• 1. KORXONA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA UNING TASNIFLANISHI.
  • Mavzu: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari. Reja: kirish




    Download 34,15 Kb.
    bet2/7
    Sana16.05.2024
    Hajmi34,15 Kb.
    #238359
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini

    Kurs ishining maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

    O`shbu maqsadga erishish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish kuzda tutilmoqda. Bular quyidagilarda o’z aksini topgan:








    Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’liq tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish va ularning ta’rifiga izoh berish;







    Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari samaradorligini tadqiq qilish obyektiv zaruriyat ekanligini asoslab berish;







    Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va aniqlash yo’llarini ko’rsatib berish;







    Korxonalar ishlab chiqarish xarajatlaridan pasaytirishning bir qancha yo’llarini ko’rsatib berish;

    1. KORXONA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA UNING TASNIFLANISHI.


    Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.

    Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.


    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:








    moddiy xarajatlar;







    asosiy fondlar amortizasiyasi;







    mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;







    ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;







    boshqa xarajatlar;

    Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:








    xomashyo va materiallar xarajatlari;







    texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi

    yoqilg’i va energiya;








    xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;







    sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;







    mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;







    boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab

    chiqarish xizmatlari;








    xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;







    tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa

    to’lovlar;








    ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli

    yuzaga keladigan yo’qotishlar;








    tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud

    bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.


    Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.


    Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.


    Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan:








    amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va

    shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;








    xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;







    ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va

    boshqa to’lovlar;








    qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul

    beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati;








    Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;







    korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan

    bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.


    Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.


    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar; korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofatlar; qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar; mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash; yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar. Quydagi 1.1.-jadvalda korxonalarning hisobiga olmaydigan xarajatlari haqida ma’lumot.





    Download 34,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 34,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari. Reja: kirish

    Download 34,15 Kb.