ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi




Download 115,12 Kb.
bet11/12
Sana19.06.2024
Hajmi115,12 Kb.
#264297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mustaqil ish 13

ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, Ya’ni, ishchilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (v);
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, oldingi ishlab chiqarish jarayonlarida yaratilgan va ushbu jarayonda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatidan hamda Shu ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatdan iboratdir. Chunki yaratilgan mahsulotning bir qismidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi uchun iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari har qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa yordamchi materiallar o‘rnini to‘ldirib turishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismidan foydalaniladi. YAratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, Ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Zaruriy mahsulot sof mahsulotning muhim qismi bo‘lib, bevosita ishchi va xizmatchilarga tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, Ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi.
Bu qo‘shimcha mahsulot bevosita ishchiga emas, balki tadbirkorlarga va mulkdorlarga hamda davlatga tegishlidir.
Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma bosqichlariga xosdir. Lekin ular o‘rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo‘ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti faqat zaruriy mahsulotni, Ya’ni yashash uchun eng zarur mahsulotni topib eyish bilan band bo‘lgan. Keyinchalik, Ya’ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman mehnat unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, Ya’ni qo‘shimcha mahsulot paydo bo‘lgan va uning to‘planib ayrim kishilar tomonidan o‘zlashtirilishi natijasida xususiy mulk paydo bo‘lgan.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining quldorlik, feodalizm va kapitalizm deb atalmish bosqichlarida qo‘shimcha mahsulotning mavjudligi haqida hech kim munozara qilmaydi. Lekin jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qo‘shimcha mahsulotning ijtimoiy shakli turlicha bo‘ladi. Masalan, quldorlik jamiyatida quldor latifundistlar daromadi, feodal jamiyatida uch ko‘rinishda (barshchina, obrok, pul solig‘i), kapitalizmda esa qo‘shimcha qiymat ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Sobiq sotsialistik jamiyatda ko‘pgina iqtisodchilar zaruriy va qo‘shimcha mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga xos deb tuShunib, ijtimoiy mulk mavjud bo‘lgan davrda u bo‘lmaydi deb keldilar. Ular bu tushunchalarning umumiqtisodiy tushuncha bo‘lib, moddiy asosi saqlanib qolishini va ularning ijtimoiy shakli o‘zgarishini hali tuShunib etmagan edilar. Lekin ular korxonalar olayotgan foyda mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta’lim, fan-madaniyat uchun zarur mablag‘lar qaerdan olinishini, bu mablag‘larning tub manbai nimadan iborat ekanligini tuShuntirib bera olmas edilar. Ushbu nazariy zaruriyat tufayli 1965 yillardan keyingina zaruriy va qo‘shimcha mahsulot iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘lib, iqtisodchilarga tuShuntirila boshlandi. Hozir, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ham bu tushunchalarni rad qiluvchi kishilar topiladi.
Lekin bunday iqtisodchilarga mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda, foiz, dividend daromadlari, davlat soliqlari, er rentasi kabi pul ko‘rinishidagi daromadlarning tub manbai nima, ular milliy mahsulot qaysi qismining taqsimotdagi harakat ko‘rinishi, degan savolga javob bera olmaydilar. Foyda va boshqa turli ko‘rinishdagi daromadlar manbaini bilmaslik nima uchun tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar zarar ko‘radi-yu, uni sotuvchilar foyda ko‘radi degan savollarga ham javob berishda ojizlikka olib keladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tub ildiziga tuShunmasdan, uning yuzaki tomonlarini o‘rganish bilangina cheklanib qolgan ko‘rinadi.
Ularning birdan-bir isbot dalili go‘yo qo‘shimcha mahsulot kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini ko‘rsatish, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasida sinfiy ziddiyatni ko‘rsatish uchun K.Marks tomonidan o‘ylab topilgan narsa emish. Lekin bu kasbdoshlarimiz qo‘shimcha mahsulot to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar «Iqtisodiyot nazariyasi» fani rivojining uzoq tarixiga borib taqalishini, K.Marksdan juda oldingi davrlarda vujudga kelganligini bilishmaydi. Masalan, arab olimi Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» (Ibratli misollar kitobi)da, Ya’ni K.Marksdan 500 yil oldin zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning farqiga borib, ularni ajratib ko‘rsata olgan edi.2
Keyinchalik fiziokratlar maktabining asoschisi F.Kene o‘zining «Iqtisodiy jadval» asarida merkantilistlardan farqli iqtisodiy fanda olg‘a qadam tashlab boylik savdoda yoki tashqi savdoda ko‘paymasligini, u faqat ishlab chiqarishda o‘sib ko‘payishini, boylikning bu ko‘payishi sof mahsulot, ayniqsa qo‘shimcha mahsulot evaziga sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. F.Kene ishlab chiqarilgan mahsulot bilan qilingan harajatlar o‘rtasidagi farqni, Ya’ni qo‘shimcha mahsulotni sof mahsulot deb atagan edi.
Keyinchalik qo‘shimcha mahsulot nazariyasi A.Smit va D.Rikardolar tomonidan ancha batafsil rivojlantirildi. Ular yangi qiymat yollanma ishchilar tomonidan yaratilishini, yollanma ishchining ish vaqti ikkiga bo‘linib, zaruriy ish vaqtida o‘zini va oilasini boqish uchun zarur bo‘lgan qiymat yaratishini, ish kunining qolgan qismi bo‘lgan qo‘shimcha ish vaqtida esa mulk egalari o‘zlashtirib oladigan qo‘shimcha qiymat yaratilishini ko‘rsatib bergan edilar.3
Bu qisqacha chekinishdan ko‘rinib turibdiki, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalari Marksgacha iqtisodiy adabiyotlarda qo‘llanilib, tuShuntirib kelingan ekan. K.Marks bu tushunchalarni kengroq boyitib ko‘rsatdi, lekin unda ham qo‘shimcha mahsulotning faqatgina kapitalizmdagi ijtimoiy shakliga, Ya’ni uning qiymat tomoniga e’tibor berib, qo‘shimcha qiymat deb ataydi va ko‘proq kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida Rossiyada keyingi (2004-2005) yillarda nashr etilgan qator yangi adabiyotlarda, jumladan: V.YA.Ioxin, E.F.Borisov tomonidan yozilgan,


Download 115,12 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 115,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi

Download 115,12 Kb.