• 14-MAVZU: GALVANIK ELEMENTLARNING TERMODINAMIKASI Oksidlanish potensiali haqida tushuncha.
  • Nernst tenglamasi
  • Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo




    Download 330,13 Kb.
    bet20/52
    Sana27.01.2024
    Hajmi330,13 Kb.
    #146929
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
    Bog'liq
    Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org (2)

    Nazorat savollari:
    1. Elektrolitik dissosilanish nazariyasi
    2. Boskichli dissosilanish
    3. Kuchsiz elektrolitlarning dissosilanish konstantasi
    4. Kuchli elektrolitlarning eritmadagi xolati
    5. Ionli reaksiyalar.
    6. Tuzlarning gidrolizini molekulyar va ionli tenglamalari.
    7. Gidroliz darajasi va ta'sir etuvchi faktorlar.

    14-MAVZU: GALVANIK ELEMENTLARNING TERMODINAMIKASI

    Oksidlanish potensiali haqida tushuncha. Har bir element yoki ionning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xususiyatining miqdoriy tavsifnomasi sifatida oksidlanish potensiali qiymati xizmat qiladi. Oksidlanish potensiali (o.p.) tushunchasini quyidagi misol bilan tushunib olaylik.
    Rux metali bo‘lakchasini (xohlagan biror metall bo‘lakchasi ham xuddi shunday xossaga ega) uning tuzi (ZnSO4) eritmasiga tushirilsa, rux elektrodi hosil bo‘ladi va elektrodda metallning sirti bilan eritma sirti chegarasida elektrokimyoviy reaksiya boradi. Bu reaksiya natijasida Zn – plastinkasi tarkibidagi rux atomlari ikkitadan elektron chiqarib oksidlana boshlaydi:
    Zno – 2e- → Zn2+
    Elektronlar metall plastinkasida qoladi, eritmaga Zn2+ ionlari o‘tadi. Natijada eritma bilan metal plastinka sirtida sirtida qo‘sh elektr (metal manfiy va eritma musbat) zaryadli qavat hosil bo‘ladi.
    Hosil bo‘lgan qo‘sh elektr qavatda zaryadlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishi ro‘y beradi.
    Eritma bilan metal plastinkasi sirt chegaralarida zaryadning (yoki elektronlarning) bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishi tufayli bajarilgan ish – shu metal (ion)ning oksidlanish potensiali deyiladi. Har qanday element (ion)ning oksidlanish potensiali Eoksid/qayt holida belgilanadi va “volt – v”, “millivolt – mv” birliklarda o‘lchanadi.
    Har bir elektrod potensialining qiymati elementning yoki eritmadagi ionning tabiatiga, miqdori (konsentratsiyasi) va haroratiga bog‘liq. Bu bog‘lanishni Nernst tenglamasi orqali ifodalash mumkin:

    Bu yerda: E – oksidlanish potensiali, v;


    – standart oksidlanish potensiali, v;
    R – univaersal gaz doimiysi 8,314 J/(mol·K);
    T – mutlaq harorat (standart sharoit uchun), T=298 K (t=25 oC);
    n – berilgan yoki qabul qilingan elektronlar soni;
    F – Faradey soni, 96500 Kl;
    [oksid] – moddaning oksidlangan shakli konsentratsiyasi, mol/l;
    [qayt] – moddaning qaytarilgan shakli konsentratsiyasi, mol/l.
    Agar R, T, F larning son qiymatlarini o‘rniga qo‘ysak, Nernst formulasi quyidagi ko‘rinishga keladi:

    Metall elektrodlarida qaytarilgan shakl metal atomiga to‘g‘ri kelgani uchun tenglamadagi [qayt]=[Meo]=1 mol/l gat eng, deb qabul qilinadi va u holda Nernst tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:

    Agar 1-jadvalda keltirilgan metallarning Eo qiymatlarini manfiy ishorali qiymatidan boshlab o‘sib borishi tartibida joylashtirib chiqilsa, metallarning oksidlanish potensiali qatori – metallarning kuchlanishlar qatori hosil bo‘ladi.


    Download 330,13 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




    Download 330,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo

    Download 330,13 Kb.