|
Asosiy texnologik jixozlarning jamlamasining tarkibii
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #235618 |
Bog'liq Kirish Gidrostatik transmissiyali qishloq xo’jaligi texnikalarigaAsosiy texnologik jixozlarning jamlamasining tarkibii
5.1 jadvali
Belgilanishi
|
Jamlamadagi soni, dona
|
TXKVJ-
1
|
TXKVJ-
2
|
TXKVJ-
3
|
Yuvish qurilmasi
|
1
|
1
|
1
|
Sozlo’chining asboblar jamlamasi
|
1
|
1
|
1*
|
Moylash va quyish qurilmasi
|
1
|
1
|
1
|
ko‘chma moy quyish qurilmasi
|
2
|
2
|
4
|
Dizellarning moylash tizimini yuvish qurilmasi
|
1
|
1
|
1
|
Kompressor
|
1
|
1
|
1
|
Havo filtrining qog‘oz filtrlarini yuvish qurilmasi
|
-
|
1**
|
1
|
Moyni tozalash qurilmasi
|
-
|
1**
|
1
|
Diagnostikalash vositalarining jamlamasi
|
-
|
1***
|
-
|
Berkilib qolgan forsunkalarni
tozalash stendi
|
-
|
-
|
1
|
*jamlamalar soni TXK postlar soniga qarab aniqlanadi.
** traktorlarning soni 100 ta va undan ko‘p bo‘lsa qo‘llaniladi.
***traktorlarning soni 75 tadan ko‘p bo‘lsa qo‘llaniladi.
Ko‘chma vositalar asosan quyidagi turkumlarga bo‘lonishi mumkin:
Avtomobillarga shassisiga yoki priseplarga o‘rnatilgan mexanizatsiyalangan quyish agregatlari;
avtomobil shassisiga yoki o‘zi yurar shassiga o‘rnatilgan TXK agregatlari;
avtomobil shassisiga yoki pritsepga o‘rnatilgan ko‘char ta’mirlash va ta’mirlash-diagnostikalashustaxonasi;
avtomobil-furgon shassisiga o‘rnatilgan ko‘char diagnostikalash qurilmasi.
Dala sharoitida mashinalarga TXK ko‘char agregatlari quydagi jamlama bilan jixozlanishi kerak.
Ko‘chma vositalar yordamidadala dala sharoitida quyidagi TXK ishlarini bajarish mumkin: mashina dizeliga yonilg‘i va moy quyish, mashinalarga 1-TXK va 2- TXK ishlarini bajarish, mashinalardagi murakkab buzilish oqibatlarini yo‘qotish va uning kelib chiqish oqibatlarini aniqlash.
Olib yuriladigan vositalar, odatda bazi agregat va tizimlarni: dvigatelni, elektrojixozlarni, gidravlikjixozlarni, ishchi organlarni diagnostikalash va TXK xizmat qiladi.
Odatda olib yuriladigan vositalar turli priborlar ko‘rinishida g‘iloflarda bir necha dona yoki bir dona olib yuriladi. Ularning og‘irligi 9 kg dan ortmasligi shart.
Ta’mirlash korxonasidan (ustaxonasidan) uzoq masofada murakkab TXK va T ishlari bajariladigan bo‘lsa, u holda olib yuriladigan priborlar avtomobillarga joylanib olib boriladi. Olib yuriladigan priborlar mashinalarga TXK va T zarurati yuzaga kelgan holatlarda olib boriladi.
Hozirgi kunda keng qo‘llaniladigan olib yuriladigan priborlar turkumiga quydagilar kiradi.
Unversal КИ -28125 kompressometr dizelli va bezinli dvigatellarning silindridagi kompressiyalarni (silindrda siqish yakunidagi bosimn) tirsakli valni ishga tushirish davrida aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi (almashuvchi qismlar bilan birga) 1 kg dan ortmaydi.
КИ – 13967M rusumidagi modellashtirilgan yonilg‘I sarfini o‘lchash electron qurilmasi avtotraktor va kombayin dizellarini ishlash jarayonidagi (qisqa muddatli) yonilg‘I sarfini aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi 0,5 kg.
Unversal КИ-28154 elektron avtotetaskop dvigatelning silindrporshen gruhi detallaridan, gaz taqsimlash mexanizmidan, forsunkadan, uzatmalar qutisidan, gidroagregatlardan va boshqa harakatlanuvchi qismlardan ishlashi davomida yuzaga keladigan va tarqaladigan sho’qin, taqillashlar va qirilishlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Priborning og‘irligi 1,5 kg.
КИ-28204 dizel turbokompressorini diagnostikalash pribori dizellarning turbokompressorlarini texnik holatini ishlatish davridagi xizmat ko‘rsatishda aniqlash uchun qo‘llaniladi. Priborning og‘irligi 1,5 kg.
