|
Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligi Reja: Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
|
bet | 6/12 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 115,12 Kb. | | #264297 |
Bog'liq Mustaqil ish 13Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, Ya’ni mahsulot tauyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tauyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, Ya’ni xom ashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; Shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra bir nechta katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o‘zining iste’moli uchun zarur bo‘lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to‘la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo‘llar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Mehnat jarayoninnig zaruriy shartlari
Ishchi kuchi
Mehnat vositalari
Mehnat predmetlari
|
|
| |