“IQTISODIYOT NAZARIYaSI”
fanida keltirilgan atamalarning
GLOSSARIYSI
Iqtisodiyot – cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta'minlovchi Iqtisodiy tizim.Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar – ma'lum davrda ma'lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va iste'mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir
Iqtisodiy rivojlanish - ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, Iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish - YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi
Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining pryedmeti – iqtisodiy rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o‘rganishdan iboratdir.
Uslubiyat – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning prinsiplari, yo‘llari, qonun – qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraksiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqyea – hodisalarni e'tibordan chetlashtirib, asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta'siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya'ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is'temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya'ni uning nafli jihatlarining bevosita iste'mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob'ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub'ektlari - mulk ob'ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Iqtisodiy inqiroz — ishlab chiqarish xajmining keskin tushib ketishidir.
Iqtisodiy sikl — ishlab chiqarishning bir Iqtisodiy inkirozidan ikkinchisi boshlanguniga kadar takrorlanib turadigan xarakati.
Turg‘unlik (depressiya) — ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini bildiradi va bu fazada Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart sharoit vujudga kelish nixoyasiga yetadi.
Jonlanish — Iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga utishini xarakterlovchi fazasi.
Yuksalish — Iqtisodiy siklning Iqtisodiyotda tulik bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inkirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va tulovga layokatli talabning kengayib borishini xarakterlovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalaydi.
Agrar inqirozlar — qishlok xo‘jaligida ruy beradigan Iqtisodiy inqirozlar bulib, sikllik xarakterga ega bulmaydi va sanoat sikllariga Karaganda ancha o‘zoq xarakterlanadi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari - Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishga qo‘shimcha Iqtisodiy resurslar jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarish omillarining rivojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Ustuvor ekstensiv Iqtisodiy o‘sish - Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillarning ustuvor o‘rniga ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv Iqtisodiy o‘sish - Iqtisodiy o‘sish intensiv omillarning yuqori o‘rniga egaligini bildiradi.
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o‘zining iste'moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste'molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Bozor Iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta'minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor ob'ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub'ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O‘tish davri – bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi Iqtisodiy munosabatlarga o‘tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari – bozor Iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar – Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‘zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy–Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat - Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan Iqtisodiy miqdorlar yoki Iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - jamiyat extiyojlari bilan mavjud Iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish xajmining o‘zaro mos kelishi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo‘lgan miqdori.
Inflyasion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori.
Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag‘batlantirish – insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida taqdirlashdir.
Ma'naviy rag‘batlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a'zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.
Ilm-ma'rifat salohiyati- ilm-ma'rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati- jamiyatdagi mashina –mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat- tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan va texnikaning muttasil ravishda va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishidir.
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barљaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Emmigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari - Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta'riflari o‘rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To‘lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta'minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o‘z iste'moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport – iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma'lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha Iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
|