• Samarqand-2023 Mundarija: Kirish............................................................................................................3 1.
  • Xulosa..........................................................................................................16
  • Mustaqil ish mavzu: Sanoat 0 ning hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari




    Download 39,22 Kb.
    bet1/8
    Sana15.12.2023
    Hajmi39,22 Kb.
    #119884
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Akbarova S (Raqamli iqtisodiyot,mustaqil ish) (1)


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) YO’NALISHI



    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: Sanoat 4.0 ning hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari

    BAJARDI: Akbarova Sevaraxon


    TEKSHIRDI: Parsayev G. M.

    Samarqand-2023

    Mundarija:
    Kirish............................................................................................................3
    1.Sanoat 4.0 tushunchasi va uning tamoyillari .............................................4
    2.Sanoat 4.0 ning qisqacha tarixi...................................................................7
    3.Sanoat 4.0 ning rivojlanish istiqbollari va muammolari...........................13
    Xulosa..........................................................................................................16
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..........................................................18


    Kirish
    2017-yilda raqamli inqilob hal qiluvchi bosqichga kirdi –dunyoning har ikkinchi aholisi Internetga ulandi.McKinsey Global Instituti (MGI) ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida ish operatsiyalarining 50% gacha dunyoda avtomatlashtirilishi mumkin va bu jarayonni 18-19-asrdagi sanoat inqilobi bilan taqqoslash mumkin . Sanoat inqilobi alohida mamlakatlarga iqtisodiy o‘sishning ajoyib sur’atlarini ta’minlashga imkon berdi va bir necha o‘n yillar davomida ular global iqtisodiyotning yetakchilariga aylandilar.Hozirgi vaqtda, iqtisodiyotning globallashuvi va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotlari yangi raqamli shakliga o‘tmoqda.
    Raqamli iqtisodiyot mamlakatlar va butun mintaqalar iqtisodiyotining qiyofasini va tuzilishini o‘zgartirmoqda. Tarmoq ichidagi raqobat kuchaymoqda, bozorlar kengaymoqda, ayrim mamlakatlar sanoatlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligi oshmoqda. Natijada milliy iqtisodiyotlarning o‘sishi ko‘zatilmoqda.Raqamli iqtisodiyot kompaniyaning, sanoat va umuman milliy iqtisodiyotning o‘sish istiqbollarini belgilaydi. Raqamli pleyerlarning paydo bo‘lishi allaqachon barcha sohalar – turizm, telekommunikatsiya, matbaa, yo‘lovchi tashish sohasini o‘zgartirdi.Raqamli transformatsiya dunyo iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biridir. Global instituti McKinseyning hisob-kitoblarga ko‘ra 2025 – yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi Xitoyda 22% Internet-texnologiyalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. AQSHda esa raqamli texnologiyalar hisobiga iqtisodiyotning oʻsishi 2025-yilda $1,6 – 2,2 trln teng bo‘lishi mumkin.
    Sanoat 4.0 – real vaqt rejimida aqlli tizimlar tomonidan boshqariladigan to‘liq avtomatlashtirilgan raqamli ishlab chiqarishga va shu borada tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘lib, bitta korxona chegaralaridan tashqarida, buyumlarva xizmatlarni global sanoat tarmog‘iga birlashtirish istiqboli bilan oʻtish bilan tavsiflanadi.Sanoat 4.0 tor ma’noda – Buyurmalar va xizmatlar internet global sanoat tarmog‘i asosida “aqlli ishlab chiqarish” ( Smart Manufacturing) konsepsiyasini tavsiflovchi loyihaning nomi.
    Keng ma’noda, Sanoat 4.0 kiberfizik tizimlarni, Buyumlar Interneti va bulutli hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladigan avtomatlashtirish va ma’lumotlar almashish jarayonlarning rivojlanish trendini tavsiflaydi.

    Download 39,22 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 39,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Sanoat 0 ning hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari

    Download 39,22 Kb.