• Komplekslar nomi Mahsulot tannarxining pasayishi
  • Respublika bo’yicha jami 2079,5 20,38
  • yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar




    Download 34,15 Kb.
    bet4/7
    Sana16.05.2024
    Hajmi34,15 Kb.
    #238359
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini

    4.2-jadval.

    2020 yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar


    Komplekslar nomi

    Mahsulot tannarxining pasayishi

    mlrd. so’mda

    foizda

    Geologiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati kompleksi

    1156,3

    21,9

    Mashinosozlik, elektrotexnika va aviasiya sanoati hamda mahsulotlarni standartizasiyalashtirish kompleksi

    156,2

    18,5

    Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi kompleksi

    458,8

    21,3

    Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari kompleksi

    295,1

    20,0

    Ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza kompleksi

    13,1

    20,2

    Respublika bo’yicha jami

    2079,5

    20,38

    Manba:www.stat.uz

    Jadvaldan ko’rinadiki, 2018 yilda respublikamiz bo’yicha mahsulotlar tannarxini 2079,5 mlrd. so’mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan.


    Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlashdagi muhim tadbirlardan yana biri – turli sabablarga ko’ra vujudga kelgan hamda korxonaning sog’lom moliya-xo’jalik faoliyati yuritishiga jiddiy ta’sir ko’rsatib kelayotgan qarzlarini qayta ko’rib chiqish (restrukturizasiya qilish) hisoblanadi. Mazkur tadbir orqali korxonalarning mavjud qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni to’lash imkoniyatlari o’rganiladi. Har bir korxonaning ahamiyati, yaxlit xo’jalik tizimida tutgan o’rni, boshqa korxonalar bilan ishlab chiqarish va xo’jalik aloqalarini hisobga olgan holda mazkur qarzlarni to’lash muddatlarini kechiktirish, ular bo’yicha qo’llanishi mumkin bo’lgan turli sanksiyalarni bekor qilish, zarur hollarda, ushbu qarzlarni umuman ro’yxatdan chiqarish kabi choralar belgilanishi mumkin. Xususan, 2019 yil davomida ham davlat tomonidan real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko’rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so’mdan ortiq mablag’ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.


    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi.



    XULOSA.

    Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga keldik.






    Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi.

    Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasiga quyidagicha tasnifladik:


    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:








    moddiy xarajatlar;







    asosiy fondlar amortizasiyasi;







    mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;







    ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;







    boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda uning faoliyatini to’liq ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.






    Tadqikotlar ko’rsatliki, ishlab chiqarish xarajatlari qo’lami juda keng ekan. Shulardan asosiysi moddiy xarajatlardir. Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi: xomashyo va materiallar xarajatlari; texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya; xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar; sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari; mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar; boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari; xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati; tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar; ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar; tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.







    Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida eng salmoqlisi mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardir. Shu nazariy xulosadan kelib chiqib, mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.






    Tadqiqot davomida korxona potensial resurslari tarkibi ham tashkillashtirildi. Bularga quyidagilar kiradi: mehnat resurslari, moliyaviy resurslar va moddiy-texnika resurslari.







    Bitiruv ishida korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish masalalariga ham ahamiyat berilgan. O`nda korxonada faoliyat ko’rsatayotgan mehnat resurslarining tarkibi va funksiyalari, ular mehnatining samaradorligini oshirish yo’llari ham ko’rsatib o’tilgan.







    Ishda erkin raqobat sharoitida Samarqand shahrida faoliyat ko’rsatilayotgan “Sino OAJ”ning ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanishning hozirgi holati tahlil qilinib quyidagi umumiy xulosalarni chiqarishga asos bo’ldi.







    Download 34,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 34,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar

    Download 34,15 Kb.