|
Mavzu: Jadvallarni o’z ichiga olgan matnli hujjatlarni formatlash Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 82 Kb. | | #156814 |
Bog'liq Jadvallarni o’z ichiga olgan matnli hujjatlarni formatlash Reja: 1.Matnli hujjat muharrirlari 2. Elektron jadval muharrirlar 3. Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash
Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib, uni matn muharriri deb atashadi. U xar xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar xamda risolalar xam tayyorlash mumkin. Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko‘rsang shuni olasan, ya`ni ekranda qanday ko‘rinsa, chop etilganda qog‘ozda xam shundayligicha ko‘rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi. Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega. Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz. Standartnaya – fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat. Formatirovanie – matnni formatlash uchun ishlatiladi. VisualBasic - VisualBasicda Word hujjati bilan biriktirilga dastur yaratishga xizmat qiladi. WordArt – figurali matn yaratish buyruqlari joylashgan tugmachalardan iborat. Avtotekst – hujjatga ko‘p takrorlanadigan matn elementlarini tezda joylash yoki almashtirish. Baza Dannix – hujjat jadvallarida ma‘lumotlar ombori yaratish va u bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Nastroyka Izobrajeniya – grafikali tasvirlar bilan ishlovchi buyruqlarni chaqiruvchi tugmachalar joylashgan. Retsenzirovanie – xabarlar yoki taqrizlar joylash uchun xizmat qiladi. Risovanie – hujjatga grafikali ob‘ektlar joylash uchun xizmat qiladi. Forma – ma‘lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro‘yxat, kiritish maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi. Elementi upravleniya – hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va VisualBasicning boshqa elementlarini joylaydi. Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi. Bitta shablondan ko‘p marta foydalanish mumkin. Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi bo‘limlaridan yoki ―Standartnaya‖ panelidagi tugmachalardan foydalanish mumkin. Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda xam saqlash imkoniga ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun hujjatni saqlash darchasidagi ―Tip fayla‖ ro‘yxat maydonidan kerakli format tanlanishi va ―Soxranit‖ tugmasi bosilishi kerak. Matn protsessorlarining, shu jumladan Word dasturining, muhim xususiyatlaridan biri matnni xar xil formatlash imkoniyati mavjudligidir. Formatlashni uch xil ko‘rinishini farqlashadi.
Belgilarni formatlash – bunda gap asosan shriftni o‘zgartirish xaqida ketadi.
Abzastni formatlash – bunda matndagi aloxida abzastlar maydonlari o‘lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o‘zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi.
Sahifalarni formatlash – bunda sahifa ko‘rinishini va o‘lchamlarini tanlash, xoshiyalar o‘lchamlarini o‘zgartirish nazarda tutiladi. Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o‘lchami va uslubini o‘zgartirish amallarini o‘z ichiga oladi. Buning uchun ―Formatirovanie‖ uskunalar paneli tugmachalaridan xam foydalanish mumkin. Abzastlarni formatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
abzastlarni tekislash;
abzast chegaralarini o‘rnatish;
abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o‘rnatish;
satrlar orasidagi masofani o‘rnatish;
abzastlar orasidagi masofani o‘rnatish;
abzastni sahifada joylashishi nazorati.
Abzastlarni tekislash ―Formatirovanie‖ uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word xamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko‘rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o‘ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo‘ylab ikki tarafga xam tashkil qilish mumkin. Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontalg‘ chizg‘ich yordamida o‘rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limi yordamida xam o‘rnatish mumkin. Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Ya`ni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko‘proq interval bo‘lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o‘zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limidagi ―mejstrochnqy‖ maydonidagi ro‘yxatdan foydalanish mumkin. Xar qanday qog‘ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo‘ladi. Word sahifaning xamma tarafidagi xoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o‘rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo‘limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi. Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki ―Standartnaya‖ uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak. WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin. WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:
Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to‘g‘ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug‘i ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g‘irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin.
Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin.
