continue operatori Java dasturlash tilida tarorlash operatorlari bilan ishlatiladi. JVM continue kalit so’zini uchratganda siklning keyingi iteratsiyasiga o’tib ketadi, joriy iteratsiya uchun qolgan kod qatorlari bajarilmaydi. Masalan, siz 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni konsulga chiqarmoqchisiz va sizga 20 kerak emas, shu joyda siz continue finksiyasidan foydalanasiz. Quyidagi kodga e’tibor bering.
|
for (int i = 1; i <=100; i++) {
if (i==20)
continue;
System.out.println(i);
}
|
Natijada 20 konsulga chiqarilmadi.
Ba’zi dasturlash tillarida goto kalit so'zi mavjud, va uning vazifasi biror holatda kodni qaysidir qismiga sakrash hisoblanadi. Java dasturlash tilida esa goto kalit so'zi mavjud emas, uning o’rniga break va continue kalit so’zlari yordam beradi. Shuningdek, bizga label deb nomlanadigan yorliqchalar yordam beradi. Quyida ikkita kodni misol tariqasida keltiramiz:
|
public static void main(String args[])
{
// Birinchi label
label1:
for (int i = 0; i < 3; i++) {
// Ikkinchi label
label2:
for (int j = 0; j < 3; j++) {
if (i == 1 && j == 1) {
// label1 dagi siklni sindiramiz
break label1;
}
System.out.println(i + " " + j);
}
}
}
|
Java Massiv
Massivlar har bir qiymat uchun alohida o'zgaruvchilarni e'lon qilish o'rniga, bir o'zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Massiv bir xil ma’lumot tipidagi qiymatlarni o’zida saqlovchi o’lchami o’zgarmas obyekt hisoblanadi. Massiv xotirada ketma-ketlikda joy egallaydi.
Massivni e'lon qilish uchun o'zgaruvchi turini kvadrat qavslar bilan birga yoziladi:
String[] satrMassiv;
Yuqorida biz satr massivini o'z ichiga olgan o'zgaruvchini e'lon qildik. Unga qiymatlarni kiritish uchun siz qiymatlarni vergul bilan ajratilgan ro'yxatda, figurali qavslar ichiga joylashtirishingiz mumkin:
String[] satrMassiv = {"Volvo KI-2", "BMW", "Ford", "Matiz"};
Butun sonlar massivini yaratish uchun siz quyidagilarni yozishingiz mumkin:
int[] sonMassiv = {10, 20, 30, 40};
Massivlarda har bir element 0 dan boshlab indekslanadi. Indeks raqamiga murojaat qilib, massiv elementini olishingiz mumkin. Quiydagi kodda massivning birinchi elementini (0-indeks) chop etamiz.
Topshiriq:
1 dan 10 gacha raqamlarni aks ettiruvchi dastur tuzing?
1 dan 100 gacha bo‘lgan barcha sonlar yig‘indisini topuvchi dastur tuzing?
Berilgan son tub ekanligini aniqlash uchun dastur tuzing?
Massivni qiymat bo'yicha o'sish va kamayish tartibida tartiblang?
Java tilida butun sonni satrga aylantiruvchi, lekin har qanday sanoq tizimiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan oddiy dastur tuzing?
Belgilangan tartibda ushbu tajriba ishini rasmiylashtiring
|