• Karyer transportlarining asosiy turlari.
  • Mavzu: karer transportining asosiy turlari va ularning texnologik xarakteristialari




    Download 485,6 Kb.
    bet1/2
    Sana13.02.2024
    Hajmi485,6 Kb.
    #155860
      1   2
    Bog'liq
    ochiq x 1


    MAVZU:KARER TRANSPORTINING ASOSIY TURLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK XARAKTERISTIALARI.


    REJA:


    1. Karyer transportlarining asosiy turlari.

    2. Karyer transportlarining texnologik xarakteristikasi.

    3. Foydalanilgan adabiyotlar.


    Karyer transportlarining asosiy turlari.

    Karyer transporti kon massasini (qoplovchi va foydali qazilma) zaboydan yuklash nuqtalarigacha tashishga mo’ljallangan. Bu texnologik jarayonda bog’lovchi bo’g’im hisoblanadi. Karyer transportining aniq ishidan konning ish unumdorligi bog’liq. Tashish jarayoni murakkab hisoblanadi, transport va ular bilan bog’langan ishlarga bo’lgan harajatlar 45-50%ni tashkil qiladi, alohida holatlarda esa qazib olishning 65-70%ni tashkil qiladi. Kon ishlarining asosini quyidagi karyer transportining asosiy xususiyatlari tashkil qiladi:


