|
Mashinalarni TXK va diagnostikalash bo‘limi
|
bet | 4/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #235618 |
Bog'liq Kirish Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalarigaMashinalarni TXK va diagnostikalash bo‘limi. Bo’lim mashinalarga TXK va diagnostikalash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Bo‘limga o‘rnatiladigan jixozlarning sxemasi 5.2 rasmda keltirilgan.
5.2 rasm. Mashinalarga TXK va diagnostikalash bo‘limi:
1 – nazorat chuquri; 2 - ko‘chmas diagnostikalash vositalari; 3 – sozlo’chi usta asboblar jamlamasi; 4 – C-321M elektrik moylash qurilmasi; 5 – detallar uchun stelaj; 6 – mashinalarni moylash va quyish, ishlatilgan moylarni yig‘ish va transmissiya moylarini quyish qurilmasi.
TXK binosi so‘rib-shamollatish ventiliyatsiya bilan jixozlangan bo‘lish kerak, bundan tashqari ishlab bo‘lgan gazni chiqarib yuborish uchun maxalliy so‘rish shlangi ulanadi, hamda nazorat chuquri yoki ko‘tarish domkratlari bilan jixozlanadi.
Mashinalarga TXK va diagnostikalash birgalikda olib boriladigan bo‘limda traktorlarga, avtomobillarga, kombayinlarga va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalariga TXK va talab bo‘yicha diagnostikalash ishlari bajariladi.
Diagnostikalash vositalari to‘plamiga silindrlarning germetikligini tekshiruvchi analizator КИ -5973 rusumidagi analizator ham kiradi; avtotraktor elektrojixozlarining tok kuchi va qarshiligini aniqlo’chi КИ – 11400 rusumidagi qurilma; yonilg‘I nasosi va forsunkadan purkaladigan yonilg‘ining purkash bosimini va purkash darajasini aniqlo’chi КИ – 5918 qurilmasi; yonilg‘i uzatish vaqtini aniqlash (momentaskop) КИ – 4941 qurilmasi; yonilg‘ini so‘rish burchagini aniqlo’chi КИ – 13926 uglomeri; transmissiyaning umumiy yonbosh tirqishini aniqlo’chi КИ – 13909 uglomer; tasmaning tarangligini aniqlo’chi КИ – 13918 moslamasi; past bosimli yonilg‘I yo‘lagini tekshiruvchi moslama; gidravlik tizimni tekshiruvchi pribor; bosh moylash magistralidagi bosimni aniqlo’chi КИ – 13936 moslamasi; elektrolit zichligina aniqlo’chi КИ – 13951 plotnomeri kiradi.
5.3 rasm. Avtotraktor dvigatellarini ta’mirlash va obkatkalash bo‘limi:
1 – Dvigatellarni echish va yig‘ishga mo‘ljallangan unversal OPR-5557 stendi; 2 – TЭ-200-5211 elektrotali; 3 – V - ko‘rinishidagi dizel dvigatellarini echish va yig‘ish КИ-5500 stendi; 4 – obkatkalash, tormozlo’chi КИ -5543 М stendi; 5 – Bir ishchi o‘rinli OPГ-5365 verstak; 6 – qum uchun quti; 7 – stendni osish moslamasi; 8 – ОРГ1468-05320 stelaji; 9 – klapanlarni jilvirlo’chi P-186 stendi; 10 – klapanlarni pritirkalash P-177 qurilmasi; 11 – nazorat plitasi o‘rnatilgan ОРГ-5365 verstagi; 12 – ОРГ-1468-05320 stelaji; 13- ko‘char OM1316 yuvish vannasi; 14 – dvigatellarni JT gidroqurilmali 70-78233709 qurilmasi.
|
| |