Mavzu: Kirish. Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalariga texnik xizmat ko’rsatishni rejali tizimi Reja: Texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining turlari Ko‘chmas (statsionar)




Download 1,46 Mb.
bet1/5
Sana15.05.2024
Hajmi1,46 Mb.
#235618
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalariga


Mavzu:Kirish. Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalariga texnik xizmat ko’rsatishni rejali tizimi
Reja:
1. Texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining turlari

2. Ko‘chmas (statsionar) va mobil texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vositalari


3. Avtotraktor dvigatellarini ta’mirlash va obkatkalash bo‘limi
Texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining turlari
MTP larida har bir qishloq xo‘jaligi korxonasining (klasterlar, aksionerlik birlashmalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi birlashmalar, mashina traktor stansiyalari va b.) texnikasiga o‘z vaqtida va sifatli TXK ishlarini bajarish uchun etarli darajada TXK vositalari bilan qurollangan bo‘lishi shart.
TXK vositalari – bularga TXK mo‘ljallangan jixozlar, priborlar, moslamalar, asboblar va qurilmalar kiradi.
MTP larida bajariladigan TXK joylariga qarab quydagicha xizmat ko‘rsatish darazalariga bo‘linishi mumkin:

  • 1 – mashina ishlash joyi, bunga dala sharoiti ham kiradi;

  • 2 – qishloq xo‘jalik kopxonasining tarmog‘i (mexanizatorlar otryadi, bo‘limi, brigadasi), fermerlik xo‘jaliklari;

  • 3 – qishloq xo‘jalik korxonasining markaziy korxonasi;

  • 4 – tuman yoki tumanlaropo xizmat ko‘rsatish (na’mirlash-xizmat ko‘rsatish) korxonasi.

Xizmat ko‘rsatish darajasini ortib borishi mashinalarga TXK jarayonining murakkablashishiga va turlarini ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
MTP dagi TXK vositalari ko‘chmas, ko‘char (mobil) va olib yuriladigan turlarga bo‘linadi.
MTP larining TXK dagi asosini ko‘chmas ob’ektlar; qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnik-ta’mirlash bazalari (TTB) brigadalari (bo‘limlari) tashkil qiladi: xo‘jalikning markazidagi TTB; tuman yoki hududiy texnik xizmat ko‘rsatish korxonasi kiradi. Shu sababli ko‘chmas ob’ektlarga atab texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining jamlamasi (TXKVJ) tafsiya qilingan: ikkinchi darajadagi korxona uchun – TXKVJ-I, uchinchi darajadagi korxona uchun – TXKVJ-2 va to‘rtinchi darajadagi korxona uchun – TXKVJ-3 jamlamalari tafsiya qilinadi.
Ko‘chmas ob’ektlar jamlamasiga kiruvchi asosiy jixozlar to‘plamasi 5.1 jadvalda keltirilgan.
Ko‘chmas jamlamalar nashinalarga yilning hohlagan davrida TXK ishlarini barcha texnik talablarga amal qilgan holda va xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarni sanitary-gigeyenik talablar asosida ishni bajarishiga imkon beradi.
Qishloq xo‘jaligi sharoitida mashinalarni ishlatish (mashinalarning ishlash joylarini juda keng yoyilganligi) albatta ko‘char TXK vositalarini, ko‘chmas vositalar bilan hamkorlikda qo‘llashni talab etadi. Shu sababli ko‘chmas ob’ektlarning ixtiyoriga mobil vositalar beriladi, ular TXK vaqtida mashinalarni bekor yo‘l yurishini kamaytirish bilan birga, qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish davridagi tig‘izlok darajasini kamaytirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1,46 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalariga texnik xizmat ko’rsatishni rejali tizimi Reja: Texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining turlari Ko‘chmas (statsionar)

Download 1,46 Mb.