    karyer yuklarining katta hajmi va ularning yo’naltirilgan (bir tomonli) tashilishi uncha katta bo’lmagan tashish masofalarida;
    transport aloqalarining yuklash (zaboy) va bo’shatish nuqtalarning o’zgarishi bilan ko’chirilishi;
    yuk yo’nalishida harakatlanish qoidaga ko’ra katta balandliklarni bosib o’tish bilan bog’liq;
    transport uskunasining yurgizgichlarining yuqori quvvati, bu kon massasining yuqori zichligi,katta qattiqligi, abrazivligi, bo’laklarning bir turlimasligi bilan bog’liq.
    Karyer transporti ishining intensivligi karyer yuklarining tashilishi bilan bog’liq, bu vaqt oralig’ida (soat, almashinuv va boshqa) tashiladigan yuklar soni bilan (metr kubda va tonnada) bog’liq. Karyerdagi kon ishlarini masshtabi yuk almashinuvi bilan aniqlanadi. U qoplovchi tog’ jinslarini, foydali qazilmalar va xo’jalik - texnik yuklarning hajmi bilan aniqlanadi. Yuk almashinuvida asosiy hajmni qoplovchi tog’ jinslari tashkil qiladi. Minimal hajm xo’jalik-texnik yuklarga keladi.
    Vaqt birligi ichida yo’naltirilgan tashish bilan aniqlanadigan yuk aylanmasi (yoki uning qismi) yuk oqimi deb ataladi. Yuk oqimi barcha yuklar karyerdan bitta yo’nalish bo’ylab karyer teppa qismiga tashilganda markazlashtirilgan deb ataladi, aks holda yuk oqimi markazlashmagan deb ataladi. Transport aloqalari va uskunalardan foydalanishda yuk oqimlari minimal bo’lishi kerak. Lekin karyerda yuk almashinuvining katta hajmida ko’p yuk oqimini tashkil qilish, yuklarni markazlashtirmaslik maqsadga muvofiqdir. Yuk oqimini hosil qilishda asosan yuklarni sifat (qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma) va yo’naltirish nuqtalari bilan aniqlanadi. Karyerning yuk oqimi va yuk almashinuvi kon ishlarining borishi bilan o’zgaradi. Yuk aylanmasini ajratish haqidagi savol karyerni proektlashda texnik-iqtisodiy asoslarga ko’ra amalga oshiriladi (konni ochish sxemasini xisobga olgan holda).
    Ishlash prinsipiga ko’ra cheksiz harakatdagi va davriy harakatdagi transportlar mavjud. Davrning davomiyligi yuklash davomiyligi, bo’shatish nuqtasigacha yuk bilan harakatlanish vaqti va yuqorida operastilar orasidagi turishlar vaqti davomiyligi bilan hosil bo’ladi. Davriy transportda (temiryo’l, avtomobil) yuklash, yuk bilan harakatlanish, bo’shatish va yuksiz harakatlanish ketma-ket amalga oshiriladi. Cheksiz harakatdagi transportda (konveyer, gidravlik) bu ishlar bir vaqtda bajariladi.
    Karyerlarda kon massasini tashishda va xo’jalik-texnik yuklar tashishda turli karyer transportlari turlari qo’llaniladi, ulardan asosiylari temiryo’l, avtomobil va konveyer transportidir. Aniq holatlar uchun muayyan karyer transportini tanlash qaziladigan tog’ jinsining fizik-texnik, kimyoviy holatlari bilan asoslanadi, shuningdek foydal qazilma yotish holatlari, iqlim, yuk almashinuvi va tashish masofasi, yuklash uskunalari turi va o’lchmlari bilan, karyerning foydalanish vaqti va boshqa holatlar bilan ham asoslanadi.
    Karyerlarda transportilarning spestifik holatlari uchun uning texnik imkoniyatlarining eng e’tiborga moyillari maksimal bosib o’tadigan balandlik va minimal qiyalik burchagi iqtisodiy ma’qulligidir. Bu qo’rsatkichlar qaysidir ma’noda kon-kapital ishlarning hajmini va transport aloqalarining karyer maydoni ichida joylashtirish ikoniyatini ko’rsatadi. Turli karyer transportlarining foydalanilishining ratsional imkoniyati konning texnik va texnologik o’lchamlari va yotish holatlariga ko’ra aniqlanadi.
    Temiryo’l transportini yillik yuk aylanmasi katta bo’lgan (25 mln.t va undan yuqori) karyerlarda tashishning katta masofasida (4km va undan yuqori) qo’llash ma’qul. Temiryo’l transportining asosiy afzalliklariga uning uncha katta bo’lmagan energiya sarfini, har qanday tashish masofasida har qanday hajmdagi yuk aylanmasini ta’minlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini joriy qilish imkoniyati (TJA), turli iqlim va kon-geologik holatlarda ishlash mumkinligi va 1t/km yukni tashishga uncha katta bo’lmagan harajatlarni (avtomobil va konveyer transportidan 4-6marta kam) kiritish mumkin.
    Boshqa karyer transportiga qaraganda temryo’l transporti uncha katta bo’lmagan qiyalik radiusi (100-120m), cho’zilgan front ishlari (500-600m) va yo’lning minimal balandliklarini (40-60 ‰) talab qiladi. Bu holatlar karyerning rejadagi katta o’lchamlarida amal qilinadi. Temiryo’l transportida nisbatan kon kapital ishlari, kapital harajatlar, kapital transport aloqalarini saqlash va ulardan foydanish va harakatlanishni tashkil qilishning qiyinligi katta bo’ladi.
    Avtomobil transportini yillik yuk aylanmasi uncha katta bo’lmagan (15-20 mln.t) karyerlarda tashishning masofasi 4-5km bo’lganda qo’llash ma’qul. Katta yuk ko’tairish qobiliyatiga ega karyer transportlarining (75-180 t va undan yuqori) paydo bo’lishi bilan ularni yuk aylanmasi yillik 50-60 mln.t va undan yuqori bo’lgan hollarda qo’llash maqul bo’ldi. Avtomobil transporti temir rudalari va rangli metallar karyerlarida keng qo’llaniladi. Temiryo’l transportiga qaraganda avtomobil transporti katta harakatchanlikka ega. Uni asosan karyerlar qurilish davrida qo’llash ma’qul, bunda konning tezlikdagi qazib olinishi va zaboylarning katta tezlikdagi siljishi va kon ishlarining yuqori chuqurlashish tempida ishlar amalga oshiriladi. Temiryo’l yo’llarining va aloqa tarmoqlarining yo’qligi, avtomobil yo’llarining tuzilishi va profiliga bo’lgan kichik talablar (qiyaliklar mumkin bo’lgan radiusi 15-25m, balandlik esa 80-100 ‰) kon-kapital ishlar hajmini kamayishini, karyerlarning qurilishi va qurilishga bo’lgan harajatlarning kamayishini ta’minlaydi. Bu transport turining kamchiligiga uning katta masofalarga tashishdagi unumdorligining birdan pasayishi, iqlimiy holatlarga bog’liqligi, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtomobillarning yuqori narhi, katta ekpluatastion harajatlar va bu oqibatida 1t kon massasini tashishdagi katta harajatlar kiradi.





    Download 485,6 Kb.
      1   2




    Download 485,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: karer transportining asosiy turlari va ularning texnologik xarakteristialari

    Download 485,6 Kb.