|
Mavzu: Javada umumiy jarayonlar bilan ishlash
|
bet | 1/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 77 Kb. | | #228544 |
Bog'liq 5vvv3DtrCZS4Eo80dsHcyOSYcryXIL99WaPJ8dai
10-Laboratoriya ishi
Mavzu: Javada umumiy jarayonlar bilan ishlash.
Ishdan maqsad Javada umumiy jarayonlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish.
Amaliy tajriba ishini bajarishda zaruriy vositalar va axborot manbalari ta’minoti:
har bir tinglovchi uchun ishchi stansiya va ajratilgan kompyuter sinfi.
Ijtimoiy tarmoq bo’yicha ma’lumotlar, internet tarmog’i.
ma’ruza materiallari.
Adabiyotlar ro’yxati.
Java tilida switch
Java tilida switch operatori bilan ishlovchi case ifodasidan foydalanish mumkin. switch operatori bir nechta tanlash qat'iyatlari (case)ni tekshiradi va mos keladigan tanlovni bajaradi.
Misol uchun, agar siz haftaning kunini ifodalovchi dastur yozmoqchi bo'lsangiz, kod quyidagicha bo'lishi mumkin:
int kun = 3;
String kunNom = "";
switch (kun) {
case 1:
kunNom = "Dushanba";
break;
case 2:
kunNom = "Seshanba";
break;
case 3:
kunNom = "Chorshanba";
break;
case 4:
kunNom = "Payshanba";
break;
case 5:
kunNom = "Juma";
break;
case 6:
kunNom = "Shanba";
break;
case 7:
kunNom = "Yakshanba";
break;
default:
kunNom = "Noto'g'ri kun raqami";
break;
}
System.out.println("Tanlangan kun: " + kunNom);
Break operatori
break kalit so’zi Java dasturlash tilida bir necha operatorlarda sindiruvchi hisoblanadi ya’ni ishlayotgan operator break funksiyasiga kelib oxiriga yetkazmasdan jarayonni tugallaydi. Ko’pincha sikl operatorlari (while va for) bilan ishlatiladi. JVM break kalit so’zini uchratishi bilan siklni to’xtatadi, garchi sikl shartli ifodasi true qiymatga ega bo’lsa ham. Quyidagi misolga e’tibor bering:
|
int x = 1;
while (x<= 20){
System.out.println(x);
if (x==16)
break;
x++;
}
|
x o‘zgaruvchisining dastlabki qiymati 1 ga teng va biz bunda while takrorlash operatori orqali x ning qiymatini konsulga chiqar va har chiqarishdan so‘ng uning qiymatini 1 taga oshir deb buyruq berdik. if shart operatori orqali agar x ning qiymati 16 ga teng bo‘lganda biz break operatori orqali jarayonni to’xtatdik. Va bizda konsulga 16 gacha bo‘lgan sonlar chiqadi.
|
| |