Konteks menyusi – ―sichqoncha‖ ning o‘ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob‘ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib turadi. “Sichqoncha” – hozirgi zamon komp‘yuterlarining ajralmas qismi bo‘lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo‘ladi. WORD muharriri imkoniyatlari:
Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko‘zdan kechirish;
Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
Formatlash usullaridan foydalanish ;
Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
Blankalarni tayyorlash ;
Jadvallar bilan ishlash;
Zarur holda yordamchi ko‘rsatma berish;
Formulalar yozish;
Imloni tekshirish;
So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;
WINDOWS ilovalari ma‘lumotlaridan foydalanish;
WORD Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo‘lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallar(EJ)ni tayyorlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan. Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuPerCalc, quatPrio va shunga o‘xshash EJli dasturlardan foydalanilgan. Windows muhiti yaratilgandan keyin, ayniqsa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko‘pgina foydalanuvchilar Officening EJli dasturi Microsoft Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Excel 2010da tayyorlangan xar bir xujjat (ma‘lumotli jadval) Windowsda qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xlsx kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excelda odatda bunday fayl ―Ish kitobi‖ (Kniga) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish soxasi bu – Ish kitobi bo‘lib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat bo‘lishi mumkin. Ularni ish varaqlari deb ataladi. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi. Xar bir ish varag‘i List1, List2, ... nomlar bilan atalgan bo‘lib, ular jadvalning pastki qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. Foydalanuvchi bu nomlarni xoxlaganicha o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan yorliqlarni sichqoncha yordamida tezda ikki marta tanlash kerak. Shundan so‘ng yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yo‘li Format tavsiyanomasining List bo‘limidagi Pereimenovat buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bir ish varag‘idan boshqasiga o‘tish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya. Excel EJ varaqlari, butun sonlar bilan tartiblangan 1 048 576 ta qator va lotin alifbosining bosh xarflari A, B, ...,Z, AAA, AAB,...,XFD bilan nomlangan 16384 ta ustundan iborat. Qator va ustun kesishmasida EJning tarkibiy elementi – katak (yacheyka) joylashgan. Kataklarning nomlari yoki boshqcha aytganda manzillari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi. Shuni yodda saqlash kerakki, EJ kataklarining manzillariga murojaat qilinadigan bo‘lsa, ustun nomlari albatta lotin alifbosida kiritilishi kerak. Bunda katta va kichik xarflar farqlanmaydi. Excel EJining boshqa dasturlardan asosiy farqli tomoni, unda formulalar satri deb atalgan satrning mavjuddir. Bu satr uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi shu satrning chap tomonidagi kichkina qismi ismlar maydoni, o‘ng tomonidagi katta qismi formulalar maydoni va o‘rtdagi qismi esa formulalar ustasini ishga tushiruvchi fx belgi tasvirili tugmadan tashkil topgan. Ismlar maydonida jadval ko‘rsatkichi joylashgan katakning manzili yoki nomi ifodalanadi. Bu yerda manzil deganda shu katakning ustun va satr nomlari orqali ifodalanishi tushiniladi. Nom deganda foydalanuvchi tomonidan biror katak yoki kataklar guruxiga, manzilni ifodalamaydigan ixtiyoriy ism qo‘yilishiga aytiladi. Ayrim masalalarni xal qilishda katak yoki kataklar guruxining manzili bilan ishlash noqulay bo‘lib qoladi va shuning uchun ularni tushunarli bo‘lishini tahminlash maqsadida ismlar orqali ifodalaydilar. Manzil o‘rniga nom qo‘yish uchun biror katak yoki kataklar guruxi ajrtilgach, ismlar maydonidagi manzil sichqoncha yordamida tanlanadi va Exceldagi manzillardan farqli ism teriladi, so‘ngra Enter klavishasi bosiladi. Formulalar maydonida katakdagi ma‘lumot yoki formula ifodalanadi. Katakda esa odatda formula yordamida bajarilgan hisob natijasi ifodalanadi. Katak ichidagi ma‘lumot yoki formulalarga formulalar maydonida o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Xar bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Ularning kiritilishi tartibi bilan tanishib chiqamiz. Son – ishorali yoki ishorasiz butun xamda xaqiqiy sonlar. Xaqiqiy sonlar o‘nli kasr ko‘rinishida kiritilib butun va kasr qismlari orasiga ―,‖ (vergul) belgisi qo‘yiladi.
Ba‘zan xaqiqiy sonlar juda katta yoki juda kichik, ya‘ni nolga yaqin bo‘lishi mumkin, bunday xollarda ularni normallashgan (eksponentsial) xolda tasvirlanadi. Masalan:
Butun sonlar – 0; 1266; -2008; +129
Xaqiqiy sonlar – 0,09; -1,205; +255,1;
Normallashgan xol – 1 000 000 000 o‘rniga 1E+09;
0,00000012 o‘rniga 1,2E-07 Xar qanday son katakka to‘g‘ri kiritilsa yoki katakda biron hisoblash natijasi ifodalansa, u katakning o‘ng tarafiga surilib qoladi. Formula – ―=‖ belgisi bilan boshlanadigan xar qanday ma‘lum qoida (qoidalar bilan quyiroqda tanishamiz) asosida yozilgan ifoda. Masalan, A1 katagiga quyidagi ifodalardan biri kiritilgan bo‘lsa: = S4 - S4 katagidagi ma‘lumot A1 katagida xam ifodalanishini bildiradi; = SIN(B3) - B3 katagidagi sonning sinusi hisoblanib natija A1 katagida ifodalanadi; Matn – son va formuladan farqli bo‘lgan ixtiyoriy belgilar ketmaketligidan iborat ma‘lumot. Bunday ma‘lumot kiritilganda, ular katakning chap chegarasiga taqalib ifodalanadi. Ayrim xollarda sonlarni xam matn sifatida tasvirlash kerak bo‘lib qoladi. Buning uchun sonni kiritishni ’ (urg‘u) belgisi bilan boshlash kerak. Odatda katakka kiritilayotgan matn faqat bitta qator ko‘rinishida kiritiladi. Bu esa masalan, uzun ma‘lumotlar kiritishda, jadval saxifasida ma‘lumotlarni noqulay joylashuviga sabab bo‘ladi. shuning uchun bitta katakka bir necha qatorli yozuvlar kiritish uchun Alt + Enter klavishalar kombinatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
|
| |