• Asosiy kattalik
  • Mavzu: Kattalik etalonlari va ularni saqlash va uzatish usullari Ishdan maqsad




    Download 62.49 Kb.
    bet1/8
    Sana11.04.2024
    Hajmi62.49 Kb.
    #193419
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-amaliy
    07. Egalik olmoshlari, Banklarda buhgalteriya hisobi 23747, 11-ma\'ruza. (1), bmi uchun namuna maqola 2, Foziljonova Xamida Kullerlar turlari tanlash va o\'rnatish, Bayon va uning turlari, Сравнительный анализ древнегреческой и древнеримской культуры, ПЛ Pul va banklar. Darslik, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi u-fayllar.org

    1-amaliy mashg’ulot.

    Mavzu: Kattalik etalonlari va ularni saqlash va uzatish usullari
    Ishdan maqsad: Kattalik etalonlari va ularni saqlash va uzatish usullarini organish.


    Kattalik - sifat tomonidan ko’pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaeiy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o’tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo’lib, miqdor tomonidap har bir ob’ekt uchun xususiy bo’lgan xossadir.
    Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’ektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo’lishini ifodalaydi.
    Biz o’rganayotgan fan aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqqir. "Kattalik" atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun foydalanish to’g’ri emas (masalan, "massa kattaligi", "bosim kattaligi" deb yozish), chunki shu xossalarning o’zi kattalik bo’ladi. Bunda "kattalik o’lchami" degan atamani ishlatish to’g’ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi va hokazolar.
    Har bir fizikaviy ob’ekt bir qancha ob’ektiv xossalar bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib bormokda. Hozirga kelib zamonaviy o’lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o’lchash imkoniyati mavjud. Bu ko’rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinmokda.
    Ko’pincha kattalikning o’rniga parametr, sifat ko’rsatkichi, tavsif (xarakteristika) degan atamalarni ham qo’llanishiga duch kelamiz, Lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo’lib ko’riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
    Asosiy kattalik deb ko’rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo’yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabulqilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik),vaqt, harorat, yorug’lik kuchi kabilar.
    Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.

    Download 62.49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 62.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kattalik etalonlari va ularni saqlash va uzatish usullari Ishdan maqsad

    Download 62.49 Kb.