|
moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga
|
bet | 10/12 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 115,12 Kb. | | #264297 |
Bog'liq Mustaqil ish 13moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining YAIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi
Har qanday mahsulot, Shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, Ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, Ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, Ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va Shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun har bir tonnasi 1000 so‘mdan 100 tonna, hammasi bo‘lib 100 ming so‘mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. U Shu paxta tolasidan ip yigiradi, qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 20 ming so‘mni, ish haqi 30 mingni tashkil etsa, 30 ming so‘mlik foyda oladigan bo‘lsa hammasi bo‘lib yaratilgan mahsulotning qiymati 180 ming so‘mni, qo‘shilgan qiymat 80 ming so‘mni tashkil etgan bo‘ladi.
Agar biz 80 ming so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 20 ming so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, Ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak 60 ming so‘mlik qiymat, Ya’ni 30 ming so‘mlik ish haqi va 30 ming so‘mlik foyda Shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma).
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganilganda uni to‘g‘ri tuShunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortiShuvlarga chek qo‘yadi. Bu erda Shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli bo‘lib, Shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda o‘zi qancha qancha qiymatga ega bo‘lsa Shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni borligini ko‘rsatadi.
Har bir korxona yoki ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, Ya’ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Bu yaratilgan tovar va xizmatlar har bir korxona yoki bo‘linma uchun ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi. Lekin bunday korxonalar soni juda ko‘pdir. Masalan, 2004 yil oxirida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar soni 237,5 mingta edi. Agar bunga yirik davlat korxonalari, qo‘shma korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalarini qo‘shsak xo‘jaliklar soni yanada ko‘payadi. YUzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag‘larning harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan individual ishlab chiqaruvchilarning yoki xizmat ko‘rsatuvchilarning faoliyati va ayrim mablag‘lar, mahsulotlarning harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlarning harakati qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi, resurslari va mahsulotlari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, Ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot vujudga keladi.
Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, Ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘idisi mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi. (Milliy mahsulotning shakllari haqida XIV-bobda batafsil to‘xtalamiz).
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning Shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan Shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat buladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, Ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha talab va takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, Ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
|
| |