Karyer transportlarining texnologik xarakteristikasi




Download 485,6 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2024
Hajmi485,6 Kb.
#155860
1   2
Bog'liq
ochiq x 1

Karyer transportlarining texnologik xarakteristikasi.
Karyerlarda kon massasini tashishda va xo’jalik-texnik yuklar tashishda turli karyer transportlari turlari qo’llaniladi, ulardan asosiylari temiryo’l, avtomobil va konveyer transportidir. Aniq holatlar uchun muayyan karyer transportini tanlash qaziladigan tog’ jinsining fizik-texnik, kimyoviy holatlari bilan asoslanadi, shuningdek foydal qazilma yotish holatlari, iqlim, yuk almashinuvi va tashish masofasi, yuklash uskunalari turi va o ’lchmlari bilan, karyeming foydalanish vaqti va boshqa holatlar bilan ham asoslanadi.
Karyerlarda transportilaming spestifik holatlari uchun uning texnik imkoniyatlarining eng e’tiborga moyillari maksimal bosib o ’tadigan balandlik va minima] qiyalik burchagi iqtisodiy ma’qulligidir. Bu qo’rsatkichlar qaysidir ma’noda kon-kapital ishlaming hajmini va transport aloqalarining karyer maydoni ichida joylashtirish ikoniyatini ko’rsatadi. Turli karyer transportlarining foydalanilishining ratsional imkoniyati konning texnik va texnologik o ’lchamlari va yotish holatlariga ko’ra aniqlanadi.
Temiryo’l transportini yillik yuk aylanmasi katta bo’lgan (25 mln.t va undan yuqori) karyerlarda tashishning katta masofasida (4km va undan yuqori) qo’llash ma’qul. Temiryo’l transportining asosiy afzalliklariga uning uncha katta bo’lmagan energiya sarfini, har qanday tashish masofasida har qanday hajmdagi yuk aylanmasini ta’minlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini joriy qilish imkoniyati (TJA), turli iqlim va kon-geologik holatlarda ishlash mumkinligi va lt/km yukni tashishga uncha katta bo’lmagan harajatlami (avtomobil va konveyer transportidan 4-6marta kam) kiritish mumkin.

Boshqa karyer transportiga qaraganda temryo’l transporti uncha katta bo’lmagan qiyalik radiusi (100-120m), cho’zilgan front ishlari (500-600m) va yo’lning minimal balandliklarini (40-60 %o) talab qiladi. Bu holatlar karyeming rejadagi katta o ’lchamlarida amal qilinadi. Temiryo’l transportida nisbatan kon kapital ishlari, kapital harajatlar, kapital transport aloqalarini saqlash va ulardan foydanish va harakatlanishni tashkil qilishning qiyinligi katta bo’ladi.


Avtomobil transportini yillik yuk aylanmasi uncha katta bo’lmagan (15-20 mln.t) karyerlarda tashishning masofasi 4-5km bo’lganda qo’llash ma’qul. Katta yuk ko’tairish qobiliyatiga ega karyer transportlarining (75-180 t va undan yuqori) paydo bo’lishi bilan ulami yuk aylanmasi yillik 50-60 mln.t va undan yuqori bo’lgan hollarda qo’llash maqul bo’ldi. Avtomobil transporti temir rudalari va rangli metallar karyerlarida keng qo’llaniladi. Temiryo’l transportiga qaraganda avtomobil transporti katta harakatchanlikka ega. Uni asosan kaiyerlar qurilish davrida qo’llash ma’qul, bunda konning tezlikdagi qazib olinishi va zaboylarning katta tezlikdagi siljishi va kon ishlarining yuqori chuqurlashish tempida ishlar amalga oshiriladi. Temiryo’l yo’llarining va aloqa tarmoqlarining yo’qligi, avtomobil yo’llarining tuzilishi va profiliga bo’lgan kichik talablar (qiyaliklar mumkin bo’lgan radiusi 15-25m, balandlik esa 80-100 %o) konkapital ishlar hajmini kamayishini, karyerlaming qurilishi va qurilishga bo’lgan harajatlaming kamayishini ta’minlaydi. Bu transport turining kamchiligiga uning katta masofalarga tashishdagi unumdorligining birdan pasayishi, iqlimiy holallarga bog’liqligi, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtomobil laming yuqori narhi, katta ekpluatastion harajatlar va bu oqibatida It kon massasini tashishdagi katta harajatlar kiradi.

Konveyer transporti (lentali konveyer) karyerlarda kon massasini maydalangan (bo’laklar o’lchami 400mm gacha) holatda tashish uchun qo’llaniladi. Karyer uskunalarining qo’llanilishining keng diapazoni (15000 л //с ) ularni karyerlarda turli yuk almashinuvi bilan qo’llash mumkin. Konveyer transportining qulayligi bu yuklami 18° balandlikka tashish va yuklami tashishning oqimliligi xisoblanadi. Oxirgi holat barcha jarayonlamig to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi va yuklash uskunasining unumli foydalanish imkonini beradi. Lentali konveyerlaming keng qo’llanilishi konveyer lentasining tez edirilishi, tashiladigan yuklarning bo’laklariga bo’lgan qattiq talablar va yuklash turi bilan chegaralanadi. Konveyer transportining unumdorligi kichik haroratlarda va tashiladigan kon massasining yuqori namligida keskin kamayadi. Konveyer transportini yuk aylanmasi yillik 2mln.t va undan yuqori bo’lgan yumshoq tog’ jinsli karyerlarda qo’llash m a’qul. Yuk aylanmasining hajmining oshishi bilan konveyer transportidan foydalanish unumdorligi oshadi. Konveyer transporti bilan tashiladigan yukning eng m a’qul bo’lgan masofasi 4-6 va 10-15 km va undan yuqorini mos ravishda tekis va kesishgan maydonda tashkil qiladi. Konveyer transporti juda katta foydalanish imkoniyatiga ega (asosan avtomobil va temiryo’l transporti bilan birgaliqda qo’llanilganda). Hozirgi kunda 1000mm dan yuqori bo’lgan bo’lakli qoyasimon tog’ jinslarini tashishga mo’ljallangan konveyerlar ishlab chiqilmoqda, ular konveyer transportining qo’llanilish chegarasini nisbatan kengaytiradi.




Download 485,6 Kb.
1   2




Download 485,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karyer transportlarining texnologik xarakteristikasi

Download 485,6 Kb.