Bosim ko‘rsatkichlarini aniqlo’chi universal testori, gidravlik va pnevmatik tizimlardagi va traktor, avtomobil dvigatelning tizimlaridagi bosimni aniqlashga mo‘ljallangan КИ – 28156 pribori dvigatellarning moylash, past bosimli yonilg‘i tizimidagi, gidravlik tizimning qaytish magistralidagi va g‘ildiraklardagi havoning bosimini aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘rligi 1,2 kg.
Gidroagregatlardagi moyning uzatish va tizimdagi bosimini aniqlash КИ - 28210 pribori gidromexanik uzatmalar qutisining 12 nazorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha texnik holatini aniqlashga, va manometer bilan drosel sifatida saqlash klapanining ishga tushish bosimini aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi 3 kg.
Mexanik transmissiyalarni diagnostikalash modul vositasi КИ – 28228 traktorlar va boshqa o‘zi yurar texnikalarning mexanik transmissiyalarining 17 nazorat ko‘rsatkichlarini diagnostikalashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi 8 kg.
КИ – 28120CV.01 ishchi organlarni va elektrojixozlarni nazorat qiluvchi va sozlo’chi modul vositasi, kombayinlarning ishchi organlari va elektrajihozlardagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishga mo‘ljallangan. Bunday tadbirlar TXK va T jarayonida, ishlatish vaqtida va kombayinning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda amalga oshiriladi. Modulning og‘rligi 7 kg dan ortmaydi.
Ishlab bo‘lgan gazning tarkibini va uning tarkibidagi uglerod oksidining miqdorini aniqlash pribori КИ – 28040 avtotraktor dizel dvigatellaridan chiqayotgan tutun tarkibini va benzinli dvigatellardan chiqayotgan gazlarning tarkibidagi uglerod oksidining miqdorini ishlash jarayonida aniqlaydi. Priborning og‘irligi 5,8 kg.
Dizel yonilg‘isi va motor moyi (transmissiya va gidravlik) moylarning ekspress-nazorat bilan sifatini aniqlo’chi modul КИ – 28105.01. Dizel yonilg‘ilari va motor (transmissiya va gidravlik) moylarning, mashinaga quyishdan avval sifat ko‘rsatkichlarini va ifloslanganlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi 8,5 kg.
Ta’mirlash-texnik bazalar, ATK deb ma’lum hududga, avtomobil, traktor, kombayinlar va boshqa texnikalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jixozlariga, mashinalarni saqlash va tayyorlash hdudlariga ega bo‘lgan korxona nomlanadi.
Odatda ATK ning ta’mirlash-texnik bazasi markaziy hdudda joylashadi. Bunday holatlarda mashinalar yopiq binolarda yoki bostirmalar ostida va hamda atrofi to‘liq o‘ralgan maydonlarda saqlanadi. Ta’mirlash-texnik bazalar (TTB) da nazorat dispecherlik punktlari va qo‘riqlash xodimlarining xonasi, dispecher, haydo’chilarni ishga chiqishidan avvalgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hodimlari; KTXK maydonchalari; mexanik ustaxona; mashinalarni saqlash maydonlari, hamda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish binolari va boshqa maishiy binolar bo‘lishi talab etiladi.
TTB hdudi bo‘limlarga taqsimlanib, masul xodimlar belgilanadi. Hdudlar chegaralanib, ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi kerak. TTB hdudi to‘siq bilan ajratilishi, qo‘riqlash texnik vositalari o‘rnatilishi, texnika xafsizligi taminlash va atrof muxitni avaylab asrash choralari haqidagi ko‘rgazmali qurollar bilan jixozlanadi.
TTB hdudidagi barcha eshik va darvozalar tartib raqamlanishi kerak. TTB ning hdudi va barcha binolariga o‘tiladigan yo‘llar tekis, ravon va asfalt bilan qoplangan bo‘lishi va bu yo‘llar har doim yaroqli holda saqlanishi shart. Yoz davrida yo‘llar tozalanib suv sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi kerak.
TTB ning barcha yo‘llarida ko‘rsatkichlar va tezlikni meyorlo’chi belgilar va boshqa yo‘l harakati belgilari bo‘lishi talab etilai.
TTB ning holati, mashinalarning saqlash, maxsus binolar, omborxona, tozaligi yong‘inga qarshi chora tadbirlarga rioya qilish va shularga o‘xshash boshqa ishlarga, agarda garaj mudiri yoki mashinalar ho’lisining mudiri bo‘lmasa, korxonaning bosh muxandisi masul hisoblanadi.
|
| |