik odamlar “iPad”ning yangi modeliga “iPad 3” yoki “iPad HD” kabi nomlar berilishini taxmin qilayotgan bir paytda, “Apple” o‘z mahsulotining yangi modelini nomlashda hech qanday raqam yoki harflardan foydalanmay, shunchaki “yangi iPad” deb ta’kidladi xolos.



    Lenovo kompaniyasi Nyu-Yorkdagi tadbiriri jarayonida noutbook transfer Lenovo IdeaPad Yoga 11 Windows RT boshqaruvli komputerini namoish qildi. 2012 yil yanvar oyida yaratilgan IdeaPad Yoga 13 modeliga oxshagan bo’lib IdeaPad Yoga 11 sharnirlarga biriktirilgan. Bu unga displeyni 360 gradusra aylantirish imkonini beradi va o’z nabbatida noutbookdan planshetga, “palatka” va “stend” shaklariga o’tishi mumkin





    2011 yili iyul oylarida ikki monitorli noutbuk ishlab chiqarish haqida ilk tasavvur va g’oyalar yuzaga chiqqan edi. Mana 6 oy o’tib, bu tasavvur va g’oyalar reallikka aylandi. V12 Design studiyasi mazkur ikki displeyli noutbukni





    Canova nomi ostida Estari kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

    Download 1.02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Iqtisodiyotda zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti reja

    Download 1.02 Mb.